C guruh talabasi valiyev zikirjon suzish va uni o qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish



Yüklə 22,83 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü22,83 Kb.
#130246
1   2   3
SUZISH VA UNI O QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI.

Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish
Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish asosiy o‘rinlardan birini yegallaydi. Boshqa jismoniy mashqlar qatori suzish buyicha sinov topshirish uchun aniq belgilangan masofaga, malum vaqtda yoki uzaytirilgan masofani vaqtga qaramay suzib o‘tish kerak. Norma topshiruvchilarning jinsiga va yoshiga qarab belgilangan masofa bosqichma-bosqich oshib boradi.
Suzuvchilar-suv osti suzuvchilari, suv to‘pi o‘yinchilari va suvga sakrovchilarni malaka va mahoratlariga qarab xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzod, I, II, III razryadli sportchilarga bo‘lish mumkin.
Sportchilar mahorati quyidagicha aniqlanadi; malum masofani suzib o‘tishda ko‘rsatgan natijasiga; suv osti sportida muayyan normativlarni bajarish va musobaqada qo‘lga kiritgan ochkolarining umumiy miqdoriga; suv to‘pi bo‘yicha jamoani tarkibining yil davomidagi rasmiy uchrashuvlarda g‘oliblik yoki durang natijalari ochkolarining soniga; suvga sakrashda musobaqa dastursini bajarish bo‘yicha chiqarilgan ballar yig‘indisiga ko‘ra.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida suzish majburiy fan hisoblanadi. Boshqa oliy o‘quv yurtlarida suzish va suvga sakrash sportni mukammallashtirish maqsadida fakultativ kurs sifatida kiritilgan. Mamlakatimizning bir qator maktablarida (sharoitiga qarab) jismoniy tarbiya darslarida suzish o‘qitiladi, suzish mashg‘ulotlari yozgi p lagerlarida o‘tkaziladi. Bu ishlarning hammasi davlat dasturiga muvofiq, tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
Har tomonlama rivojlangan va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash maqsadida suzish, suv to‘pi va suvga sakrash bo‘yicha bolalar va yoshlar sport maktablari ochilgan. Kasb xunar kollejlarda, jismoniy tarbiya institutlari va murabbiylar maktablarida shu sport turi bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchi kadrlar tayyorlanadi.
Sport turlar buyicha federasiyasi tomonidan uyushtirilgan uslubiy seminarlarda, malaka oshirish fakultetlarida oshirib boradilar. Suzish, suv to‘pi va suvga sakrashdan ilmiy-pedagogik kadrlar ilmiy-tekshirish institutlari aspiranturalarida va jismoniy tarbiya institutlarida tayyorlanadi. Ayrim o‘qituvchi va murabbiylar ilmiy-tekshirish va uslubiy ishlarni mustaqil bajarishadi. Muntazam chiqarilayotgan maxsus adabiyotlar (darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar, musobaqa qoidalari va hokazolar) suzish, suv to‘pi va suvga sakrashni o‘rgatishda, nazariy saviyani oshirish va dars berish uslubiyasini yaxshilashda ko‘mak beradi. Suzish texnikasi deganda, harakatlarni mutanosib ravishda nampyon qilish tushuniladi. Bu esa ma'lum harakat qoidalariga rioya qilgan holda boladi. Aks holda oddiy suvda cho'miluvchilar suzishidan farqi qolmay qoladi. Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat Usullari va shu harakatlarning o'zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi. Shunda sportchi o'zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori darajada safarbar qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda «bir qolipga tushib suzish» tabiatini egallashi bora-bora uning individual suzish texnikasiga aylanib boradi. Endi u o'zining butun harakat va funksional imkoniyatlarini o'z texnikasi asosida ro'yobga chiqaradigan bo'ladi. Bu, odaftda, individual texnika deyiladi. Individual texnika doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik takomillashsa, u shunchalik yengil ko'chadigan bo'lib boradi va yangidan-yangi turlar ustida mashq qilish imkoniyati tug'iladi. Suzish texnikasi qanshalik tez takomillashtirib borilsa yuqorida aytib o’tganimizdek sportchining yoshi bo’yi gavda qisamlari rivojlanadi o’zaro nisbati vazni oyoq va shu suzuvchining xos shaxsiy qobiliyati shakllanadi. Sportchining jismoniy chiniqqanligi, kuchli va qayishqoqligining roli o’z-o’zidan ayon.
Bularni bilganimiz ham, ular xususida qisqacha eslatib o’tishini lozim topdik, demak gidrosatika suzuvchi tanasining suvdagi muvozanatni ifodala, gidrodinamika tushunchalarini anglab o’tgansiz.Shunday bo’lsa ham ular xususuda eslatib o’tishni lozim topdik. Gidrodinamikadan dinamik suzish kelib chiqqanidek gidrostatikadan static suzish kelib chiqadi.
Buni quyidagicha izohlash mumkin. Masalan, odam gavdasi hech bir harakatlanmay ham ma’lum vaqt mobaynida suvda qalqib tura oladi, suvda cho’milganlarning barchasi buni yaxshi biladi. Xuddi mana shu ma’lum vaqt davomida odam gavdasining suv betide yoxud uning biror qatlamida muallaq turish holati yuqorida tilga olgan static suzish bo’ladi. Keyinroqda bular haqida alohida to’xtab o’tamiz. Suzsih sportida suvning fizik xossalari deganda odatda uning qovushqoqligi, zichligi, suvning siqiqligi va solishtirma og’irligi tushuniladi. Suvning qovushqoqligi odatda shu suvning kimyoviy xossasiga ham, holatiga ham bir qadar bog’liqdir. Suv harorati qancha past bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha yuqori bo’ladi.Masalan, suv harorati harorati 300 bo'lganda, uning qovushqoqligi 20% kamayishi bizga ma'lum. Suvning zichligi deb hajmi birligidagi massasiga aytiladi. Bu bizga fizikadan ma'lum. Masalan, 1 kg suvning massasi hamisha hamma suvda bir xil emas. Suv qancha sho'r, harorati qancha yuqori bo'lsa, uning massasi shuncha kam bo'ladi, demak, zichligi kam degan so'z. Chunonchi haroratda 40 li chuchuk suvning zichligi kubometr bilan ulchaganimizda 1000 kgG'm3 ga teng. Sho'r dengiz suviniki esa 1010-1030 kgG'm3.
Suvning siqiqligi odatda, suvning zarrachalari va qatlamchilarining bosimidan kelib chiqadi. Shu bosim qancha ko'p bo'lsa, suvning siqiqligi hajmi shuncha kam bo'ladi. O'z navbatida, suvning siqiqligidan gidrostatik bosim kuchi kelib chiqadi. Har qanday suv, hatto tinch holatda turganda ham, unda og'irlik kuchi bo'ladi. Bu kuch, bir tomondan, suyuqlikning o'z vaznida paydo bo'lsa, ikkinchi tomondan, atmosferaning unga ko'rsatayotgan ta'siridan yuzaga keladi. Binobarin, gidrostatik bosim kuchi suvga tushgan odamning hamma yeriga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Adabiyotlar






  1. Sobirova O. Bolalar suzishni o’rganing. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1987.


  2. Firsov Z.T. Plavat’ ran’she chem xodit’. 2.izd. Fizkul’tura i sport. – Moskva: 1980.


  3. Sobirova O. Suzish san’atini o’rgan. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1989.


  4. Sobirova O. Suzish. – Toshkent: «Ibn Sino» nashriyoti, 1993.


  5. Tangirov Y., Levitskiy A.N. Suzish. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1986.


  6. www.ziyonet.uz


http://fayllar.org
Yüklə 22,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə