C# dasturlash tilida massivlar bilan ishlash



Yüklə 171,84 Kb.
səhifə13/22
tarix29.11.2023
ölçüsü171,84 Kb.
#139157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
c dasturlash tilida fayllar bilan ishlash

Sinf tarkibi.
Common Type System da aniqlangan tiplar sinflarda qo’llab quvvatlanadi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi :
Maydon. Bu o’zgaruvchi o’zida bir necha qiymatni saqlaydi. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillarida bu o’zgaruvchilar obyekt ma’lumotlari deb ham yuritiladi. Maydonga bir necha modifikator qo’llash mumkin (uni qanday ishlatishingizdan qat’iy nazar). Bu modifikatorlarga readonly, static va const lar kiradi.
Metod(usul). Bu real (amaldagi) kod bo’lib, u obyekt ma’lumotlariga (maydonga ham) ta’sir ko’rsatadi. Hozir biz bu metod tushunchasi bilan obyekt ma’lumotlarini aniqlashga harakat qilamiz.
Xususiyat. Ba’zida xususiyatlarni aqlli maydon deb atashadi(smart fields). Chunki, xususiyatlar aslida metod, lekin ular sinf foydalanuvchilari uchun maydon bo’lib ko’rinadi.
O’zgarmaslar. Bu shunday o’zgaruvchi maydonki, uning qiymatini hech qachon o’zgartirib bo’lmaydi.
Indeksatorlar. Agar xususiyatlar aqlli maydonlar hisoblansa, unda indeksatorlar aqlli massivlardir. Chunki ular obyektlarni get va set metodaksessorlari bilan indeksatsiya qilishda qo’llaniladi.
Xodisalar. Xodisalar – Microsoft Windowsning ajralmas qismi bo’lib, sichqoncha qimirlashi, oynalar yopilishi, ochilishi va hokazolarda qo’llaniladi.
Main metodi.
C# da tuzilgan har qanday dasturning hech bo’lmaganda birta sinfida Main metodi bo’lshi shart va unga public yoki static modifikatorlari qo’yilgan bo’lishi kerak. Komplyator uchun Main metodining qaysi sinfda yozilganligi ahamiyatsiz, bu metod yozilgan sinf komplyatsiya tartibiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. C# tili shunday aqlliki, o’zi avtomatik tarzda Main metodini izlab topadi va u dastur natijasining ekranga chiqishini ta’minlaydi(dastur bajarilishini ham). Shunday qilib siz Main metodini istalgan sinfga joylashtirishingiz mumkin, lekin buning uchun alohida sinf yaratish tavsiya etiladi. Masalan:
class MyClass private in MyClassId;
{
class AppClass
{ static public void Main()
MyClass myObj =new MyClass( );} }

Yüklə 171,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə