Chala xordalilar tipi



Yüklə 8,35 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü8,35 Kb.
#134317
1   2   3   4
“Chala xordalilar tipi-Hemichordata. Ichak bilan nafas oluvchila-fayllar.org

Qon aylanish sistemasi.

Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan. Qon tomirlarda harakatlanadi.Balonogloss qoni rangsiz, gemoglabin mavjud emas. Bir nechta yirik qon tomirlari bor. Qon aylanish sistemasi ochiq.Ventral(qorin) va Dorzal(orqa) qon tomirlari mavjud.Dorzal qon tomiri yoqacha orqali xartumga o’tadi va qon lakunini hosil qiladi.Bu yerda modda almashinuvi mahsulotlari to’planib xartum sellomiga, undan tashqi muhit orqali tashqariga chiqariladi.Dorzal qon tomiri orqali qon oldinga harakatlanadi va qisman jabralarga o’tadigan juft tomirlarga quyiladi.Jabra yoriqlari devorida qon tomirlar lakunar to’rni hosil qiladi va oksidlangan qon qorindagi ichak tomirlariga quyiladi. Qonning asosiy qismi esa xalqum lakuniga keladi va ikkita xalqumoldi qon tomirlaridan o’tib ventral qon tomiriga quyiladi.Ventral tomirlar orqali qon tananing orqa qismiga harakatlanadi va qorindagi ichak yonidagi tomirlar orqali dorzal qon tomirga quyiladi.Qonning qon tomirlari bo’ylab harakatlanishini xartum bilan qon lakuni oralig’ida joylashgan muskulli pufakning ritmik qisqarishi ta’minlaydi. Muskullar qisqarganda pufakcha torayadi, sinus bo’shlig’I kengayib qon bilan to’ladi. Muskullar bo’shashganda esa pufakcha kengayadi, sinuslardagi qon bosim bilan halqumoldi halqa tomirlariga haydab chiqariladi.

Ayirish sistemasi

Selomda joylashgan buyraklardandan iborat. Tuban vakillarida ayirish organi 2 juft kiprikli naychadan iborat.Naylar halqum va yoqacha selomlarida boshlanadi.Xartumdagi naylar xartumning orqa tomoniga, yoqachadagi naylar esa Jabra yoriqlariga ochiladi.

Nerv tizimi

Orqa va qorin tomonda joylashgan asosiy nerv stvollaridan iborat. Qorin nerv stvoli kuchsiz rivojlangan.Orqa nerv stvoli nisbatan kuchli rivojlangan bo’lib, umurtqali hayvonlarning orqa miyyasi bilan qiyoslash mumkin. Orqa nerv stvoli xartumchaga kirib boradi va nevrozel tugunini hosil qiladi.Bunday markaziy nerv sistemasi bilan bir qatorda terida juda ko’p nerv hujayralari ham mavjud.Ammo sezgi organlari rivojlanmagan.Terisida yorug’likka va mexanik ta’sirga ega sezgir hujayralari bor.


Yüklə 8,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə