Buyuk britaniya



Yüklə 143,92 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü143,92 Kb.
#158443
  1   2   3   4   5
buyuk britaniya 2021


BUYUK BRITANIYA
BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqaan Shim. dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Mayd. 244,1 ming km2. Aholisi 58,5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oxirlari). Poytaxti — London sh.


Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriysiyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand o. lari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi. Davlat tuzumi. Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-y. gi Ulugʻ Erkinliklar xartiyasi, 1679-y. gi Xabeas korpus akti, 1931-y. gi Vestminster statuta, 1969-y. gi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va b. eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament u( ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shim. Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.




Tabiati. Buyuk Britaniyaning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shim. gʻarbi toglikdan, markazi va jan. sharki tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shim. Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning jan. da (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan jan. da Shotlandiya pasttekisligi, undan jan. rokda Jan. Shotlandiya qiri (bal. 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan. ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels ya. o. ning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va jan. qismlarida pasttekisliklar (Shim.

Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (bal. 200 — 300 m) bor. Shim. Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va b.) iborat.


Buyuk Britaniyada foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shim. dengizning Buyuk Britaniya qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.




Tarixi. Hoz. Buyuk Britaniya hududida mil. av. 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil. a. da Britaniya o. larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-a. ning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-a. boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, «Angliya» deb atala boshladi. Angliya 1016—42 y. larda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.
1066-y. Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-a. larda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13a. larda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-y. paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi; hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 y. lardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-a. da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-a. ning 30-y. larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a. dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-a. oxirida Buyuk Britaniyada yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-a. oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan korxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-a. ning 2-yarmida Buyuk Britaniya hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori b-n vigi shakllandi. 19-a. oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.





Yüklə 143,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə