Byudjet hisobi


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish



Yüklə 484,59 Kb.
səhifə5/14
tarix10.03.2023
ölçüsü484,59 Kb.
#102197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish


Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.

Mustaqil ishlarni baholash tartibi


Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo'yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me'zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning baholash me'zoni quyidagicha tashkil etish mumkin:
Barcha ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur bo'yicha maksimal 34(20/14) ball belgilangan bo'lib, shundan mustaqil ta'lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda moliya va buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi bo’yicha berilgan mustaqil ta`limni bajarishi uchun maksimal 10(5/5) ball hamda mavzular bo'yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar,
ko'rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, Oraliq nazorat uchun maksimal 34 ball belgilangan.
Talaba yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan kafedra tavsiyasiga binoan fakultet yoki oliy o'quv yurti darajasida o'tkaziladigan talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin.



Yüklə 484,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə