Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

Tadqiqot predmeti 
bo’lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditini tashkil qilish va 
o’tkazish tartibini takomillashtirish masalalari hisoblanadi. 
Tadqiqot 
ob’ekti

«Nazorat-audit» auditorlik tashkiloti tomonidan 
tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobot ma’lumotlari 
hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
Bitiruv malakaviy 
ishining maqsadi chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditini tadqiq 
qilish va uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar o’rtaga qo’yildi va belgilab 
olindi: 
-
savdo faoliyatini tashkil etishning mohiyati, ahamiyati va uning turlariga 
oydinlik kiritish; 
-
chakana savdoda tovar muomalalari hisobining maqsadi va vazifalari 
hamda me’yoriy – huquqiy asoslarini ifodalash; 
-
chakana savdoda tovar muomalalari auditining zaruriyatini asoslab berish; 
-
chakana savdo korxonalarida tovarlarni sotib olish qiymati va sotish 
bahosini aniqlash tartibini asoslash; 
1
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi
 
majlisidagi ma’ruzasi.
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-
2017 


5
 
-
chakana savdoda tovarlar invetarizatsiyasi o’tkazish va uning hisobining 
xususiyatlariga baho berish; 
-
chakana savdoda tovar muomalalari auditini natijalarini umumlashtirish 
tartibi bo’yicha taklif va tavsiyalar berish. 
Mavzuning 
nazariy-amaliy 
ahamiyati: 
Chakana 
savdoda 
tovar 
muomalalarining hisobi tashkil etish va auditini o’tkazish bo’yicha tavsiyalarni 
ishlab chiqishda qo’llash mumkinligi bilan belgilanadi. Keltirilgan takliflar va 
tavsiyalar respublikamiz chakana savdoda tovar muomalalarining hisobini tashkil 
etish, yuritish hamda ularning auditi samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Ishdagi ayrim takliflar va amaliy tavsiyalar chakana savdoda tovar 
muomalalarining hisobi tashkil etish hamda auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilish 
va o’tkazishda hamda oliy o’quv yurtlarida qo’llanma sifatida foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə