Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi



Yüklə 226,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.05.2023
ölçüsü226,39 Kb.
#113632
  1   2   3   4
Mustaqil ish



Mustaqil ish
Mavzu:
“Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi”
Fan:
Byudjet nazorati xisobi
Fan bo’yicha ilmiy rahbar
: Ostonaqulov A
Bajaruvchi:
Olimjonov R
Toshkent 2023


I.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi.
1. Moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etish.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil
etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul
mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi pul
jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul
mablag‘lari) kiradi.
Byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari harakati moliya organlari
tomonidan
ochilgan
shahsiy
hisobvaraqlarda
yuritiladi.
Byudjet
tashkilotlarida shahsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi
“Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy
bo‘linmalarida yuritish Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida 2007-yil 5-dekabrda 1746-son bilan ro‘yxatga olingan)ga
asosan amalga oshiriladi. Gʻaznachilik va uning xududiy bo‘limlarida
byudjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi.
2011-yildan boshlab byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari hisobini yuritish
uchun moliya organlari tomonidan shaxsiy hisobvaraqlar ochilishi
belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq
dasturga kiritiladi va Gʻaznachilik va ularning xududiy bo‘linmalarida
ko‘rinadi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi byudjet (byudjet
tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish
uchun ajratilgan) va byudjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida
o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa
mahsus mablag‘lar, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash
uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo‘yicha yuritiladi. Byudjet


tashkilotlari Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan
hizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan byudjet, byudjetdan tashqari
mablag‘lari bo‘yicha hisob schyotlari yopilib Gʻaznachilik va uning
hududiy bo‘limlaridagi ochilgan shahsiy hisobvaraqlarga o‘tkazildi.
Natijada Gʻaznachilik va uning xududiy bo‘limlari tomonidan byudjet
tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro‘yhatga olinib yagona
g‘azna hisob raqamidan to‘lab berilmoqda.

Yüklə 226,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə