Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi docx


Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 77,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix31.05.2023
ölçüsü77,46 Kb.
#114775
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar

2.2.Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va
chiqimlari uchun,
televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan
buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar,
shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pedagoglarga to‘lanadigan
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar bilan
hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar
bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit
tomonida 
kreditorlik 
majburiyatlar, 
debet 
tomonida 
kreditorlik


majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order)
jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va
hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar
hisobi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq byudjet
bilan, shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga
doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha va boshqa byudjetdan
tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Byudjet bilan
soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli
“Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha byudjet tashkilotini
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat byudjetiga undiriladigan
soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan
mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek
ularning hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi
belgilangan. Shuning uchun byudjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat
xodimlarni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i
ushlanmalari amalga oshriladi va byudjetga o‘tkazib beriladi. Lekin
buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks
ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda
belgilangan tartibda (xozirda ish haqiga nisbatan 25% miqdorida) hisoblanib
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish
haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya
hisobvarag‘i badallari (xozirda ish haqining 1% miqdorida). Halq banki
bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib boriladi. Bundan


tashqari xodimlarning ish haqiga nisbatan (xozirda 4.5% miqdorida) Pensiya
jamg‘armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi.
Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hodimlarning
ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi
xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar
bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat maqsadli
jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqalar) bilan
hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida
aks ettiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan
majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari,
raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya
yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga
tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son
shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan byudjet va byudjetdan
tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar
bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi
16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”
schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi:
160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”;
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”;
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari
bo‘yicha hisob-kitoblar”; 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
bilan hisob-kitoblar”;
169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”.
160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”


subschyotida byudjet bilan
quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va
boshqa to‘lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib
borilgan va byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari,
moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra byudjet
daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa byudjet bilan
hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan
soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi
joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida
mehnatga xaq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy
to‘lovlarning hisobi olib boriladi.
u schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga
nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida
hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasini o‘tkazib berilishi aks
ettiriladi.
161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot
bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari
buyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib
boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu
subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan
shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi, debet
tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya


hisobvaraqlariga majburiy badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida
holda yuritiladi.
163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”
subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari,
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi
xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy
sug‘urtasi va boshqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan
amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu
schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasiga 
hisoblangan 
badallar
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi
xajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasi shuningdek
Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni kelib
tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan
badallar va ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan
amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga
oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar
hisoblanganda
163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”
subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha
hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Byudjetdan tashqari
Pensiya 
jamg‘armasining 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlaridan 
tashkilot
hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga oluvchi
tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.


Analitik hisob byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga
oshiriladigan to‘lovlarni oluvchilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 169
“Boshqa 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalar 
bilan 
hisob-kitoblar”
subschyotida tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Ta’lim, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma, Respublika
yo‘l jamg‘armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan
qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu
schyotning kredit tomonida byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan
ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasini
o‘tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


Xulosa
Mamlakatlarning davlat tuzilishining turli tumanligi byudjet
tuzilmalarining turi va
modellari
turli 
bo’lishining 
bosh 
omili 
hisoblanadi.Masalan
tarihanshakllangan 
monarhiya tizimida byudjet 
yagona 
hazina
jamgarmasidan iborat bo’lgan,uning shakllanishi yoki ishlatilishi yakka
tartibda hal qilingan.Shu ma’noda byudjet tizimlarining rivojlanishi
davomida uch turdagi modellar mavjudligi aniqlangan.
Davlat tuzilishida Markaz va mintaqalarning tuzilishiga qarab
barcha 
davlatlarni 
unitary 
va 
federal 
turlariga 
tacniflasrdahi
mumkin.Unitar davlatlarda byudjet tizimi ikki bo’g’indan yani davlat
byudjeti va ko’p sonli mahalliy byudjetlardan iborat.Federal tuzilishga
ega bo’lgan mamlakatlardada davlat tuzilishi ikki shaklda bo’lishi
mumkin-federasiya va konfederasiya.Shunga mos ravishda davlatning
byudjet qonunchiligi uch pog’onadan iborat bo’ladi.Ayrim olimlar
mamlakatlarda 
ham 
uch 
pog’onali 
byudjetlar 
amal 
qilishini
ta’kidlashadi.
Unitar davlatlar tarkibiga O’zbekiston, Qozogiston, Yaponiya, Shedsiya,
Fransiya va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Yüklə 77,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə