Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi


 Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi



Yüklə 226,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix28.05.2023
ölçüsü226,39 Kb.
#113632
1   2   3   4
Mustaqil ish

4. Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi
Byudjet
tashkilotlarida
boshqa
pul
mablag‘lari
bo‘yicha
akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul
mablag‘lari hisobi yuritiladi. Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi
Markaziy bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan. Akkreditiv bankning shartli
pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu xujjatni mijozning topshirig‘iga
ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga
ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib
beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa
bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan
xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi
shart qilib qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol yetkazib beruvchining
taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchi nomiga


akkreditiv ochilganda yetkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar
uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.
Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z
mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal
qiladigan butun muddatga «Akkreditivlar» degan alohida balans
hisobvarag‘iga qo‘yish uchun mahsulot yetkazib beruvchi banki (ijrochi
bank) ixtiyoriga o‘tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv
hisoblanadi.
Banklar
orasida
korrespondentlik
munosabatlari
o‘rnatilgan
hollarda qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga
emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv
summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin. Har
bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan
shakldaligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar shunday ko‘rsatma bo‘lmasa,
akkreditiv qaytarib olinadigan deb hisoblanadi.
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan
mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor
qilinishi mumkin emas. Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi
bilan hisob-kitob qilish uchun ochilishi mumkin.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi
to‘lovchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada
belgilab qo‘yiladi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur:
• emitent bank nomi;
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;
• akkreditiv ochilgani to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchiga
xabar


qilish usuli;
• akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi
taqdim etadigan xujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi:
• tovar jo‘natilgandan keyin xujjatlarni taqdim etish muddati hamda
ularni rasmiylashtirishga doir talablar;
• boshqa zarur xujjatlar va shartlar.
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko‘ra
va boshqa bank bilan o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari
shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot yetkazib beruvchining banki
bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi.
Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi
bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu
arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi shart:
• akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami;
• akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va
oy);
• mahsulot yetkazib beruvchining nomi;
• akkreditivni ijro etuvchi bank nomi;
• akkreditiv ijro etiladigan joy;
• akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar o‘tjazilishiga asos bo‘ladigan
xujjatlarning to‘liq va aniq nomi, ularni taqdim etish muddati va
rasmiylashtirish tartibi (to‘liq batafsil ro‘yxat arizaga ilova
qilinishi mumkin);
• akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar;
• akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish)
uchun ochilayotgani, tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish)
muddati;
• akkreditiv summasi;
• akkreditivni amalga oshirish usuli.


Elektron to‘lov xujjatini to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun to‘lovchilar
mahsulot yetkazib beruvchidan akkreditiv bo‘yicha uning nomiga
ochilgan hisobvaraq raqamini aniqlab olishlari kerak. Akkreditiv ochish
to‘g‘risidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun to‘lovchi bankiga
zarur mikdordagi nusxalarda taqdim etiladi. Bank muassasasiga kelib
tushgan akkreditivlar hisobini yuritish uchun to‘lovchi bankida «puli
to‘lanadigan akkreditivlar» degan balansdan tashqari hisobvaraq
ochiladi.

Yüklə 226,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə