Buyrug‘I №20-may 2023 yil Pistalikent shfy


Maktab direktori: J.Rasulov



Yüklə 66,39 Kb.
səhifə5/5
tarix01.10.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#125239
1   2   3   4   5
4-maktab songi qongiroq 2023-yil 18-may

Maktab direktori: J.Rasulov

2023-YIL 25-MAY KUNI O‘TKAZILADIGAN » SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ » TADBIRI SSENARIYSI
So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini tantanali qismini o‘tkazish bo‘yicha
namunaviyssenariy
Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar (Bir qiz va bir o‘g‘il bola)
kirib keladi.
1-boshlovchi: Xazinamsan, taxtim o‘zingsan,
Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan.
Yer yuzining jannati sensan,
Yaratganning san’ati sensan.
Jannatbog‘im, hazratog‘imsan,
Mehrobimsan, sajdagohimsan.
Sen onasan, muqaddas Vatan!
Yagonasan, muqaddas Vatan!
2-boshlovchi: Sen ulug‘ siymosan mangu barhayot,
Har yuzda aks etar, sen bergan hayot,
Sening o‘g‘il-qizing sengadir qanot,
Qalbda mehr bo‘lgan, jon O‘zbekiston!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!
1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida
so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular
qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan
ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz
uchun chin ma’noda bayram.
2-boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona
sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.
(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.)
1-boshlovchi: Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
2-boshlovchi: Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram
ishtirokchilari qo‘llari ko‘ksida Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib aytishadi)
1-boshlovchi: So‘nggi qo‘ng‘iroq.... Bu jumla har bir ko‘ngilda o‘zgacha
jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida.
2-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar!
Tabriklash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori ________________ga
beramiz.
(maktab direktori) tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda
so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli
bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqamlar va
dalillar keltirilgan holda ma’lumot beradi).
1-boshlovchi: Bitiruvchi o‘quvchilarimizni tabriklash uchun navbatni
ko‘rgazmali sport mashqlarini bajarish uchun maktabimiz sportchilariga beramiz.
Marhamat:
1-boshlovchi: Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan
bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini
kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham
muhim ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
2-boshlovchi: Shu bois Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviyma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta
muhim tashabbus ilgari surgan edi. Ushbu muhim 5 ta tashabbus yoshlarimiz
ta’lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi.
1-boshlovchi: Bu borada o‘quvchilarimizning yozgi ta’til davrini mazmunli
o‘tkazish maqsadida maktabimizda va mahallalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda.
2-boshlovchi: Bugun ushbu ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan
baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani bir qator
mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini ularga bersak.
(tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi, MFY
xodimi va xk. Ular bitiruvchi o‘quvchilarni tabriklab, hududda 5 ta tashabbus
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi)
2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar,
dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy
singillarimizning tabrigini qabul qiling.
(boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari)
1-boshlovchi: Bugun shodlik bayrami, do‘stlar!
G‘am to‘lmasin dillarga biroq,
Kuzatgani sizlarni xandon,
Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq.
2-boshlovchi: O, qandayin beg‘ubor ovoz,
Orom berar bu dam dillar-chun.
Zor tilagin sizga qo‘ng‘iroq,
Bildiradi olis yo‘llar-chun!
1-boshlovchi: Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi! Qarang, ustozlar ham,
o‘quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda. Ularning yuraklari
shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan
qiyin damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga
shay bo‘lib turibdi.
2-boshlovchi: Nimasini aytasiz, ularning porlab turgan ko‘zlariga qarab, har
biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to‘lsin, yuragingiz o‘ti aslo o‘chmasin,
insonning eng oliy tuyg‘ulari sizga hamroh bo‘lsin deb qolamiz.
1-boshlovchi: Azizlar, keling navbatni bitiruvchi o‘quvchilarimizga bersak.
Marhamat.
(Sahnaga har bir sinfdan bitiruvchi o‘quvchilar chiqib o‘zlarining dil
izhorlarini aytishadi va o‘zlari tayyorlagan kuy va raqslarini namoyish etishadi.)
2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar sizlarni tabriklash uchun hurmatli
mehmonlarimizdan (sobiq bitiruvchilardan vakil) ga beramiz. Marhamat.
1-boshlovchi: Azizlar endi navbatni maktabimizning raqs (yoki boshqa)
to‘garagi ishtirokchilariga beramiz. Marhamat.
2-boshlovchi: Aziz bituruvchilar! Tabriklash uchun so‘z 11-“A” sinf otaonalari nomidan__________ va 11-“B”sinf ota-onalari nomidan_________ga.
Marhamat:
1-boshlovchi: Ayni damda, 2022-2023-o‘quv yilida fan olimpiadalari,
ko‘rik tanlovlarda va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan
hamda o‘zining namunali hulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni va
ijodkor o‘qituvchilarni maktab ma’muriyati faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
(Direktor va mehmonlar tomonidan yil davomida namunali xulq va a’lo
baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli
bitiruvchilar faxri yorliq bilan taqdirlanadi)
1-boshlovchi: Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot,
Ilm-fan ko‘ksida tilab parvozlar.
Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod,
Hamisha qadrli, aziz ustozlar!
2-boshlovchi: Qo‘llarim ko‘ksimda bu kez,
Sizgadir olqishim yurak so‘zlarim.
Otaday talabchan, onaday munis.
Hayot qadar qimmat siz ustozlarim.
1-boshlovchi: Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari
ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz.
2-boshlovchi: Yangrayver qo‘ng‘iroq, o‘chmasin sasing!
Jarangingdan ilhom olib yashaylik.
Bir dam ham tindirmay mag‘rur ovozing!
Kelajakka dadil qadam tashlaylik.
(Davraga so‘nggi qo‘ng‘iroqni chalish uchun 11-sinf o‘quvchisi va 1-sinf
o‘quvchisi taklif etiladi)
So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng bitiruvchilar “Ey chalg‘uvchi
qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘i sadolari ostida davraga chiqadilar.
Shu bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga yakun yasaladi.
(Izoh: Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda
ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumkin).

Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə