Central asian journal of education and innovation



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141885
1   2   3
CAJEI0346

 
Page 27 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 3, Part 2 March 2023 
www.in-academy.uz 
axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi. 
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki 
oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va 
malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining 
dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona 
uchun ham qarz ham farzdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son 
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX 
sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi. 
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari 
MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada 
ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya 
jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat 
turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT 
rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan 
oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi. 
Bola tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, uni 
atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib 
qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish 
masalan, yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar 
yasash, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. 
Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov 
shartlarini umumiy ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilish va ma’qullab olish kerak. Faol 
ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham 
maslahatlariga quloq tutmoq lozim. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun 
bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning 
natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning 
xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib 
borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha ta’limga 
jalb etish maqsadida turli xil to‘garaklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, 
guruhiy va umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga 
sazovor holatlardir. 
“Bolani qanday sevish kerak?”, “Bola hayotida kitob”, “Bugun biz nima bilan 
shug‘ullandik”, “Ota-onalar burchagi”, “Maslahat va tavsiyalar”, Ko‘chma papkalar va 
boshqalar”. Bundan tashqari ruhshunoslar tomonidan tashkil etilgan testlarga murojaat etish 
ham foydadan holi emas. Masalan, “Biz qanday ota-onamiz?” (Test) “Farzandimizning 
nihoyatda qiziquvchanligi” (Test). 
Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davri hisoblanadi. Mazkur davr 
bilan bolaning rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bolaning oldingilardan farq qiladigan 
faoliyat shakllarini o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarning 
boshqa uslubini o‘rnatish, fiziologik jihatdan o‘zgarishi ham talab etiladi. 
Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak degan 



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə