Tadbiri ssenariysi



Yüklə 29,4 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#111034
Tadbiri ssenariysi





Chirchiq shaharXALQ TA’LIMI BO`LIMIGA
QARASHLI 24-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING
BIOLOGIYA fani Amaliyotchisi


Abdumalikov Abbosning

2021-2022-O’QUV YILIDA 5-SINFLAR O`RTASIDA
BIOLOGIYA FANIDAN “BIOOLAM”
TADBIRI SSENARIYSI

Biologiya ” tadbir ssenariysi.


1900-yil Inson ilk bor “genetika” sayyorasiga qadam qoydi. (saxnaga 2 ta qiz hayron bolib chiqib keladi)

  • Manabu shakl qanday shakl?

  • Bu ahir irsiyatning asosi DNK ku, bunisi esa xromosoma. Shular borligi uchun odamdan odam dunyoga keladi va butun bir shajara kelib chiqadi. (saxnadan chiqib ketadi)

1-boshlovchi: Dostlar fikrimizcha yetishdi fursat
Kechani ochishga etingiz ruxsat.
2-boshlovchi: Tabiiy fanlar yutuqlarin etaylik targ’ib,
Bo’lsinlar habardor mashriqu mag’rib.

  1. boshlovchi: assalomu alaykum hurmatli ustozlar.

  2. boshlovchi: assalomu alaykum aziz o’quvchilar.

1-boshlovchi: ‘Kimyo va Biologiya” kechamizga hush kelibsiz? Bugungi tadbirimiz orqali siz biologiya va kimyo fani haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.


2-boshlovchi: barchangizga kirib kelgan yangi 2021- yil muborak bolsin.

  1. boshlovchi: Yangi yil sizga olmosdek mustahkam baxt, oltindan taxt olib kelsin. Doim kisloroddek kerakli, ugleroddek yaroqli, indiydek chiroyli boling. Yuzingizdan kuldiruvchi gazlar arimasin. Cho’ntagingiz kaliforniyga to’la bo’lsin. Yaqimlarimgiz uchun doim astatdek noyob bo’ling. Bu dunyoda texnitsiydanda ko’proq yashang.

  2. boshlovchi: yangi yilda kayfiyatingiz doim chog’, taningiz sog’ bo’lsin. Organizmingizda cheksiz ATF lar, o’pkangizda musaffo kislorod,yuragingizga bir meyordagi ritm tilaymiz. Iloyim boshingiz ogriqni, yuragingiz miokardni, o’pkalaringiz karonavirusni, jigaringiz gepatitni umuman ko’rmasin. Pulsingiz faqat hursandchilikda ko’tarilsin. Tomirlarda oqayotgan qoningiz hech qanday tromblarga uchramasin. Ko’zlaringiz Galovin jadvalidagi 1 dan keyingi qatorlarni 50 yoshdan keyin ham o’qiy olsin. Hech qanday mikrob, virus, bakteriya va zamburuglar sizni yenga olmasin.

  1. boshlovchi: Kimyoviy elementlar davriy jadvali,

Bu erur kimyoning bosh alifbosi.
Bunda jo bo’lgandir butun bir borliq,
Bir butun olamning bori shundadir.
Keling tanishaylik jadvalimizla,
Davr va guruhlar bildirar neni,
Raqamlarda joylashtirgan mo’jiza,
Tanidingiz ustoz Mendeleyevni.
Qarang oddiylikni davriy jadvalda,
Guruhlar bildirar bir oilani.
Tartib raqam bilan bir hildir unda,
Elementning elektron va protoni.
Har bir guruhda bor bir bosh element.
Guruhning nomi ham u-la atalar.
Tanishib olaylik ketma ket,
Ko’ringchi bu safda kimlar joy olar.
Navbatni kimyoviy eelementlarga beramiz. Marxamat. ( saxnaga elementlar chiqib keladi qoshiq qoyiladi.

  1. boshlovchi: Har bir el har fanning bordir o’z allomasi,

Lek ba’zi allomalar butun dunyoda dongdor.
Ilm hazinasidan joy olgan har nomasi,
Tafakkur mevasi o’nlab sohada nomdor.
Biologiya so’zi yunoncha tildan olingan bo’lib, bio hayot logos fan, ya’ni hayot haqidagi fandir. Biologiya atamasini birinchi bo’lib 1802-yilda Jan Batis lamark va Treviranuslar fanga kiritgan.
Bilogiya fanining rivojlanishiga kopgina olimlarimiz o’z hissalarini qo’shganlar. Kelinglar saxnaga biology olimlarimizni taklif etamiz va ularning qilgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz. (saxnaga Morgan, Mendel va Vavilov chiqadi)

Mendel:
Mening ismim Mendelbek, ishlarim ham ko’ngildek.


Nomim qolgan tarixda, bekorgamas albatta.
Ish boshladim noxotda, oydinlik uchun fanda.
Tadqiqot natijasi, irsiyat tushunchasi.
Aks etar 3 qonunda, shunday atalar fanda.
F1 da dominantlik, F2 da ajralish.
Belgilarning mustaqil holda irsiylanishi.
Men haqimda eshitish jonizga ham tekkandir,
Orangizda ba’zilar suv qilib ham ichgandir.
Morgan:
Yordam beradi do’stim,
Morgandir mening ismim.
Nazariya asosi, genlarning joylashuvi.
Birikib bu jinsga, o’taverar naslga.
Birikkan to’liq, qisman.
Ko’p gapirdime biram.

Vavilov:
Selleksiyaning otasi, meni Vavilov derlar.


Oston Jalilov bilan meni adashtirmanglar.
Selleksiya so’zining 2 hil manosi bor.
Shu haqida sizlarga bir qancha savolim bor.
Zot va nav haqida nimalarni bilasiz?
Shtam degandachi nimani tushunasiz?
Savolimga javobni barchangiz ham bilasiz.
Hozir javob berishga shunchaki uyalasiz.
2-boshlovchi: biologiya fanining rivojlanishiga nafaqat chet el olimlari, balki O’zbekiston olimlarining ham hissalari kata. Bobolarimiz Abu ali Ibn sino, al-Xorazmiy, al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida Yerning tuzilishi, dorivor o’simliklar, hayvonlarning yashash joylari haqida ko’pgina ma’lumotlar qoldirganlar. Hozirgi kunda ham ko’pgina olimlarimizning biologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, bajarayotgan ishlari diqqatga sazovordir.

  1. boshlovchi: Buyuk siymolar haqqi hurmatin etmoq bajo,

Bashar avlodi uchun qiyomatli qarz erur.
Allomalar siymosin aylamoq dillarga jo,
Ajdodlardan minnatdor avlodlarga farz erur.
Keling endi Kimyo faniga hissa qo’shgan buyuk olim Mendeleyev qilgan ishlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. (saxnaga 9 ta oquvchi chiqadi, har bir oqivchi qolida harflar yozilgan varoq, ketma ket turganda Mendeleyev sozi hosil boladi va olim qilgan ishlari haqida malumot beradi).

  1. boshlovchi: tirik organizmlarda turli hil muhit ta’sirida genotipik o’zgarishlar yuzaga keladi va u mutatsiya deyiladi. Mutatsiya natijasida hosil bo’lgan organizmlar mutantlar deyiladi. Navbatni bir chimdim kulguga beramiz va saxnaga mutantlarni taklif etamiz marhamat.

(mutatsiya va Charlz Darvin fikri haqida kulgili saxna korinishi)

  1. boshlovchi: endi esa navbatni kimyoga oid parodiyaga beramiz. Marhamat tomosha qiling Qimmatoyning gungroq onasi bn suhbati.

(saxnada Qimmatoy va uning onasi chiqib keladi )

  1. boshlovchi: aziz oquvchilar sizlarni zeriktirmaslik uchun tadbirimizga jalb etgan holda kimyo va biologiyadan olgan bilimlaringizni sinab korish maqsadida birqancha topishmoqlar bermoqchimiz.

1-boshlovchi: Qaysi moddada “Hayot” soziga sihora bor.
Agar bilsang nomlarini, aytgin bizga et izxor. (vdorod, kislorod, uglerod)
2-boshlovchi: emaklagan toshni ko’rdim
toshdan chiqqan boshni kordim. (toshbaqa)

  1. boshlovchi: qaysi modda nomida olimlarning nomi bor,

bu moddalar olimlarning nomlarini et dongdor. ( Mendelev, Nobeley….)

  1. boshlovchi: pishirsa osh bo’ladi,

pishirmasa qush bolar. (tuxum)

  1. boshlovchi: qay elementlarning nomi davlatlarning nomida,

ular atalar qanday ko’pmi sanoq sonida. ( germaniy, Koliforniy….)

  1. boshlovchi: cheti gulli patir non,

ichi to’la g’ij g’ij don ( kungaboqar)

  1. boshlovchi: ayt qaysi elementlar Hudolarning nomida

ular qanday atalar ko’pmi sanoq sonida. (Vanadiy, Toriy…)

  1. boshlovchi: suvga biroz pichan soldik, o’sha suvdan tomchi oldik.

Unda tirik jonni ko’rib, biz hammamiz hayron qoldik. (tufelka)

  1. boshlovchi: qaysi qimmatbaho tosh, ko’misgadir qon qardosh.

Qizdirsa yonib bitar, Quyoshga berolmay bardosh. ( olmos)

  1. boshlovchi: tangasi bor pule mas,

qanoti bor ucholmas. (baliq)

  1. boshlovchi: qaroqchilar arog’I achchiqmas, emas shirin,

qay element nomida uning nomi yashirin. ( xrom, brom)

  1. boshlovchi: boshida bor baq-baqasi,

tinim bermas vaq-vaqasi.

  1. boshlovchi: hurmatli ustozlar aziz o’quvchilar. Shuning bilan kechmizni tugatar ekanmiz, sizlarga yana bir bor uzoq umr, sixat salomatlik tilab qolamiz.

  2. boshlovchi: 2021-yoshlarni qo’llab quvvatlash va aholi salomatligi yilida bitiruvchilarimizni talabalik baxtiga muyassar bolishini tilab qolamiz. Hayr salomat bo’ling.



Maktab direktori ____________________X.X. Karimova
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________ N.Toshbadalova

Amaliyot o'tayotgan talaba________Abdumalikov.A.H


v
Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə