Buyuk Fred va psixoanaliz ta’limoti Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi?


Ilm qilish qiyinmi yoki oila boqish?



Yüklə 412 Kb.
səhifə4/8
tarix13.03.2023
ölçüsü412 Kb.
#102402
1   2   3   4   5   6   7   8
Fred va psixoanaliz

Ilm qilish qiyinmi yoki oila boqish?
1882 yili Freyd 21 yashar Marta Verneyga uylanadi. U ham kambag‘al oiladan edi. Ilmiy ish esa insonga zavq bag‘ishlaydi, biroq har doim ham qorinni to‘yg‘izavermaydi! Endi oilali bo‘lgan Freydda iqtisodiy qiyinchiliklar yana davom etadi. Oilani boqish borasida kelib chiqayotgan er-xotin orasidagi janjallar Freydni ilmiy ishni tashlashga majbur etadi. U oila boqish uchun oddiy nevropatolog bo‘lib ishlay boshlaydi. Shu yerda bir narsani aytib o‘tmoqchi edim. Ajab emas, Freydning psixoanaliz haqidagi ta’limotining yaratilishiga uning xotini sababchi bo‘lgan bo‘lsa.
Urish-janjallardan bezib ketgan Freyd xotiniga: “Marta, kasal ko‘rish va davolashni oson deb o‘ylaysanmi. Nevrotiklar jonga tegdi! Ularga salomatlik haqida soatlab gapirasan-u, biroq hech qanday nafini ko‘rmaysan. Ayniqsa, senga o‘xshash xotinlarni tuzatish juda qiyin”. Shunda xotini Freydga beparvo ohangda: “Sen gapirma! Ularning o‘zlarini gapirtir! Xotin kishi o‘zi gapirib, o‘zi tuzalib ketaveradi” deydi. Ajab emas, psixonalitik terapiya uslublarini ishlab chiqayotgan Freyd Martaning tavsiyalarini ham e’tiborga olgan bo‘lsa.
Chunki psixoanalitik terapiyaning asosiy uslubi bemorni gapirtirishdan iborat.
“Bu nevropatolog jonimga tegdi!”
Freyd nevropatolog bo‘lib ishlay boshlagach, mahalliy gazetalarga shunday e’lon beradi: “Asab buzilishlarini davolayman!” Freyd nevrologiyaga juda qiziqib ketadi. U asab kasalliklarini endi kitobdan o‘qib emas, balki bemorlarning ko‘zidan o‘qib, o‘rgana boshladi. Freyd turli-tuman bemorlar bilan muloqotda bo‘lar va ular bilan soatlab suhbatlashishni xush ko‘rardi. O‘sha paytlari hali yaxshi rivojlanmagan nevrologiyadan uning ko‘ngli to‘lmasdi.
1896 yili Freydda davolanib yurgan Emma. ismli bemor uning davolash usullaridan qattiq shikoyat qiladi: “Bu nevropatolog jonimga tegdi! U mening ahvolimni faqat og‘irlashtirayapti!”. Bu Freydga qattiq ta’sir qiladi. Freydni o‘sha paytlarda asab kasalliklarini, xususan, nevrozni davolashga oid qo‘llanmalar qoniqtirmayotgan edi. Nima qilish kerak?

Yüklə 412 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə