Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kаsаlliklаridа bоlа vа uning оilаsiga hаmshirаlik pаrvаrishi



Yüklə 25,59 Kb.
tarix16.04.2022
ölçüsü25,59 Kb.
#85535
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kаsаlliklаridа bоlа vа uning
otkir yurak yetishmovchiligi

Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kаsаlliklаridа bоlа vа

uning оilаsiga hаmshirаlik pаrvаrishi

Bolalarda uchraydigan noinfeksion kasalliklarning 4-5 foizi

buyrak va siydik ajratish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri keladi. Bu

kasalliklar surunkali kechishi va qaytalanib turishga moyilligi

bilan xarakterli bo‘lib, aksariyat kattalarda uchraydigan siydik

ajratish tizimi kasalliklari bolalikdagi kasallikning davomi yoki

asoratlari bo‘lishi mumkin. Buyrak kasalliklarining yana bir

xarakterli tomoni shundaki, kasallik belgilari bilinmasdan

boshlanadi, siydikdagi o‘zgarishlar shikoyatlardan ancha oldin

paydo bo‘lib qolgan bo‘ladi. Siydik ajratish tizimi kasalliklari

orasida birinchi o‘rinni piyelonefrit (43-44%), ikkinchi o‘rinni

faqat siydikdagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladigan

kasalliklar (28-29%) va nihoyat, uchinchi o‘rinni glomerulo nefrit (19-20%) egallaydi. Siydik ajratish tizimi kasalliklari har

xil jins va yoshdagi bolalarda o‘ziga xos tarzda kechadi.

Shuningdek, siydik tizimi kasalliklari kelib chiqishiga qarab irsiy

yoki tug‘ma hamda hayotda orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Bu tizim kasalliklari uchun umumiy bo‘lgan belgilar – siydikdagi o‘zgarishlar, arterial bosimning o‘zgarishlari, dizuriya,

abdominal (og‘riq) belgilar, surunkali buyrak yetishmov chiligidir. Bolalarda uchraydigan asosiy kasalliklar haqida

to‘xtalib o‘tamiz.

Diffuz glomerulonefrit

Glomerulonefrit infeksion allergik kasallik bo‘lib, buyrakning

asosiy birligi – koptokchalar(glomerulalar)ning diffuz (barcha

koptokchalarning qamrab olinishi) immunologik yallig‘lanishi

bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Bu kasallik paydo bo‘lishidan avval ko‘pincha

angina, o‘tkir respirator kasalliklar, gripp, goho (avvalgi

yillardagiga qarshi o‘laroq) skarlatina bo‘lib o‘tadi.

Kasallikning etiologiyasida streptokokk, stafilokokk, boshqa

turdagi kokklar, shuningdek, virus infeksiyasi hammadan

muhim rol o‘ynaydi. Bolaning sovqotishi va zaxda qolishi ham

nefritning paydo bo‘lishini osonlashtiradi, organizmning sen sibillashuviga zamin yaratadi. Boladagi ekssudativ -kataral

diatez, shuningdek, organizmning allergik reaktivlikka irsiy

moyilligi ham uni nefritlar kelib chiqishiga moyil qilib qo‘yadi.

Klinikasi. Kasallik hamma yoshdagi bolalarda uchraydi,

biroq maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalar

ko‘proq og‘rishadi, bundan tashqari, kasallik o‘g‘il bolalarda qiz

bolalarga nisbatan ko‘proq uchraydi.

Diffuz glomerulonefrit odatda birdaniga yoki asta-sekin,

belgilarsiz boshlanishi mumkin. Kasallik birdaniga boshlanganida ko‘pincha bolada holsizlanish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil

aynishi kuzatiladi, qusib, ishtahasi pasayadi, tana harorati

ko‘tariladi. Bolaning rangi o‘chadi, yuzi ayniqsa, ko‘z qovoqlari

ostida ko‘pincha shishlar paydo bo‘lib, shishlar tezda gavda va

qo‘1-oyoqlarga tarqalib boradi (6-rasm). Birinchi kunlarda

diurez keskin kamayib, siydik rangi go‘sht seliga o‘xshab qoladi.

Bolalar bel va qorin og‘rig‘i, siydik vaqtida og‘riq sezishdan

shikoyatlar qiladi.

Qaysi sindrom ustunlik qilishiga qarab, o‘tkir glomerulonefritning 3 xil turi farqlanadi:

1. Nefritik turi.

2. Nefrotik turi.

3. Aralash turi.

Diffuz glomerulonefritning ko‘p

uchraydigan nefritik turi ko‘pincha

streptokokkli kasalliklarni boshidan kechirganidan 2-3 hafta o‘tgach bola rangining oqarishi, qovoqlari va yuzining yengil shishuvi

bilan boshlanadi. Bolaning arterial

bosimi normada yoki biroz ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Glomerulonefritning bu turida siydikdagi

o‘zgarishlar asosiy o‘rinda turadi.

Diurez kamayadi, siydik rangi

6-rasm. Buyrak

shishlarining yuzdagi

ifodasi.


qizaradi, eritrotsitlarning parchalanishidan siydik cho‘kmasi

go‘sht seliga o‘xshab qoladi (gematuriya), mikroskopik

tekshiruvda siydikda oqsil (proteinuriya), ko‘p miqdorda

leykotsitlar (leykotsituriya) aniqlanadi. Ikkinchi, nefrotik turi

esa ko‘proq maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda uchraydi.

Kasallikning bu turidagi asosiy belgi butun badan bo‘ylab

shishlarning tarqalishi bo‘lib, suyuqliklar ba’zi hollarda tana

bo‘shliqlarida ham (qorin bo‘shlig‘ida – assit, plevra

bo‘shlig‘ida – gidrotoraks) yig‘ilgan bo‘ladi (7-rasm). Bolaning

rangi pasayadi, boshi og‘riydi, ko‘ngli aynib, ishtahasi

yo‘qoladi. Arterial bosim unchalik ko‘tarilmaydi. Diurez juda

ham kamayib ketadi. Kasallikning shu turi uchun biokimyoviy

tahlillarda siydikda proteinuriya, qon zardobida gipoprotein emiya va giperxolesterinemiya bo‘lishi xarakterlidir. Siydik

cho‘kmasining mikroskopik tekshiruvida gialin va qizil qon

tаnаchаlаridаn ibоrаt silindrlar aniqlanadi.

Kasallikning uchinchi, aralash turida nefrotik sindromga

siydikdagi o‘zgarishlar (gematuriya) va arterial qon bosimining

ko‘tarilishi (gipertenziya) ham qo‘shilib birga namoyon bo‘ladi.

Glomerulonefritning bu turi katta yoshdagi bolalarda ko‘proq

uchraydi va kasallikning eng og‘ir turi hisoblanadi. Bolada keng

tarqalgan shishlar, siydikning kamaygan va go‘sht seliga o‘x shash bo‘lishi, arterial bosimning yuqoriga ko‘tarilganligi natija sida bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish hollari kuzatiladi.

Aksariyat hollarda kasallikning bu turi o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga o‘tib ketishi mumkin. Glomerulonenfritda kasallik bir

necha variantlarda: o‘tkir holda, uzoq cho‘zilib, surunkali

tarzda, to‘lqinsimon, latent tarzda o‘tishi shular jumlasidandir.

7-rаsm. Nеfrоtik sindrоmdа umumiy shishlаr.

Kasallik latent tarzda o‘tganida ekstrarenal belgilar bo‘lmaydi va siydik cho‘kmasidagi o‘zgarishlar, odatda, dispanser

tekshiruvida ma’lum bo‘lib qoladi.

Glomerulonefritning aktiv fazasi gipertenzion sindrom, shish

va siydik sindromlarining kuchli bo‘lishi, moddalar alma shinuvining buzilishi va buyraklar funksional holatining o‘zgarib

qolishi bilan xarakterlanadi. Bu faza har xil o‘tishi mumkin.

Inaktiv fazasi siydikdagi patologik o‘zgarishlar yo‘qolib

ketadigan va qon asosiy biokimyoviy ko‘rsatkichlari (qoldiq

azot, umumiy oqsil va uning fraksiyala ri, xolest erin, umumiy

lipidlar va fraksi yalari va h.k.) asliga kelib qoladigan klinik laboratoriya remissiya deb hisoblanadi.

Asoratlari. Noto‘g‘ri davolash va zarur ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinmaganda, diyetoterapiya noto‘g‘ri tashkil etilgan hollarda, bola belgilangan rejimni buzganida kasallik surunkali turga o‘tib ketishi, ba’zi hollarda o‘tkir va surunkali buyrak

yetishmovchiligi kabi og‘ir asoratlar ham kelib chiqishi mumkin.

Oqibati. To‘g‘ri va o‘z vaqtida davolangan hollarda 80–95%

bolalarda kasallik butunlay sog‘ayish bilan yakun topadi.

Hamshiralik tashxislari. Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh

og‘rig‘i, bel sohasidagi og‘riqlar, siydik miqdorining kamayishi,

tana haroratining ko‘tarilishi, talvasalar, gidrotoraksd аn bоlа-lаrning qiynаlishi.

Qo‘shimcha tekshiruvlar. Siydikni Zimnitskiy, AddisKakovskiy, Nechiporeko, Ambyurje bo‘yicha tekshiruv, qondagi qoldiq azot, mochevina miqdorini aniqlash, sutkalik

diurezni aniqlash, suv balansini aniqlash, bolani nazorat o‘lchab

turish va boshqalar.

Davolash va hаmshirаlik parvarishi. Diffuz glomerulonefrit

bilan og‘rigan bolalarni davolash rejimi tayinlash, diyeto terapiya, mikroblarga qarshi kurashish, immun tizimni kuchay tirish va simptomatik dori-darmonlarni samarali qo‘llashdan

iborat.

Glomerulonefritning o‘tkir kechishi yoki qo‘zigan davrida

bemorlar statsionar sharoitda davolanadi. O‘tkir klinik

ko‘rinishlar – gipertoniya, shishlar, makrogematuriya paydo

bo‘lgan vaqtdan boshlab hisoblaganda kamida 3-4 hafta

davomida bolaga o‘rinda yotish rejimi buyuriladi, ekstrarenal

belgilar yo‘qolib ketgach, yarim yotish rejimi, keyinchalik esa,

erkin yoki faol rejim tayinlanadi.

Davolash ishlarini tashkil etishda diyetoterapiyaning o‘rni

beqiyosdir. Kasallik o‘tkir o‘tayotganda yoki to‘lqinsimon o‘tib

turib, qo‘zib qolgan davrda yengillashtiruvchi qand-meva

kunlari buyuriladi. Yengillashtiruvchi kun o‘tkazilganidan keyin

tuzsiz va hayvon oqsillari cheklangan ovqat buyuriladi. Bunday

ovqat masalliqlari sabzavot, kartoshka, mevalar, o‘simlik moyi,

yormalar, un, qand, kоnfеt (shоkоlаdlimаsidаn) cheklangan

miqdordagi sut, tuxum, qaymoq, meva suvlari va ba’zi qandolat

mahsulotlari (murabbo, marmelad, zefir), tuzsiz bug‘doy

nondan iborat.

Bemor kasalxonaga kelgan birinchi kunlardan boshlab

vitaminlar: sutkasiga 200-500 mg dan askorbinat kislota, A, B6,

K, B12 vitaminlari ham tayinlanadi.

Kasallik aktiv fazaga kirganida va qo‘zib qolganda hamma

bemorlarga antibiotiklar buyurish zarur.

Gipotenziv dori-darmonlar tariqasida bolalarga rezerpin

(sutkasiga 0,1-0,25 mg), dibazol (bolaning har bir yoshiga

sutkasiga 0,001 g hisobidan), metildofa (kuniga 0,15 -0,2-0,25 g

dan) ishlatiladi.

Nefritning nefrotik formasi bilan og‘rigan, buyrak yetishmovchiligining alomatlari yo‘q bolalarga glyukokortikoidlar

berib turish o‘rinlidir (sutkasiga 2-1,5 mg hisobida prednizolon).

Diffuz glomerulonefrit bilan og‘rigan bolalar dispanser

kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Klinik-laboratoriya jihatidan

olganda to‘la remissiya holida kasalxonadan chiqarilgan bolalar

1 yil davornida 3 oyda bir martadan tekshirib turiladi, keyinchalik kasallik qo‘zimaydigan bo‘lsa, 6 oyda bir marta tekshirib

boriladi. Oyiga 1 marta siydik, 2 oyda bir marta qon tahlillari

o‘tkazib turiladi.

Klinik-biokimyoviy jihatdan remissiya holiga o‘tgan va

qoldiq siydik sindromi bo‘lgan bolalar oyiga bir marta

tekshirishdan o‘tkazib turilishi kerak, 2 haftada bir marta

siydigi, 2 oyda bir marta qoni tahlil qilib turiladi.

Klinik remissiya to‘la-to‘kis bo‘lmasa, bolalarni har oyda,

glyukokortikoidlar buyurilganida esa har haftada tekshirishdan

o‘tkazib turish kerak. 2 haftada bir marta siydigi, 2 oyda bir

marta qoni tahlil qilib ko‘riladi.

Bola kasalxonadan chiqarilganidan keyin davo buyraklardagi

patologik jarayonning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi.

Klinik remissiya davrida va qoldiq siydik sindromi bo‘lganida

bolalarni ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yuborish mumkin.

Ehtiyotdan emlash ishlari (profilaktik vaksinatsiyalar) kliniklaboratoriya jihatidan to‘la-to‘kis remissiya boshlanganidan bir

yil keyin o‘tkaziladi.

Glomerulonefritning gematurik formasi bilan og‘rib o‘tgan

bolalar klinik-laboratoriya jihatidan to‘la remissiya boshlangan

vaqtdan hisoblaganda 2 yil davomida dispanser kuzatuvi ostida

turadi.

Kasallikning nefrotik va aralash formasi bilan og‘rigan

bolalar doimo dispanser kuzatuvi ostida bo‘ladi, lekin 15 yoshga

to‘lganidan keyin ularni terapevt kuzatuvi ostiga o‘tkaziladi.

Profilaktikasi. Diffuz glomerulonefritning oldini olishda

bolalarni yuqumli kasalliklar va anginadan asrash, karioz tishlar

va surunkali tonzillitni vaqtida davolash muhim ahamiyatga

ega. Bolaga gigiyenik talablarga rioya qilishni o‘rgatish, uni

chiniqtirish kasallikni oldini olishda muhim o‘rin egallaydi.

Piyelonefrit

Piyelonefrit buyrak jomlari va interstitsial to‘qimasining

mikroblar tufayli yallig‘lanishi bilan xarakterlanadigan kasallik

bo‘lib, buyrak kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalganligi bilan

ajralib turadi. Oraliq to‘qimaning jarayonga qo‘shilib ketishi bu

kasallikni qo‘zib turishga moyil qilib qo‘yadigan sabablarning

biridir. Piyelonefrit hamma yoshdagi bolalarda ham

uchrayveradi, ammo 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu kasallik

ko‘proq bo‘ladi, buni shu yoshdagi bolalarning anatomofiziologik xususiyatlariga bog‘liq deb hisoblash kerak.

Yallig‘lanisli jarayonining tarqaluvchanligiga, xususan, stafilokokk infeksiyasining tarqaluvchanligiga go‘dak bolalarning

moyil bo‘lishi ham bir qadar ahamiyatga ega.

Hayotining 1-yilini yashab kelayotgan o‘g‘il bolalar bilan

qiz bolalarda piyelonefrit taxminan birdek uchraydi. Bolalar

yoshi ulg‘ayib borgan sayin bu kasallik qizlarda ko‘proq

uchraydigan bo‘lib qoladi.

Etiologiyasi. Piyelonefritning asosiy qo‘zg‘atuvchisi

ajratilmagan. Lekin aksariyat hollarda ichak tayoqchasi, keyingi

o‘rinlarda stafilokokklar, streptokokklar, protey va boshqalar

ham kasallik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib qolishlari mumkin.

Klinikasi. Piyelonefritning klinik ko‘rinishlari bolalarning

yoshiga va bolaning kasallikdan oldingi umumiy ahvoliga

bog‘liq. Kasallikning asosiy belgilari leykotsituriya va bakte riuriya bo‘lib, ular siydik muntazam tekshirib borilganda

aniqlanadi. Shuningdek, qorinda va belda og‘riq bo‘lishi,

siydikning tez-tez kelib turishi (2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda

bo‘ladigan «ho‘l ishton» simptomi) yoki, aksincha, hadeganda

kelavermaydigan bo‘lib qolishi, kechalari siydik tutolmaslik,

achishish hodisalari bo‘lishi, siyish vaqtida og‘riq sezilishi,

bolaning majburiy vaziyat olib turishi va har xil intoksikatsiya

ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda umumiy intoksikatsiya simptomlari, og‘riq sindromi, dizurik o‘zgarishlar

aksari yaqqolroq namoyon bo‘ladi, siydikda ko‘p miqdorda

leykotsitlar va bakteriyalar topiladi. Maktab yoshidagi bolalarda

intoksikatsiya ko‘pincha asteniya (bo‘shashish, bosh og‘rishi,

salga charchab qolish, ishtaha pasayishi va boshqalar)

xarakterida namoyon bo‘ladi, siydikdagi o‘zgarishlar arzimas

darajada va notayin bo‘ladi, shuning uchun bularni topish

uchun maxsus tekshirish usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

Asoratlari. Kasallikning o‘tkir formasi vaqtida va tegishlicha

davolanmaganda surunkali kechishga o‘tib qolishi, uning

oqibatida buyraklarning bujmayishi, ikkilamchi va surunkali

buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar kelib chiqishi mumkin.

Oqibati. Vaqtida davo choralari olib borilsa xayrli.

Hamshiralik tashxislari. Ishtahasizlik, qorin va bel sohasida

og‘riqlar, siydik tutolmaslik, tez-tez siyishlar, qovuq va siydik

yo‘lida achishishlardаn bоlаlаrning qiynаlishi.

Qo‘shimcha tekshiruvlar. Buyraklarning rentgenologik

tekshiruvi, siydikning umumiy va Addis-Kakovskiy, Nechiporenko bo‘yicha tekshiruvi, qon umumiy tahlili va boshqalar.

Davolash va hаmshirаlik parvarishi. Piyelonefritning davosi

kompleks tarzda olib borilishi lozim. Bunda harakat faolligi va

parhezning ahamiyati nihoyatda katta.

Parhez davolashning muhim sharti, siydikning ravon (3-4

soatda bir marta) oqib turishi va ichakning yaxshi ishlab

turadigan bo‘lishini ta’minlashdir.

Antibiotiklarni buyurishda piyelonefritning klinikasi, jarayonning faollik darajasi va mikrob florasining xarakterini

hisobga olish tavsiya etiladi.

Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasida sanitar-gigiyenik

qoidalarga rioya qilish, bolalarni yuqori nafas yo‘llari infeksiyalaridan asrash, ayniqsa, qiz bolalarni yuqori ko‘tariluvchi

infeksiyalardan ehtiyot qilish katta ahamiyatga ega.

Sistit


Sistit – siydik pufagi (qovuq) shilliq pardasining yal lig‘lanishi bo‘lib, emizikli va yasli yoshidagi bolalarda ko‘proq

uchraydigan kasalliklar qatoriga kiradi. Chunki aynan mana shu

davrda bola parvarishida nuqsonlar yuzaga keladi, bolalarning

ho‘l o‘rinda ko‘p vaqt qolib ketishlari, zax joylarda ko‘p o‘ynash

hollari ortadi.

Etiologiyasi. Bolalardagi sistitlarning kelib chiqishida turli

guruhlarga kiruvchi mikroblar – ichak tayoqchalari,

stafilokokklar, streptokokklar, protey yoki aralash mikroflora

katta rol o‘ynaydi.

Mikroblar qovuqqa quyidagi yo‘llar bilan tushishi mumkin:

1. Buyraklardan – pastga yo‘naluvchi yo‘l bilan (ko‘proq

buyraklarning tuberkulyoz bilan zararlanishida).

2. Siydik chiqarish yo‘li orqali – yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l

bilan (vulvit va vulvovaginitlarda, balanopostitda, fimoz,

uretritlarda).

3. Gematogen (qon orqali) yo‘l bilan (tonzillit, furunkulyoz,

kariyeslarda).

4. Muloqot (kontakt) yo‘li bilan (kamdan-kam hollarda).

Yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l aksariyat hollarda qizlarda kuzatiladi, chunki ularda siydik chiqarish yo‘llari keng va qisqa

bo‘ladi. Siydik pufagiga mikroblarning tushishiga qovuqni

kateterlash va sistoskopik tekshiruvlar o‘tkazish ham sabab

bo‘lishi mumkin.

Sistitning rivojlanishiga imkon yaratuvchi omillar –

sovqotish, ko‘p charchash, siydik chiqarish yoki ajralishining

buzilishlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ostritsalar ham sistit larning kelib chiqishida ahamiyatlidir.

Klinikasi. Sistitlarning o‘tkir va surunkali turlari farqlanadi.

O‘tkir sistit birdaniga, aksariyat hollarda sovqotishdan keyin

boshlanadi. Siydik ajralishida va qorinning pastki qovuq

sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi, bolaning kam-kam, lekin teztez siyishi, ba’zida esa siydik tutolmaslik hollari kuzatiladi.

Bola bezovta bo‘lib uyqusi buziladi, tana harorati ko‘tarilishi

ham mumkin. Siydik loyqasimon, o‘tkir hidli, cho‘kmali

bo‘ladi. Ba’zida siydik bilan qon ajralishi mumkin.

Bunday holatlar 2–3 kun davom etadi va davo choralari

natijasida o‘tib ketadi.

Surunkali sistit hozirgi kunda deyarli uchramaydi.

Asoratlari. Sistit vaqtida davolanmasa yuqoriga ko‘tariluvchi

yo‘l bilan mikroblar buyraklargacha chiqishi va nefritga sabab

bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, siydik chiqarish kanalining

torayib qolishi, siydik tutolmaslik, siydik chiqarish kanalida

toshlarning paydo bo‘lishi kabi asoratlar rivojlanishi ham

mumkin.

Oqibati. O‘tkir sistit vaqtida aniqlanib, tegishli davo choralari

olib borilganda asoratlarsiz batamom tuzalib ketadi. Surunkali

sistitning oqibati esa hamisha jiddiy.

Hamshiralik tashxislari. Kam-kam va tez-tez siydik ajralishi,

qovuq sohasidagi og‘riqlar, og‘riqli siyish, tana haroratining

ko‘tarilishi, uyqusizlikdаn bоlаlаrning qiynаlishi.

Qo‘shimcha tekshiruvlar. Siydikning umumiy tahlili,

sistoskopiya, siydik kanali va qizlarda qin surtmalarini tekshirish

va boshqalar.

Davolash va hаmshirаlik parvarishi. O‘tkir sistit bilan

og‘rigan bolalarni davolashda yotish rejimi buyuriladi, og‘ir hollarda bola gospitalizatsiya qilinadi. Ko‘p miqdor da suyuqliklar

(shakarli choy, glukoza eritmasi, turli sharbatlar, siydik

haydovchi damlamalar va boshqalar) tayinlanadi. Ovqati

doimgidek, lekin o‘tkir va sho‘r, ziravorlar, konservalar cheklanadi. Og‘riqlarni kamaytirish maqsadida bolani iliq

vannalar(isiriqli, romashka, moychechakli va boshqalar)ga

o‘tirg‘izib qo‘yish yoki vannachalar qilish yaxshi naf beradi.

Og‘riqlar kuchli bo‘lganda og‘riq qoldiruvchilar (analgin,

boralgin), spazmolitiklar (papaverin, no-shpa) dan foydalanish

mumkin. Mikroblarga qarshi kurashish uchun antibiotiklar

(ampitsillin, ampioks va boshqalar), sulfanilamid vositalar

(biseptol, siprolet va boshqalar), nitrofuran unumlari (furagin,

furadonin, furazolidon va boshqalar) dan foydalaniladi. Ba’zi

hollarda qovuqni turli dez eritmalar bilan yuvish, qovuqqa dori

vositalarini kiritish ham yaxshi naf beradi.

Ba’zi hollarda qovuq sohasiga fizioterapevtik muolajalar

o‘tkazish ham tavsiya etiladi.

Profilaktikasi. Sistitlarning oldini olishda bolalarni to‘g‘ri

tarbiyalash, gigiyenik qoidalarga muntazam rioya qilish, ho‘l

o‘rinlarda qolib ketishiga va zax joylarda ko‘p o‘ynab qolishiga

yo‘l qo‘ymaslik kerak. Irsiy kasalliklarda bola va uning oilasiga ko‘rsatiladigan

hamshiralik parvarishi

Tug‘ma nuqsonlarni aniqlash

Tug‘ma nuqsonli bola tug‘ilishi sabablari, bola dunyoga

kelgunga qadar yuz beradi. Bola tug‘ilgandan keyin tug‘ma

nuqson belgilari namoyon bo‘ladi. Sababiga ko‘ra tug‘ma nuqsonlarni irsiy kasallilklar, xromasom kasalliklar, multifaktorial

kasalliklar, mediamentlar ta’sirida kelib chiqqan, ona qornida

zararlanish ta’sirida kelib chiqqan kasalliklar, tashqi muhitning

zararli ta’sirida kelib chiqqan kasalliklarga bo‘linadi.

Tashqi muhit faktorlari.

Dorilar qabul qilish natijasida. Infeksiyalar chaqiradigan

nuqsonlar. Qarindosn urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar.

Tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishini kutayotgan ota-onalar

holati.


Hamma ota-onalar bolalarini sog‘lom bo‘lishini xohlaydi.

Shuning uchun tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilguncha ota-onalar

shokka tushadilar. UZI vaqtida nuqsonlar haqida eshitganda

hayajonlanish va ruhiy bezovtalanish sezadilar. Tashxisga

qaramasdan ota-onalarga bola tashlab ketish haqida qandaydir

chora qo‘llash juda qiyin holat. Tug‘ma nuqsonli bola

tug‘ilishini kutayotgan ota-onalar holati quyidagilarga bo‘linadi:

1. Shok holati.

2. Inkor etish.

3. Qabul qila olmaslik va g‘amga botish.

4. Moslashish.

5. Oldingi holatda qolish.

Shundan kelib chiqqan holda ota-onalar bilan suhbat

o‘tkaziladi.

Ota-onaga bola nuqson bilan tug‘ilganini xabar qilinsa, otaona holatini shokka tushiradi va ota-ona buni qabul qilmasligi

mumkin. Shuning uchun ota-onalarga yaxshilab vahima

qilmasdan tushuntirish kerak. Shokdan chiqqandan keyin ota onalar o‘zlarini aybdor qilib, jahli chiqadi. 2 chi tomondan o‘z

his-tuyg‘ulari bilan kurashadilar. Bu paytda ota -onalarga bor

haqiqatni anglashi va tushunib yetishi qiyin, shuning uchun ota onalarga g‘amini yengillashtirish uchun sharoit yaratish kerak.

Hamshira ochiq ko‘ngilli bo‘lishi bolalarni ota-onalari bilan

birga o‘stirishi va tarbiyalashi kerak, ota-onalar bilan ishonchli

munosabatda bo‘lishi kerak.

Daun sindromi

Xromosoma patologiyalarining bir shakli bo‘lib, normadagi

46 xromosoma o‘rnida 47 xromosoma kariotipi bo‘lishi, 21 chi

xrosomada ikkita normal xromosomani o‘rniga uchta bo‘lishi

bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik ruhiy va jismoniy rivojla nishdan orqada qolish, o‘ziga xos tashqi ko‘rinish va boshqa

anomaliyalar bo‘lishi bilan kechadi. O‘rtacha 1000 tadan 1 ta

da uchraydi.

Sababi kech tug‘ish (35 yoshdan so‘ng) va bа’zi hollarda

otaning katta yoshda bo‘lishi hisoblanadi.

Belgilari o‘rta va yuqori darajalarida aqliy vа jismoiy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. O‘ziga xos tashqi ko‘rinish:

yuzning yassi bo‘lishi, ko‘z yoriqlarining qiyshiq joylashishi,

burun to‘sig‘i keng bo‘lishi, epikantus (ko‘zning ichki

burchagida ko‘z yoshi do‘mbog‘ni yopib turuvchi yuqori qovoq

teri burmasi) bo‘lishi, shuningdek 50% ida yurak nuqsonlari,

hazm qilish а’zоlаridа nuqsonlar uchraydi.

Agar bolalarda tug‘ilgandan so‘ng tug‘ma yurak nuqsonlari

kuzatilmasa, ular 50 yoshgacha hayot kеchirishi mumkin. Ko‘p

hollarda psixomotor rivojlanishdan orqada qolish uchraydi,

lekin bu og‘ir kechmay, ko‘krak yoshidanoq bolani maxsus

tarbiyalashga, maxsus nutq mashqlarini bajarishga bog‘liq. Agar

oilada Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolaga nisbatan yaxshi

munosabatda bo‘linsa u bemalol o‘sishi va rivojlanishi mumkin.

Davolash. Asoratlar bo‘ladigan bo‘lsa, bola tug‘ilishi bilan

davolash boshlanadi.

Parvarishlash.

Shifokor bilan birga tashxislashda qatnashish va bola oila

a’zolarini buni qabul qilishlarida quvvatlab turish.

Kuzatish. O‘rta quloq yallig‘lanishi va g‘ilaylik oqibatida

eshitish va ko‘rishda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek ,

kassallik o‘sish va rivojlanishga ham ta’sir qiladi. Ota -onalar

dоimiy klinikaga qatnashlari va tekshiruvdan o‘tishlari

tushuntiriladi.

Fenilketonuriya

Fenilalaninni (aminokislotalardan biri) tirozinga aylanishini

katalizatsiya qiluvchi fermentning tug‘ma yetishmovchiligi

oqibatida yuzaga keluvchi nasliy kasallik.

Ota-onalari qarindosh bo‘lgan chaqaloqlarda ko‘p uchraydi.

Tug‘ilgandan keyin boshlang‘ich davrda o‘zgarishlar kuzatilmaydi, lekin sekin-asta fenilketonuriyaning simptomlari paydo

bo‘ladi. 3 haftadan so‘ng bolalarda qusish boshlanib, ular injiq

bo‘lib qoladilar, harakat rivojlanishida va aqliy funksiyalarda

yetishmovchilik kuzatiladi. Shu vaqtgacha ushbu kasallikning

spetsefik davosi yo‘q, lekin butun hayot davomida kasallikni

rivojlanishini oldini olish uchun fenilalaninni cheklovchi

maxsus parhezga rioya qilish kerak. Muammo shundan iboratki,

bunga oila budjeti ko‘p sarf bo‘ladi. Minimal miqdorda protein

saqlagan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish kerak, har kungi



iste’mol uchun maxsus sut berish mumkin, meva va sabzavotlar

cheklanadi, kraxmal saqlovchi oziq-ovqatlar beriladi, bu oziqovqatlar oddiy oziq-ovqatlardan 3-10 barobar qimmat
Yüklə 25,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə