Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

1-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tizimi
8

Savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining yuqorida tavsiflangan 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tovar-moddiy boyliklar hisobini o’zliksiz 
tizimini qo’llash zaruriyati va shart-sharoitlari mavjud. Ushbu tizimning mohiyati 
shundaki tovar-moddiy boyliklarning barcha kirim va chiqimining hisobi aniq
boshlang’ich hujjatlar asosida yuritiladi. Jumladan, tovarlarni sotilishi xaridorlar 
7
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari” Toshkent – «NORMA» 
2011 
8
Muallif ishlanmasidan 
4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»iga, muvofiq tovar-moddiy 
zaxiralarini hisobga olish tizimi
 
Tovar-moddiy 
zaxiralarning 
uzluksiz hisobga olish tizimidan 
foydalanilganda 
tovar-moddiy 
zaxiralarni 
hisobga 
olish 
schyotlarida ularning kelib tushishi 
va 
chiqib 
ketishi 
bo’yicha 
operatsiyalar batafsil aks ettirib 
boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni 
uzluksiz hisobga olish tizimida 
butun hisobot davri mobaynida 
tovar-moddiy zaxiralarning qoldig’i 
summalari 
va 
sotilgan 
(chiqib 
ketgan) 
zaxiralarning 
tannarxi 
to’g’risidagi ma’lumotlar olinishi 
mumkin. 
Sotilgan tovar-moddiy 
zaxiralarning tannarxi, sotishning 
borishiga qarab sotilgan mahsulot 
(tovarlar, 
ishlar, 
xizmatlar) 
tannarxini 
hisobga 
olish 
schyotlarida aks ettiriladi.
Davriy hisobga olish tizimi 
qo’llanilganida hisobot davri 
mobaynida 
tovar-moddiy 
zaxiralarni 
hisobga 
olish 
schyotlarida 
ularning 
kelib 
tushishi va chiqib ketishining 
batafsil 
hisobi 
yuritilmaydi. 
Tovar-moddiy 
zaxiralarning 
haqiqatdagi 
mavjudligi 
ularni 
inventarlash natijalari bo’yicha 
aniqlanadi. 
Sotilgan 
(chiqib 
ketgan) 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
tannarxi 
ularni 
inventarlash yakunlanishiga qadar 
aniqlanishi 
mumkin 
emas. 
Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-
moddiy zaxiralarning tannarxi 
davr boshidagi qoldiq summasi va 
davr 
mobaynida 
tushumlarni 
qo’shish hamda davr oxiridagi 
qoldiq summasini ayirish yo’li 
bilan aniqlanadi.


16
 
bilan tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan baholarda ularni sotilganligiga guvohlik 
beruvchi schyot-fakturalar asosida hisobga olib boriladi

Sotilgan tovarlarning tannarxi ularning kirim hujjatlarida ko’rsatilgan 
baholari bo’yicha aniq hujjatlar asosida topiladi va hisobga olinadi. Bu, o’z 
navbatida, sotishdan olingan daromadlarni har bir tovar bo’yicha hujjatli asosda 
topish imkonini beradi. 
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir tovarning 
sotilishini qat’iy hujjatlashtirish imkonining mavjud bo’lmasligi ularda Tovar 
moddiy boyliklar hisobining davriy tizimini qo’llashni taqozo etadi. 
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo’lib 
tovar-moddiy boyliklarning holati va harakati bo’yicha sintetik va analitik hisobni 
yuritish hisoblanadi. 21-son BHMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy 
xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
Yo’riqnoma» ga muvofiq tovarlarning sintetik hisobini barcha savdo 
korxonalarida quyidagi schyotlarda olib borish nazarda tutilgan. 
2910-«Ombordagi tovarlar». Ombordagi tovarlarning qoldig’i va ko’payishi 
debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo 
korxonalarida hisob bahosi bo’lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi (tayyorlov-
transport va boshqa sotib olishga doir xarajatlar bilan birgalikdagi) hisoblanadi. 
2920-«Chakana savdodagi tovarlar». Chakana savdo shohobchalari (savdo 
do’kon, palatka, laryok, kioska va boshqalar)dagi tovarlarning qoldig’i va 
ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji 
savdo korxonalarining chakana savdo shohobchalarida hisob bahosi bo’lib sotish 
bahosi, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikdagi hisoblangan chakana baho 
hisoblanadi. 
2930-«Ko’rgazmadagi tovarlar». Ko’rgazma zallariga qo’yilgan tovarlarning 
qoldig’i va ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks 
ettiriladi. 


17
 
2940-«Vaqtincha foydalanishga (prokatga)berilgan tovarlar». Vaqtincha 
foydalanishga (prokatga) berilgan tovarlarning qoldig’i va ko’payishi debetida, 
kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. 
2950-«Tovar ostidagi va qaytariladigan idishlar». Tovar ostidagi va 
qaytariladigan taralarning qoldig’i va ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida 
hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida hisob bahosi bo’lib 
tannarx, ya’ni sotib olish bahosi yoki o’rtacha hisob bahosi hisoblanadi. 
2960-«Komissiya (vositachilik) orqali sotishga berilgan tovarlar». 
Shartnomalar asosida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya 
shartnomalari asosida berilgan tovarlarning qoldig’i va ko’payishi debetida, 
kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. 
2970-«Yo’ldagi tovarlar». Guvohlik beruvchi boshlang’ich hujjatlari asosida 
hisobga kiritilgan lekinda oy oxirida yo’lda bo’lganligi uchun omborlarga kirim 
qilinmagan tovarlarning qoldig’i va ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida 
hisob bahosida aks ettiriladi. 
2980-«Savdo ustamasi». Hisob bahosining tarkibiy elementi bo’lib, chakana 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi tovarlarning sotib olish baholari 
ustiga qo’yilgan savdo ustamalarini qoldig’i va ko’payishi kreditida, kamayishi esa 
debetida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida faqat chakana savdo 
shohobchalaridagi tovarlar bo’yicha qo’llaniladi. 
2990-«Boshqa tovarlar». Yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmayin qolingan 
tovarlarning qoldig’i va ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob 
bahosida aks ettiriladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə