Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi


 Kassa muomalalari hisobi



Yüklə 226,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.05.2023
ölçüsü226,39 Kb.
#113632
1   2   3   4
Mustaqil ish

3. Kassa muomalalari hisobi
Byudjet tashkilotidagi kassa muomalalari hisobi O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori
bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operasiyalarini
amalga oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi.
Byudjet tashkilotida namunaviy shatlar jadvaliga muvofiq kassir
lavozimi kiritiladi va ushbu lavozimga xodim ishga olinganda material
javobgarlik to‘g‘risida shartnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaga
muvofiq kassir lavozimiga tayinlangan shaxs kassadagi pul mablag‘lari,
pul xujjatlari va qabul qilib olgan mulkiy qiymatliklarni but saqlanishiga
javobgar bo‘ladi. Kassir lavozimiga tayinlangan xodimga bosh hisobchi
tomonidan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operasiyalarini amalga
oshirish qoidalari» tanishtiriladi va tanishganligi haqida tilhat olinadi.
Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan
kassa operasiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo‘yicha
jihozlanishi kerak.
Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag‘larini qabul qilish bosh
hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son


shakldagi kirim kassa orderi bo‘yicha amalga oshiriladi. Tashkilotlar
kassasidan naqd pul mablag‘larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim
kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov
qaydnomalari, pul berish bo‘yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)
bo‘yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo‘lgan
shtamp qo‘yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini berishga doir
hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan
shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Chiqim kassa orderlariga
ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da
tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo‘lgan taqdirda, chiqim
kassa orderlarida rahbarning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi
hujjatlar ular bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol
kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana
(kun, oy, yil) ko‘rsatilgan holda “To‘langan” shtampi qo‘yiladi yoki so‘z
bilan yozib qo‘yiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o‘rnini bosuvchi hujjatlar
kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son
shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro‘yxatga olish jurnalida qayd
etiladi. Ish haqini berish to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalarida
rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin
ro‘yxatga olinadi.
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki
440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el
valyutasi mablag‘lari bo‘yicha alohida kassa daftari yuritiladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka,
siyohqalam yoki siyoh bilan ikki nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning
ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo‘lishi kerak, ular kassirning hisoboti
bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida


qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan
belgilanadi.
Kassa daftarida o‘chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish
man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh
hisobchining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan
tasdiqlanadi.
Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki
uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat bo‘yicha pul olingan yoxud
berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida
kassir kun uchun operasiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun
uchun pullar qoldig‘ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir
hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim
kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir
kun uchun yozuvlar ko‘chirma nusxasini) topshiradi.
Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning
asosida kassa operasiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma
qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa
registrlariga yoziladi. 1-son memorial order bo‘yicha oylik aylanmalarning
umumiy summasidan byudjetdagi (byudjetdan tashqari) hisobvaraqlar
bo‘yicha aylanmalar chiqarib tashlanadi.
Kassa daftarini to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh
hisobchisi zimmasiga yuklanadi. Ko‘plab bo‘linmalarga ega bo‘lgan
tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to‘lovlarni to‘lashga kassirlardan
boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug‘i bilan ruxsat
berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy
moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi shart. Ishonchli
shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir
tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarni


berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish Byudjet
hisobidagi muassasalarga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi
yuritiladigan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan
taqdirda ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat
bo‘yicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari
faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga
olinadi.
Yuridik shaxslar tomonidan kassayerasiyalarin yuritish Qoidalari
daftari yuritiladi. Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul
berilishi zarur bo‘lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari
o‘rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish
bo‘yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko‘zda
tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to‘lash hamda mayda
xo‘jalik xarajatlari tashkilot buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor
shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar
ana shu shaxslar nomiga yoziladi.

Yüklə 226,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə