Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi


 Hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larining hisobi



Yüklə 226,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.05.2023
ölçüsü226,39 Kb.
#113632
1   2   3   4
Mustaqil ish

2. Hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larining hisobi.
Yagona
g‘azna
hisobvarag‘i
Gʻaznachilik
tomonidan
boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa
Davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobvarag‘idan Davlat
byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning
xarajatlari to‘lanadi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarining
xarajatlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi
to‘g‘risida” qonun 9-modda.
Byudjet tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy
hisobvaraqlarining ochilishi moliya organlari tomonidan quyidagi hujjatlar
asosida amalga oshiriladi:
a) byudjetdan mablag‘ oluvchining moliya organi rahbarining yoki
uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan
shaxsiy hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizasi.
b) xarajatlar smetasi nusxasi, jumladan vaqtinchalik va aniqlangan
hamda unga moliya organlarining mansabdor shaxslari tasdiqlagan va
moliya organlarining muhri qo‘yilgan zarur hujjatlarning ilovalari bilan,
Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalari.
Bunda, o‘rnatilgan tartibda o‘zining tasarrufida bo‘lgan, yuridik shaxs


maqomiga ega bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning
xarajatlariga xizmat ko‘rsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan
byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlarini
(shaxsiy xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida
shaxsiy hisobvaraq ochiladi va xizmat ko‘rsatiladigan quyi byudjetdan
mablag‘ oluvchilar uchun (umumiy xarajatlar smetalari asosida) alohida
har bir byudjet tasnifining paragrafi bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlar
ochiladi;
d) kapital qurilish ob’yektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi,
qurilishlarning manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli
ro‘yxati) nusxasi, qurilishlarning titul ro‘yxati nusxasi (kapital qurilish
buyurtmachilari uchun);
e)
bir
nusxada
yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial
tasdiqlangan moliyaviy hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan
tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo namunalari va shaxsiy
hisobvaraqlar bilan muomalalarni amalga oshirishdagi tashkilotning muhr
izi tushirilgan
kartochkasi. Shahsiy hisobvaraq ochilgandan keyin Gʻaznachilik
bo‘limlariga belgilangan tartibda naqt pul va boshqa buxgalteriya
xujjatlarini olish uchun moddiy javobgar shaxs nomiga ishonchnoma
rasmiylashtirilib taqdim etiladi. Bu ishonchnoma berilgan shaxs nomiga
g‘aznachilik
bo‘limlari
tomonidan
naqt
pul
olish
uchun
chek
rasmiylashtirilib
beriladi
yoki
g‘aznachilik
bo‘limlaridan
shahsiy
hisobvaraqdan ko‘chirma va unga ilova qilingan xujjatlarni olishiga ruxsat
beriladi.
Ma’lumki
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 3-sentyabrdagi 414-sonli "Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan
ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq,


byudjetdan mablag‘ oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to‘rt
guruhi bo‘yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga
nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar
va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investisiya dasturida nazarda tutilgan
manzilli ro‘yxatlarga muvofiq);
IV.
Boshqa
xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal
xizmatlar va
boshqa xarajatlar).
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar
to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II
guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi. Tegishli byudjet
bo‘yicha I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun g‘azna hisobvaraqlarida
zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh
xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha IV guruh
xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi
o‘rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga
oshiriladi:
- ovqatlantirish;
- dori-darmonlar;
- kommunal xizmatlar;
- boshqa xarajatlar.
Byudjet hisobvaraqlardan yuqorida keltirib o‘tilgan 4 xarajat guruxi
to‘lab beriladi. Gʻaznachilik bo‘linmalari g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lov
topshiriqnomalar
asosida
tashkilot
va
muassasalarni
saqlash,
markazlashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish, kapital qo‘yilmalar va boshqa


maqsadlar uchun to‘lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital
qo‘yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.
Buning uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlar belgilangan
tartibda ro‘yhatga olinadi va to‘lab beriladi. Byudjet mablag‘lari hisobiga I
va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga
tenglashtirilgan xarajatlar to‘lovi uchun naqd pul mablag‘larini olishga
so‘rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo‘yicha to‘lov
topshiriqnomalari asosida ro‘yxatga olinadi.
Byudjet tashkilot ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar,
shuningdek xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari
olishga g‘aznachilik bo‘linmasiga byudjetdan mablag‘ oluvchining rahbari
va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to‘lash
uchun naqd pul mablag‘lari olishga so‘rovnoma va unga to‘ldirilgan chek
ilova qilingan holda taqdim qiladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar naqd pul olish uchun moddiy
javobgar
shaxs
(kassir)ga
berilgan
ishonchnomani
g‘aznachilik
bo‘linmalariga taqdim qiladilar. Olinishi kerak bo‘lgan naqt pul
g‘aznachilik bo‘limining banklardagi tranzit schyotiga yagona g‘azna
hisob raqamidan to‘lov topshiriqnomasi asosida g‘aznachilik tomonidan
o‘tkaziladi. To‘ldirilgan chek byudjet tashkiloti xodimi tomonidan bankka
taqdim etiladi va bank tomonidan chekda ko‘rsatilgan mablag‘ to‘lab
beriladi. Naqd pul berilganidan so‘ng reyestrning ikkinchi nusxasi (kassa
chiqim jurnali) chek ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda bank
ko‘chirmasi bilan birga tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi.
Gʻaznachilik bo‘linmasi bank ko‘chirmasi, reyestr va chekga asosan
tegishli shaxsiy hisobvaraqda belgi qo‘yadi va byudjet tashkilotiga uning
shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma beradi, shu bilan birga byudjet
tashkiloti buxgalteriyasida keyingi hisoblarni yuritish uchun ish haqi va


unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun
berilgan so‘rovnomaning ikkinchi nusxasiga "TO‘LANDI" belgisini qo‘yib
byudjetdan mablag‘ oluvchiga qaytaradi.
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul
qilinishi pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-
fakturalar asosida amalga oshiriladi. Gʻaznachilik bo‘linmalari tomonidan
pul mablag‘larini o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: to‘lov
topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma,
hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to‘g‘ri
ko‘rsatilganda; qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari
asosida va tegishli ob’yektlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi
mavjud ajratilgan byudjet mablag‘lari summalari doirasida bo‘lganda;
agar
to‘lov
topshiriqnomasida
ko‘rsatilgan
summa
g‘aznachilik
bo‘linmasida ro‘yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o‘tkazilgan
mablag‘larni hisobga olgan holda, to‘lanishi lozim bo‘lgan pul
mablag‘laridan
oshmaganda;
buyurtmachining
pudratchi
oldidagi
kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va
hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to‘lovlarini o‘tkazishi
lozimligini
tasdiqlovchi
hujjatlar
mavjud
bo‘lganda;
to‘lov
topshiriqnomasida ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari
shartnomada ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq
bo‘lganda.
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to‘lovi, jumladan avans
to‘lovlarining
to‘lanishi
o‘rnatilgan
tartibda
rasmiylashtirilgan
va
buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilingan
to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to‘lov
topshiriqnomasining
"To‘lovchining
nomi"
ustunida
g‘aznachilik
bo‘linmasining nomi, "To‘lovchining hisob raqami" ustunida - g‘azna
hisobvarag‘i, "To‘lov maqsadi" ustunida - byudjetdan mablag‘ oluvchining


shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to‘lovni
o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, shuningdek to‘lov maqsadi
ko‘rsatiladi.
IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot
yetkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar yetkazib
berilganligini
(ishlar
bajarilganligini,
xizmatlar
ko‘rsatilganligini)
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki byudjetdan mablag‘ oluvchilarning
mahsulot yetkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag‘larini
(shu jumladan, avans to‘lovlarini) o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi
boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Gʻaznachilik bo‘linmasi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lov
topshiriqnomalari asosida g‘azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari
bo‘yicha xarajatlarni byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar
smetalarining tegishli moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan byudjet
mablag‘lari limitlari doirasida amalga oshiradi. Byudjetdan mablag‘
oluvchilarning xarajatlari to‘lovi to‘lov topshiriqnomalari bilan quyidagi
talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli
moddalari bo‘yicha byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalari doirasida;
agar to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik
bo‘linmasida ro‘yxatga olingan shartnomaga muvofiq to‘lanishi lozim
bo‘lgan pul mablag‘lari summasidan oshmasa;
hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo‘lganda va byudjetdan mablag‘
oluvchining
mahsulot
yetkazib
beruvchi
oldidagi
qarzdorligini,
shuningdek byudjetdan mablag‘ oluvchini mahsulot yetkazib beruvchiga
byudjet (byudjetdan tashqari) mablag‘larini (shu jumladan, avans
to‘lovlarini) o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida;


to‘lov
topshiriqnomasida
ko‘rsatilgan
mahsulot
yetkazib
beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va
rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturada yoki tovar (ish, xizmat)lar
yetkazib berishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mahsulot yetkazib
beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va
rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida.
Xarajat guruxlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalariga asosan
to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin g‘aznachilik bo‘limlari quyidagi
shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ilova qilingan shaxsiy hisobvaraqdan
ko‘chirmani byudjet tashkilotlariga taqdim etadi

Yüklə 226,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə