Buyuk britaniya



Yüklə 143,92 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü143,92 Kb.
#158443
1   2   3   4   5
buyuk britaniya 2021

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va b. Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va b.

Adabiyoti. Ingliz adabiyoti 5—6-a. larda vujudga kela boshlagan. 5—11a. larda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida «Beovulf» qahramonnomasi vujudga keddi. Buyuk Britaniyani normannlar zabt etgach (11-a.), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-a. ning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar Buyuk Britaniya adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan Buyuk Britaniya adabiyoti milliy xarakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning «Qoʻshchi Pyotr haqida tush» poemasi, J. Choserning «Kenterberi hikoyalari»da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning «Utopiya» romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. «Yakov IV», «Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli» (Robert Grin), «Ulugʻ Temur», «Doktor Faustning fojiali tarixi», «Malta yahudiysi» (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri Buyuk Britaniya adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi xarakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari («Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Makbet») Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va «Samson kurashchi» tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi.





Yüklə 143,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə