Buyuk Fred va psixoanaliz ta’limoti Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi?



Yüklə 412 Kb.
səhifə2/8
tarix13.03.2023
ölçüsü412 Kb.
#102402
1   2   3   4   5   6   7   8
Fred va psixoanaliz

Freydning bolalik davri
Zigmund Freyd Chexiyaning Prshibor (hozirgi Freyburg) shahrida 1856 yili 6 mayda dunyoga kelgan. 1860 yili Freydlar oilasi Vena shahriga ko‘chib o‘tishgan. Demak, kichik Zigmund bu shaharda bor-yo‘g‘i 4 yoshga kirgunga qadar yashagan. Shunday bo‘lsa-da, chexlar buyuk olim sharafiga Praga shahrida “U bizning yurtda dunyoga kelgan” deb yodgorlik haykalini o‘rnatishgan.
Z. Freyd ko‘p bolalik oilada tug‘ilgan. Ularning oilasida 8 nafar farzand bor edi. Zigmund esa oilada uchinchi farzand bo‘lgan. Zigmund o‘ta nimjon bo‘lib, tez-tez kasal bo‘lardi. Shuning uchun ham oilada asosiy e’tibor unga qaratilardi. Otasi o‘g‘lining o‘lib qolishidan juda qo‘rqardi. Freydlar oilasi kambag‘al yashashgan. Uning otasi jun (sherst) sotib, farzandlarini boqqan.
Zigmund jismonan nimjon bo‘lishiga qaramasdan ilm olishga juda chanqoq bo‘lgan. U bolalik davridanoq o‘ta ziyrak va aqlli bo‘lsa-da, injiq va qaysarligi bilan ham ajralib turgan. Yosh Zigmundni deyarli barcha ma’lumotlar qiziqtirardi. U chet tillarni ham tez o‘zlashtirgan.
Xayolparast va shuhratparast Zigmund!
Freyd o‘smirlik davridanoq xayolparast va shuhratparast bo‘lgan. Uning ilmga, ayniqsa, tabiiy fanlarga chanqoqligi avj olib borardi. U barcha ilmlarni egallab, mashhur kishi bo‘lishni orzu qilar va ko‘p kitob mutolaa qilardi. Freyd maktabda o‘qib yurgan paytidayoq Ch. Darvinning ta’limoti bilan qiziqib qoladi va uni boshdan-oyoq o‘qib chiqadi. Yosh Freyd o‘z tengdoshlariga: “Men Ch. Darvinga o‘xshagan tabiatshunos olim bo‘laman” deb xitob qilgan. Menimcha, buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki o‘smirlar xayolparast va orzumand bo‘lishadi.Ota-onasi og‘ir xarakterli Zigmunddan aziyat chekishsa-da, uning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilishgan. Z.Freyd bolalik davridayoq tabiiy fanlarga juda qiziqqan.
Freydning nega do‘sti bo‘lmagan?
Zigmundning xarakteri o‘ta og‘ir bo‘lganligi uchun ham uning do‘stlari deyarli bo‘lmagan. Freyd keyinchalik Eynshteynga yozgan xatida buni o‘zi ham tan olgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u yolg‘izlikka intilgan. U hatto mashhur bo‘lib ketganida ham yolg‘iz qolgan. Freydning bolalik paytidagi o‘ta o‘jarligi keyinchalik kuchaysa kuchaygan-u, biroq barham topmagan. Hatto o‘zining dastlabki shogirdlari – Alfred Adler va Karl Gustav Yung bilan ham kelishmagan. Ular Freydni tark etishgan. Balkim Freydning o‘zi ulardan voz kechgandir. Agar Gyote “Oddiylik – bu buyuklikdir” degan bo‘lsa, Freyd “Yolg‘izlik – bu buyuklikdir” degan tamoyilga asoslanib yashagan va ijod qilgan bo‘lsa kerak.

Yüklə 412 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə