Buyuk britaniya



Yüklə 143,92 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü143,92 Kb.
#158443
1   2   3   4   5
buyuk britaniya 2021

Xoʻjaligi. Buyuk Britaniya — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21% ni sanoat, 1,8% ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2% ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya b-n bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. 2-jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat i. ch. urushdan avvalgi darajadan 25% kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ʻtushirilishi koʻpdankoʻp behuda xarajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat i. ch. ida 1948-y. da Buyuk Britaniya ulushi 11,9% edi, 1968-y. da 7,4% ga tushib qoldi.

Sanoati. Buyuk Britaniya eksportining 90% ni sanoat taʼminlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziqovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat korxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuksulfat kislota i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari boʻyicha yirik korxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh. larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Xambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metal lurgiya korxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalari Shim.



Yüklə 143,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə