Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


 Chakana savdoda tovar muomalalari hisobining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 
1.2. Chakana savdoda tovar muomalalari hisobining maqsadi va vazifalari 
hamda me’yoriy – huquqiy asoslari 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida chakana savdoning savdo 
ob’ektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, gipermarket, supermarket, savdo 
markazi, savdo kompleksi, universam, univermag, minimarket, oziq-ovqatlar 
do’koni, ixtisoslashtirilgan do’konlar, palatkalar, lotoklar, avtodo’konlar, 
pavilonlar, kioskalar, laryoklar
tovarlar ishlab chiqarish korxonalaridan 
iste’molchilarga ya’ni xaridorlarga yetkazib berish savdo korxonalari orqali 


12
 
amalga oshiriladi. Bunda savdo korxonalarida tovarlar hisobini to’g’ri tashkil etish 
sotish xarajatlarini o’z vaqtida hisobga olishda buxgalteriya hisobining o’rni katta 
ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobini hisob ta’moyillari asosida yuritish uchun 
buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi 1-jadvalda keltirilgan vazifalarni yuklaydi.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish, eng avvalo tovar 
aylanmasi rejasi va umumiy ovqatlanish korxonalari xo’jalik-moliya faoliyatlarini 
baholashning asosiy mezoni sifatida, bajarilishini nazorat qilish uchun zarur 
axborot bilan ta’minlanishi kerak. Xo’jalik muomalalarini buxgalteriyada hisobga 
olish o’z vaqtida aks ettirilishi ularni qayd etishning o’zi bilan cheklanmaydi, hisob 
ma’lumotlaridan ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalarda 
tovarlarni o’z vaqtida nazorat qilish, ularni turib qolmasligi uchun o’z vaqtida 
ta`sir ko’rsatish imkoniyatini beradi. Shuning uchun xo`jalik yuritishga aloqador 
xar bir vaziyatda o’z vaqtida qarorlar qabul qilinishi uchun buxgalteriyada hisobga 
olish jadalligining oshirilishini taminlash muhimdir. Buxgalteriya hisobi 
zimmasiga tovarlarni umumiy hajmi bo’yicha ham assortimenti va guruhlari 
bo’yicha yetkazilib borishi hamda realizatsiya qilish rejasini bajarilishi ustidan 
nazorat qilish yuklanadi. 
Savdoda o’zluksizlikni ta’minlash maqsadlarida buxgalteriyada hisobga 
olish tovar zahirasining holati, ularning o’z vaqtida to’ldirib borilishi, tovar 
oborotining jadallashishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi. Savdo 
korxonasi mulkini saqlanishi ustidan nazorat qilish ham buxgalteriyada hisobga 
olishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Tovar moddiy boyliklarni saqlanishi vaqt kamomad, talon-tarojlik hodisalarni 
kamaytirishnigina emas, balki tovarlarni tashish, saqlash va sotishdagi 
yo’qotishlarni kamaytirishni ham nazarda tutadi. Mulkni saqlanishi, mablag’lardan 
oqilona va tejamli foydalanish hisobga olishning korxona mulkiga befarq 
munosabatda bo’lish, is`temol qilish, o’g’irlash hollarini o’z vaqtida aniqlabgina 
emas, balki oldini oladigan sistemasini talab qiladi. Tovar moddiy boyliklarni 
su’iste’mol qilinishini oldini olinishi buxgalteriyada hisobga olishni tashkil etish 


13

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə