Buyuk Fred va psixoanaliz ta’limoti Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi?


Nevroz – seksual qoniqmaslik alomatimi?



Yüklə 412 Kb.
səhifə6/8
tarix13.03.2023
ölçüsü412 Kb.
#102402
1   2   3   4   5   6   7   8
Fred va psixoanaliz

Nevroz – seksual qoniqmaslik alomatimi?
Z.Freyd 1897 yildan boshlab nevroz va seksual qoniqmaslik orasida bog‘liqliklarni sistematik tarzda o‘rgana boshlaydi. Freyd seksual qoniqmaslik g‘oyasiga shu qadar berilib ketadiki, u nafaqat nevrotik buzilishlar va xulq-atvordagi o‘zgarishlarni, balki psixosomatik simptomlarni (bosh og‘rig‘i, oyoq og‘riq, bel og‘riq, qorin og‘riq, yurak og‘rig‘i va h.k.) ham seksual qoniqmaslik bilan bog‘laydi. Buning natijasida Freyd “panseksualist” degan laqabni oladi. Undan ko‘p olimlar va hatto o‘zining ustozlari ham yuz o‘giradi. Uning maqolalarini chop qilmay qo‘yishadi.
Chunki o‘sha paytlari ijtimoiy omillarga burkangan psixologik nazariyalar yaxshi rivojlanib kelayotgan edi. Freyd esa aslida hayvonlar xulq-atvorini belgilab beruvchi biologik instinktlar insonlar xulq-atvorini ham belgilab beradi degan edida. Freyd bunday bemorlarga gipnozning yordam bermasligiga ishonch hosil qiladi va bu usuldan voz kechadi. U Sharkoning davolash usullarini deyarli qo‘llamay qo‘yadi. “Gipnoz – bemorning ahvolini vaqtincha yaxshilovchi vosita, xolos” degan edi Freyd. U gipnoz usulini ham tark etdi va ruhiyatning yangi modelini yaratishga kirishdi.
Psixoanaliz ta’limoti qanday yaratildi?
Z. Freyd inson ruhiyatini muz tog‘iga qiyoslab tushuntirib berdi: “Muz tog‘ining ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlar, ya’ni ongsizlikdir”.
“Janob Freyd! Sening inson psixologiyasi haqidagi dunyoqarashlaring va ilmiy farazlaring psixologiya qonunlariga juda zid va haqoratomuzdir” degan dashnomlarni ko‘p eshitgan olim psixologiyani ham tark etdi. Menimcha, Freyd psixologiyani emas, balki psixologlarni tark etdi. Boz ustiga uning maqolalarini psixologiya jurnallarida chop etmay qo‘yishdi, ilmiy kengashlar ham usiz o‘ta boshladi. Unda fanda yangi bir yo‘nalish ochishdan boshqa iloj qolmadi va u psixologiyaga yaqinroq bo‘lishi kerak edi.
Axir inson ruhiyatini psixologiyasiz o‘rganib bo‘ladimi? Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri, “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsa-da, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi.

Obrazli qilib aytganda, psixoanalizni osmonga bo‘y cho‘zib turgan teleminoraga o‘xshatish mumkin. Ushbu minoraning bir oyog‘i – fiziologiya, ikkinchi oyog‘i – nevrologiya, uchinchi oyog‘i esa – psixologiyadir. E’tibor qilingga, ularning hammasi bir xil va teng. Minoraning osmonga bo‘y cho‘zib, quyoshga intilib turgan qismi esa – psixoanalizdir. Minoraning ushbu qismidan atrofga qarasangiz go‘zal shahar kaftingizda turgandek ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Demak, boshqa fanlardan farqli o‘laroq, psixoanaliz inson qalbini va uning eng tubida yashirinib yotgan jarayonlarni bemalol ko‘ra oladigan fan. Psixoanaliz fani o‘z oldiga ong tubida yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va shu yo‘l bilan nevrozni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganadi.

Yüklə 412 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə