C guruh talabasi valiyev zikirjon suzish va uni o qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja



Yüklə 22,83 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü22,83 Kb.
#130246
  1   2   3
SUZISH VA UNI O QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI.



21.23 C guruh talabasi VALIYEV ZIKIRJON

SUZISH VA UNI O QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI.


Reja:

  1. Suzish fani orqali yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash.

  2. Yosh avlodni jismoniy, axloqiy, ma’naviy va g’oyaviy tarbiyalashda suzish fanining o’rni.

  3. Suzish fanining ommaviyligi.

  4. Maktab o’quvchilarining har tomonlama jismoniy tayyorlashda suzish darsining ahamiyati.

Jumhuriyatimizda jamiyatning barcha sohalarini yangilash, rivojlantirish, ildamlantirish jarayoniga faol kirishilmoqda. Bu yo’lda jismoniy tarbiya va sport ilmiga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bejiz emaski, hukumatimizning qarorlarida, ya’ni jismoniy tarbiya va sport to’g’risida 1992 yil 14 yanvar, ta’lim to’g’risida 1992 yil 2 iyul’ va 1997 yil 29 avgust qonunlari, Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» jamg’armasini tashkil etish to’g’risidagi farmoni jismoniy tarbiya va sportni aholining keng qatlamlari o’rtasida yanada keng yoyish umumdavlat ishi, barcha xo’jalik va jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalarining burchi ekanligi ta’kidlandi. Kishilarda sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi yangidan-yangi aniq vazifalar belgilab berilgan. Hozirda, ayniqsa, bolalarning go’daklikdan boshlab, yalpisiga va mustaqil jismoniy mashg’ulotlarda keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog’lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo’lib o’sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Suzish bilan shug’ullanish jismoniy mashqlarning eng foydali turlaridan biri hisoblanadi. Shu erda hurmatli Prezidentimizning bir nechta o’gitlarini aytib o’tmasak bo’lmaydi. «Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart», «Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur», «Hech narsa mamlakatni sportchalik uning shon-shuhratini dunyoga tanita olmaydi» deganlar.

Yuqorida aytib o’tilganidan ma’lum bo’ladiki, har qanday suzish sportidagi suzish texnikasi ma’lum qoidaga asoslangan harakat va holatlar majmuasidan iborat ekan. Bu harakat va holatlar asosan beshta bo’lib ular:


  1. Gavda holati.


  2. Oyoqlar harakati.


  3. Qo’llar harakati.


  4. Nafas.

  5. Harakatlarning umumiy uyg’unlashuvidan iborat.

Har qanday sportdagi suzish usullaridan kelib chiqib butun suzish usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin.


1. Qo’l va oyoqlarning navbatma-navbat harakatlantirib suzish;
a) ko’krakda krol’ usulida suzish; b) chalqancha krol’ usulida suzish kiradi.
2. Qo’l va oyoqlarni bir vaqtda harakatlantirib suzish.
a) brass usulida suzish; b) batterflyay usulida suzish (buni del’fincha suzish ham deyiladi) kiradi. Yonboshlab suzish sportida o’z ahamiyatini yo’qotgan.
U ba’zi o’yinlarda va maxsus talab qo’yilgan paytlarda qo’llaniladi xolos.
Endi bularga alohida to’xtalib o’tamiz. Ko’krakda krol’ usuliga suzish tarixi.
Haqiqiy sportcha suzish taxminan XIX asr oxirlaridan boshlab yuzaga kelgan. Ungacha suzish uzoq tarixni bosib o’tgan bo’lsa ham xalqaro musobaqa shartlari asosida, muayyan usullarda sportcha suzish shunga to’g’ri keladi. U paytlarda teredjent usuli (qisqa masofa) va brass usuli (uzoq masofada ommalashgan bo’lib) qo’llanilardi.
Teredjent usulida suzuvchi qo’llari bilan navbatma-navbat harakatlar qilgan – xuddi krol’ usulidek. Ammo oyoqlari bilan qaychisimon harakatlar qilgan. Nafas olish ixtiyoriy bo’lgan. Ammo asrimizning boshlaridan boshlab o’sha zamonlarda keng tarqalgan bu usul o’rnini ko’krakda krol’ usulida suzish egallay boshladi.
1904 yilgi Sent-Luis (AQSh) dagi 3 Olimpiyada. Z.Xolmant (Vengriya) 50 va 100 yard masofalarga suzib oltin medalni qo’lga kiritgan. Shundan keyin bu usul yanada ommalasha bordi. Bir-biriga o’xshash har xil ko’rinishlar paydo bo’ldi. Masalan, keyingi olimpiyada o’yinida avstraliyalik suzuvchilar ko’krakda krol’ usulida suzishning yangi turi bilan qatnashdilar va ko’pchilik sportchilar diqqatini o’ziga tortdilar.
Chunonchi, ular suvda boshlarini baland tutgan holda qo’llarini tirsakdan bukib qisqa-qisqa eshish harakatlarini bajarar, oyoqlarini tizzadan bukib, panjalarai suvga qattiq depsinib olg’a siljir edilar. Chap oyoq bilan depsinganda chap qo’l havoga chiqar edi. Bu harakatlarni ular musobaqani oxiriga qadar buzmaganlar. Avstraliyalik sportchilar varianti sportchilarga, trenerlarga va tomoshabinlarga juda ma’qul tushdi. Butun Evropa va Amerika mamlakatlarining sportchilari orasida «Avstraliyaliklar varianti» degan nom mashhur bo’lib ketgan. Ammo ko’krakda krol’ usulda suzish hali o’z takomiliga etmagan edi, izlanish davom etaverdi. Nihoyat takomiliga etmagan edi, izlanish davom etaveradi. Nihoyat 1992 yil Stofyumingi variantga asos solindi. Uning asoschilari Gavayalik Dik Kaxanamoku bilan Amerikalik Jo Veysmyuller bo’ldilar. Shundan keyin «Amerikaliklar varianti» degan yangi, ko’p jihatdan hozirgi krol’ usulida suzish varianti paydo bo’ldi.
Shunday qilib krol’ suzishning zamonaviy usuliga aylandi. Bu eng tezkor usul bo’lib odatda suzuvchining gavdasi gorizontal holatga eng yaqin keltiriladi. Qo’llar navbati bilan bosh tepasida suvdan chiqarib oldinga tashlanadi va eshiladi, yuz peshonaga qadar suvga botib turadi, nafasni yonga qaragan paytda olinadi va suvga cho’kadilar. Bunda sportchining oldga siljitib boruvchi kuchi asosan qo’lda bo’ladi, qo’llar harakatini batafsilroq tasvirlaydigan bo’lsak, bu quyidagich bo’ladi: O’ng qo’l, o’ng elka ro’parasidan suvga botiriladi va shu paytda tirsakdan xiyol bukiladi, oldin barmoq yozib (kerib emas). Panjani keyin bilak va nihoyat elka suvga botiriladi. Suv tagida qo’l oldinga utkaziladi va pastga qarab eshilish, yarmisiga kelganda esa qo’l harakatini tezlashtirish kerak. Qo’l bilan suvni oldinga tortayotganda, harakatning yarmisiga kelganda qo’l tirsakdan bukilishi va biqin yonidan to songacha suvni zo’r berib tortish davom ettirdilar.
Eshish harakatlarini bajarayotganda barmoqlar birlashtirilib suvni iloji boricha ko’proq olish uchun yuzada hovuz hosil qilinadi. Shunday qilinganda suv qo’llar uchun tayanch vositasini o’taydi. Va odam gavdasini tezroq ilgariga suradi.
Shuni unutmaslik kerakki, suvdan birinchi bo’lib tirsak, oxirida panja chiqadi.
Panja tos yonidan sal pastroqdan son yonidan chiqib kelishi kerak, keyin tirsakdan qo’lni erkingina bukib oldinga quloch tashlanadi. Xuddi shu paytda qo’lni erkin tutish kerakkki bu mushaklar picha dam olishga ulgursin. Qo’l suvga kirgach xuddi suvni hovuch bilan tutganda panjani pastga qaratib suvni tortish-eshish lozim.
Eshayotgan qo’l vertikal holatga keltirilganda ikkinchi qo’lni suvga botirib ulgurishi uchun tezroq quloch otish kerak.
Shunda ikala qo’l navbati bilan suvni eshib boradi va sportchi oldinga qarab ildam harakat qiladi.
Sportchining yuzi bu usulda hamisha suv ichida bo’ladi. Nafas faqat boshni yonga burganda olinadi va nafasni og’iz burun orqali suvda, oxirini esa yonga havoga chiqariladi. Shuni unutmangki, nafas olishni bosh qayoqqa burilgan bo’lsa shu tomonga qo’l tirsagi vertikal holatga kelgan vaqtda to’g’rilash kerak. Shunda qo’l vertikal holatdan o’tishi bilan suzuvchi boshini buradi. Krol’ usulida suzilganda odatda qo’l bilan 2 marta eshish, oyoqni esa 6 marta harakatlantirish kerak. Mana shuni bir tsikl deyiladi. Har bir tsiklga bir marta nafas olib chiqariladi. Nafas chiqarilishi, nafas olishga qaraganda cho’zilishi, nafas olish bilan nafas chiqarish o’rtasida uzulish bo’lmasligi kerak.



Yüklə 22,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə