Buyrug‘I №20-may 2023 yil Pistalikent shfy



Yüklə 66,39 Kb.
səhifə4/5
tarix01.10.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#125239
1   2   3   4   5
4-maktab songi qongiroq 2023-yil 18-may

Yigilish qaror qiladi:

  1. Yuqorida o‘qib eshittirilgan ma’ruzalardagi masalalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin;

  2. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish sinf rahbarlari va ota – onalar zimmasiga yuklatilsin.

  3. O‘quvchilarning yozgi ta’til davrida texnika va yongin xavfsizligi koidalari, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish ularning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklatilsin.

  4. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ I.Anarboev zimmasiga yuklatilsin.


Yig‘ilish raisi: J.Rasulov
Yig‘ilish kotibi: I.Anarboev

Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab bo`limiga qarashli 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida


So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri o`tkazilganligi to`g`risida
MA’LUMOTNOMA
Zafarobod tuman MMTB tasarrufidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri o`tkazildi.
Tadbirda Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo`limi mutaxassisi M.O`roqov ishtirok etdi. Tadbirda mehmonlar maktab o`quvchilarini 2022-2023 o`quv yil yakuni, “So`ngi qo`ng`iroq” bayrami bilan tabrikladilar. Bu o`quv yilida maktabni 40-nafar bitiruvchilar maktabni tugatdi.
Zafarobod tuman IIB boshligi padpolkovnik O.K.Eshbekov o`quvchilarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek yoshlarni ta’til davomida jinoyat va xuquqbuzarlik sodir etmaslik, yo`l harakati , yong`in xavfsizligi qoidalariga to`la amal qilishliklari to`g`risida gapirib o`tdi.
Tadbirda o`quvchi yoshlarning “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini maktab hovlisida, 2023 yil 25-may kuni soat 8.00 dan 9:00 ga qadar ichki ishlar xodimlari, ota-onalar, ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir o‘tkaziladigan kuni o‘quvchilar xayot xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida maktabda rahbar xodimlar boshchiligida kunduzgi navbatchilik tashkil etildi.
Maktabning kirish darvozalaridan 150 metr atrofida turli avtomabillarning to`xtashini man etish va notanish shaxslarni maxsus tekshiruvsiz maktab xovlisiga qo‘ymaslik maktabdagi cherdok va yer to‘lalarni tadbir o‘tishdan bir kun avval tekshiruvdan o‘tkazish va dalolatnomalar tuzgan holda muhrlash choralari ko‘rildi.
“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida 2022-2023 o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilar taqdirlandi. Tadbirdan so‘ng o‘quvchilar ikkinchi soat darsga kirishdi va dars jadvali asosida darslar to‘liq o‘tildi. O‘quvchilarni yozgi ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida sinf rahbarlari tushuntirish ishlari olib borishda va kafolat xatlari olishdi.
O‘quvchilarni 2023 yil yoz mavsumida maktabda Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu muhim 5 ta tashabbus yoshlarimiz ta’lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maktabda 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi va yozgi ta’til kunlarida to‘liq to‘garaklari mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ta’kidlab o‘tildi. 2023 yil 25 may “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri va o‘quv yilining so‘ngi kuni darslari o‘z vaqtida tartibli ravishda xech qanday noxush voqealar sodir bo‘lmasdan tartibli yakunlandi.


Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə