Buyrug‘I №20-may 2023 yil Pistalikent shfy



Yüklə 66,39 Kb.
səhifə1/5
tarix01.10.2023
ölçüsü66,39 Kb.
#125239
  1   2   3   4   5
4-maktab songi qongiroq 2023-yil 18-may

Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab bo`limiga qarashli 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


BUYRUG‘I №
20-may 2023 yil Pistalikent SHFY
So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli tavsiya xatiga asosan 2022/2023-o‘quv yilining yakunlarini sarhisob qilish, o‘quvchi va yoshlar hamda ota-onalarining iltimoslarini inobatga olgan holda joriy yilning 25-may kuni barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini quyidagi tartibda tashkil etish va Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2023-yil 15-maydagi 01-03/1-198-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli tavsiya xati va Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limining 2023-yil 15-maydagi 01-03/1-198-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabning tadbir o‘tkazilish joyiga yong`in va texnika xavfsizligi amal qilgan holda o`tkazish va o`quvchilar xafsizligini ta’minlash maqsadida o`quvchilar sonidan kelib chiqib ushbu tadbirga faqatgina 1-4-9-11 sinf o`quvchilarini jalb qilish.
3. Bitiruvchi o‘quvchilarning maktab formasidan tashqari turli liboslar va lentalar taqib olinishini oldini olish.
4. Tadbirni maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududida texnika vositalari va begona shaxslarni kiritilmasligini ta’minlash.
5. Tadbirni tuman, MMTB tomonidan belgilangan aniq senariy asosida soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “ Ilmni qadrlang, ilmga intiling ! ” shiori ostida tashkil etish.
6. Maktab rahbariyat tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi isloxotlar to‘g‘risida aniq raqamlar asosida ma’lumot berish.
7. Tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatgichlarga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish.
8. Shu bilan birga “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘lari yig‘ilishi qat’iyan taqiqlanishi yana bir bor eslatib o‘tiladi.

9. Bundan tashqari maktabda rahbarlari va o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k banked yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va engil avtomashinalarda sayr tashkil etilishini oldini olishga alohida e’tibor qaratishingiz so‘raladi.


10. Mazkur tadbirni tashkil etishda maktabning “Kuzatuv Kengashi”a’zolari faol ishtirok etishi bilan bir qatorda, yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib borilishi belgilab berilsin.
11. Mazkur buyruqning bajarilish ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Maktab direktori: J.Rasulov


Zafarobod tumani MMTB tasarrufidagi


4-umumiy o‘rta ta’lim maktabning
2023 yil 20-maydagi № - sonli
buyrug‘iga 1-ilova

“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ishchi guruh



Yüklə 66,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə