Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi docx


subschyotlarga bo‘lingan xolda yuritiladi



Yüklə 77,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix31.05.2023
ölçüsü77,46 Kb.
#114775
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar

subschyotlarga bo‘lingan xolda yuritiladi:
150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”;
152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”;


154 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”;
155 “Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar
bo‘yicha hisob-
kitoblar”;
156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”;
159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”.
Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 15 “Turli
debitor va kreditorlar
bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlarini mablag‘lar
manbaalari bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 150/1
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (byudjet
mablag‘i hisobidan)”, 150/2 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va xokazo.
Ushbu subschyotlar bo‘yicha analitik hisob byudjet va byudjetdan
tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son
shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida
yuritiladi.Byudjet tashkilotlari yetkazib beriladigan mahsulot (ish va
xizmatlar)
bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq hisoblashuvlarni amalga oshiradi.
Byudjet tashkilotlari belgilangan tartibda mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etadi.
Belgilangan tartibga muvofiq byudjet tashkilotlarining mahsulot
yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari majburiy tartibda ularning
yuridik xizmatlari (shartnoma asosida jalb qilingan advokatlar) tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiqligiga tekshirilishi shart.


Agar shartnomaning summasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish 
haqining 
200
baravari 
miqdoridan 
oshmasa, 
shartnomalarga
tomonlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar imzosi qo‘yiladi.
Agar shartnoma summasi, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish
haqining 200 baravaridan ortiq bo‘lsa, tomonlar yuridik xizmat yoki jalb
etilgan advokatlarning xulosasini ilova qilishi lozim. Shartnomalar,
shuningdek ularga qo‘shimcha kelishuvlar aniq va ravshan siyoh yoki
sharikli ruchka yoki yozuv (hisoblash) mashinasida yozilgan holda
to‘ldirilishi lozim. Hech qanday tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki
to‘g‘rilashlar, hattoki tomonlar kelishuviga ko‘ra ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Byudjet tashkilotlari va mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan
shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi talablarga rioya qilingan
holda taqdim qilinadi:
300 AQSh dollaridan yuqori 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan
shartnomalarni mahsulot yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan
(birja savdolari bo‘yicha)eng yaxshi konkurs takliflarini tanlab olish
hujjatlari ilova qilingan holda taqdim qilinadi. 100 ming AQSh dollariga
teng bo‘lgan miqdoridan ortiq bo‘lganda, qonunchilikka muvofiq o‘tkazilgan
tender savdolari bo‘yicha hujjatlarni shartnomaga ilova qilgan holda taqdim
qilinadi.
Kapital qurilish xarajatlari bo‘yicha shartnomalarning ikki asl va bir
ko‘chirma nusxalaridan tashqari, Buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik
bo‘linmasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog‘liq ish va xizmatlarning
pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa bajaruvchilarini tanlab
olish bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi nusxasi, qachonki tanlov savdolari
predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming
AQSh dollaridan yuqori summani tashkil etgan hollarda;


- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog‘liq ish va
xizmatlarning pudratchi
qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa bajaruvchilarini tanlab olish
bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi nusxasi, qachonki tanlov savdolari predmeti
xaridining umumiy qiymati 50 ming AQSh dollarigacha summani tashkil
etgan hollarda ular xarid qilinadigan tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi,
miqdori, bajarish muddatlari va tovarni yetkazib berish punkti ko‘rsatilgan
holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish yoki mahsulot yetkazib beruvchi
yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho va tavsiflarni taqqoslash yo‘li
bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin; - buyurtmachining pudrat
qurilish (loyiha) ishlari uchun o‘tkazilgan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha
hisobotining O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish bilan kelishilgan
nusxasi;
- pudratchi qurilish tashkilotining qurilish xavfini sug‘urtalash bo‘yicha
shartnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi tomonidan
imzolangan nusxasi;
- Davlatqurilishnazorat inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini
bajarishga ruxsatnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi
tomonidan imzolangan nusxasi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxati
(loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) va qurilishlarning titulli
ro‘yxatlari nusxalari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va
konkurs savdolarining o‘tkazilishi bo‘yicha qurilishlarning aniqlangan
manzilli va titulli ro‘yxatlari nusxalari;
- davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo‘lganda).
Byudjet tashkilotlari va mahsulot yetkazib beruvchilar bilan byudjet
mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g‘aznachilik
bo‘linmalarida majburiy ro‘yxatga olinganidan so‘ng kuchga kiradi.


Byudjet tashkilotlari mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar
tuzishda va ularni g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun taqdim
qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim:
- shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi va buyurtmachi (byudjetdan
mablag‘ oluvchilar) tomonidan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi;
- buyurtmachi (byudjet tashkilotlari)ning rekvizitlarida, shuningdek
buyurtmachi 
(byudjet 
tashkilotlari)ning 
xarajatlari 
to‘lovi 
amalga
oshiriladigan tegishli g‘azna hisobvarag‘i ham ko‘rsatiladi.
Shartnomani ro‘yxatga olish uchun byudjet tashkiloti g‘aznachilik
bo‘linmasiga shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko‘chirma nusxasini
taqdim qiladi. Shartnomalarga to‘lovlar jadvali ilova qilinishi hamda unga
rioya qilish shart.
Byudjet tashkiloti shartnomalarni g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatga
olish uchun ular tuzilgandan so‘ng 20 ish kuni mobaynida, biroq joriy
moliya yilining 25 dekabridan kechikmasdan taqdim etishlari lozim. Byudjet
tashkiloti tomonidan shartnomalar tuzilib, 20 ish kuni o‘tgandan so‘ng
taqdim qilingan hollarda, shartnoma byudjetdan mablag‘ oluvchiga
g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga olinmasdan qaytariladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari shartnomalarni mas’ul xodim tomonidan
shartnomaning birinchi va ikkinchi asl nusxalari va ko‘chirma nusxasining
barcha varaqlariga "Ro‘yxatga olingan" shtampini qo‘yish va ro‘yxatga
olingan raqami va sanasi ko‘rsatilib, ularni g‘aznachilik bo‘linmasining
vakolatli shaxsi imzosi va g‘aznachilik bo‘linmasining muhri bilan
tasdiqlash 
orqali 
ro‘yxatga 
oladi. 
Ro‘yxatga 
olingandan 
so‘ng,
shartnomaning ikki asl nusxasi byudjet tashkilotiga qaytariladi, ro‘yxatga
olingan shartnomaning ko‘chirma nusxasi g‘aznachilik bo‘linmasida hisobga
olish va saqlash uchun qoldiriladi. Ro‘yxatga olingan shartnomaga asosan


to‘lov topshiriqnomasi asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi
Mol yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan moddiy va nomoddiy
qimmatliklar, shuningdek kapital qo‘yilmalar hisobiga xarid qilinadigan
qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, o‘rnatish uchun jihozlar,
yetkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar,
pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruksiyalar
va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar
buxgalteriya hisobida 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar” subschyotida olib boriladi.
Bu subschyotning debetida qurilish materiallari, konstruksiyalar va
detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar
summasi aks ettiriladi, kreditida yetkazib berilgan mahsulot(ish va xizmatlar)
bo‘yicha qarzdorlik aks ettiriladi.
Xaridorlarvabuyurtmachilarbilanhisoblashuvlarhisobi.
Qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot
(ish va xizmatlar) ishlab
chiqarish, sotish xuquqiga ega. Bunda tashkilotlar tomonidan bajarilgan
ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlab chiqargan mahsulotlarini (ish,
xizmatlarini) sotish jarayonida xaridorlar va buyurtmachi tashkilotlar bilan
hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Xaridorlar va buyurtmachi tashkilotlar bilan
hisob-kitoblar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida
xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlar 152 “Xaridor va
buyurtmachilar 
bilan 
hisob-kitoblar” 
subschyotda 
yuritiladi. 
Bu
subschyotning debet tomonida bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar
xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib olishi (tegishli
tasdiqlovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar
xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo‘natilishi aks ettiriladi. Kredit


tomonida xaridor va buyurtmachilardan o‘zaro tuzilgan shartnomada
belgilangan to‘lovlar kelib tushganda aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo‘yicha alohida holda
yuritiladi.Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar hisobi.Byudjet tashkilotlari ish
beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va boshqa
sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari bilan hisoblashuvlarni amalga
oshiradi. Sug‘urta turlari bo‘yicha hisoblashuvlar qonunchilikda belgilangan
tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya
hisobida sug‘urta bo‘yicha
to‘lovlarga doir hisob-kitoblar, jumladan, ish beruvchining fuqorolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha hisoblashuvlar 154
“Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning
kredit tomonida tashkilotlar tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi
bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasi hamda sug‘urta majburiyatlari bilan
bog‘liq boshqa majburiyatlarni hisoblanishi, debet tomonidan esa,
hisoblangan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti
summalarini, shuningdek boshqa sug‘urta majburiyatlarining to‘lanishi
(bajarilishi), sug‘urta qoplamasi summasi aks ettiriladi.
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar hisobi buxgalteriya
hisobida alohida aks ettiriladi. Bu muomalalar asosan sud, prokuratura, ichki
ishlar organlarida sodir bo‘ladi. Ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki
surishtiruv jarayonida olingan mablag‘larni bunga misol qilib aytish
mumkin. Byudjet tashkilotlarida ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum
shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
buxgalteriya hisobida 155 “Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha
bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu
schyotning kredit tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan


summalar, debet tomonida bu summalarni qaytarilishi, hisobdan chiqarilishi
aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar
summalar analitik hisobi har bir oluvchi bo‘yicha 292-son shakldagi joriy
hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.

Yüklə 77,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə