Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

Tovarlarni savdo-sotig’ini amalga oshirish va unda qo’llaniladigan hisob-
kitoblarning shakliga ko’ra
savdo ulgurji, mayda ulgurji va chakana savdo 
turlariga bo’linadi. 
Chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat 
maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko’p 
bo’lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga 
oshirish. Ushbu savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. 
2
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi
 
majlisidagi ma’ruzasi.
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-
2017 


8
 
Xorijiy adabiyotlarda «chakana» atamasi, odatda, xizmat ko'rsatuvchi 
provayder ko'p sonli ulgurji, korporativ yoki davlat mijozlarining buyurtmalarini 
emas, balki oxirgi foydalanuvchilari bo'lgan ko'p sonli kichik buyurtmalarni 
to'ldirganda qo'llaniladi.
3
Savdo ob’ekti — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning 
o’lchamidan va hokazolardan qat’i nazar, tovarlar va xizmatlarni sotishga 
mo’ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot. 
Chakana savdoning savdo ob’ektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, 
gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam, 
univermag, minimarket, oziq-ovqatlar do’koni, ixtisoslashtirilgan do’konlar, 
palatkalar, lotoklar, avtodo’konlar, pavilonlar, kioskalar, laryoklar. 
Yurituvchi shaxslarning statusiga ko’ra 
savdo faoliyati jismoniy shaxslar va 
yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga bo’linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda
yuridik shaxs maqomisiz mahalliy hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan va savdo 
faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga 
oshiriladigan savdo tushuniladi. Yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo 
faoliyati deganda yuridik shaxs sifatida mahalliy hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan 
va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan korxonalar tomonidan amalga 
oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday korxonalar savdo faoliyatini o’zlarining 
savdo do’konlari, shahobchalari, bazalari, omborlari yoki buyum bozorlarida 
ajratilgan savdo tarmoqlari orqali amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar savdoning 
barcha turlarini olib boradilar. 
Yurituvchilarning mulkiy shakliga ko’ra 
savdo
 
davlat, nodavlat va aralash 
mulkdagi korxonalar tomonidan olib boriladigan savdoga bo’linadi. Savdo 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi davlat korxonalari bo’lib respublikamizda hozirgi 
davrda ixtisoslashgan «Mudofaa savdo» tizimi tasarrufidagi korxonalar 
hisoblanadi.
3
Times New Roman. 
www.sciencedirect.com

Cartwright, M., "Trade in the Phoenician 


World," 
Ancient History Encyclopedia,
1 April 2016


9
 
Savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi nodavlat va aralash mulkdagi 
korxonalar bo’lib respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa maqomdagi 
xususiy korxonalar hisoblanadi.
 
Tovarlarning guruhlariga ko’ra 
savdo oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari 
savdosiga, guruhlar ichida esa alohida quyi guruh tovarlari savdosiga, masalan, 
non va non mahsulotlari savdosi, qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi, alkogol va 
alkogolsiz ichimliklar savdosi, xo’jalik mollari savdosi, qurilish materiallari 
savdosi, avtomobillar savdosi, avtomobillar yoqilg’isi savdosi, aralash mollar 
savdosi, dori-darmonlar savdosi, tibbiy texnika va optika tovarlari savdosi, tillo 
buyumlar savdosi va shu kabi boshqa turlarga bo’linadi.
Savdo faoliyatining barcha turlari, ularni amalga oshirish shartlari va tartibi 
respublikamizda davlat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bilan qat’iy 
tartibga solinadi
4
. Respublikamizda chakana savdo litsenziyalashtiriladigan, 
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish esa litsenziyalashtirilmaydigan faoliyat 
turiga kiradi. Alohida olingan tovarlarning, masalan, alkogoli ichimliklarning 
sotilishi mahsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Savdo faoliyatining turlariga va davlat statistika organlari beradigan tarmoq 
(faoliyat) kodiga ko’ra savdo korxonalari quyidagilarga bo’linadi:

Ulgurji savdo (71100) 

Chakana savdo (71200) 

Umumiy ovqatlanish (71300). 
Ulgurji va chakana savdo korxonalariga, o’z navbatida, mulkiy shakli, 
sotadigan tovarlarining turlari bo’yicha mahsus ichki savdo tarmog’i kodlari 
beriladi.
«SHAXRABONU MADINA SAVDO» MCHJ davlat statistika organlari 
tomonidan berilgan tarmoq (faoliyat) kodi- 71280,
korxona asosan chakana savdo, 
paynet, kampyuter o’yinlari va asosiy vositalarni ijaraga berish bilan shug’ullanadi. 
4
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida chakana 
savdo qoidalarini hamda O’zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini
 
(xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qarori № 75. 


10
 
Korxonada yillik o’rtachi xodimlar soni 11 kishidan iborat. «SHAXRABONU 
MADINA SAVDO» MCHJning ustav kapitali 147 207.2 ming so’mni tashkil 
etadi.
Xodimlarining soniga ko’ra savdo korxonalarini yirik korxonalar, kichik 
korxonalar va mikrofirmalarga ajratish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-4609 
son
5
va uni bajarishga doir Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003 yil 11 oktyabrda 
qabul qilingan «Kichik tabdirkorlik (biznes) sub’ektlariga kiradigan korxona va 
korxonalarni klassifikatsiyasini tasdiqlash to’g’risida» 439-son Qaroriga muvofiq 
savdo va umumiy ovqatlanishda: 
mikrofirmalar - bu band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi 
bilan 5 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar; 
kichik korxonalar - bu band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi 
bilan 6 kishidan 25 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar; 
Savdo faoliyatini yurituvchi sub’ektlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish 
ularning mulkiy va tashkiliy shakliga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartiblari tizimini tubdan takomillashtirish 
to’g’risida»gi 357- son Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik
sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi 
hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom»ga muvofiq savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari quyidagi davlat organlari tomonidan ro’yxatga olinadi: 

Toshkent shahrida tashkil etiladigan ulgurji va chakana bozorlar, xorijiy 
investitsiya ishtirokidagi savdo korxonalari, shuningdek qonun hujjatlarida ko’zda 
tutilgan hollarda boshqa savdo korxonalari – O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan; 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tegishli ravishda 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan bozorlar, ochiq 
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O’zbekiston Respublikasida 
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida» gi PF –4609-son Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida. 


11
 
aksiyadorlik jamiyatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa 
korxonalar - Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya 
boshqarmalari tomonidan; 

Ma’suliyati cheklangan jamiyat, xususiy firma (korxona), xo’jalik 
jamiyati, sho’’ba xo’jalik jamiyati va boshqa shakllardagi savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari – ular joylashgan joydagi tuman va shahar hokimliklari 
huzuridagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari» 
tomonidan. 
Savdo korxonalarining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beruvchi 
mezonlardan biri bo’lib belgilangan ustav fondini o’z vaqtida (davlat ro’yxatidan 
o’tgan kundan boshlab bir yil muddatda) shakllantirish hisoblanadi. Ustav 
fondining chegeralangan miqdori faqat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarga, shuningdek, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarga 
taalluqlidir. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanuvchi mahalliy 
yuridik shaxslar uchun ustav fondining chegeralangan miqdori davlat tomonidan 
belgilanmagan. Faqat qonun hujjatlariga muvofiq ularning muassasalari korxonani 
davlat ro’yxatidan o’tkazishgacha ta’sis hujjatlarida belgilangan xissalarining 30 
foizidagi miqdorini pul mablag’lari bilan oldindan kirishlari va bu bank hujjatlari 
bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar tadbirkorlik sub’ekti ustav fondi yoki uning 
bir qismi mulkiy ulush (ko’chmas mulk, asbob-uskunalar va boshqalar) yoki 
intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab 
qilinmaydi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə