Chala xordalilar tipi


Balanogloss- Balanoglossus gigas



Yüklə 8,35 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü8,35 Kb.
#134317
1   2   3   4
“Chala xordalilar tipi-Hemichordata. Ichak bilan nafas oluvchila-fayllar.org

Balanogloss- Balanoglossus gigas


  • Tanasi ikki tomonlama simmetriyali chuvalchangsimon tuzilishda.Tanasi xartumcha, yoqa va tanaga bo’lingan. Ba’zi turlarining bo’yi bir necha santimetrdan bir metrgachga boradi xatto 2,5 m ga boradigan turlari ham bor.Balanogloss dengizning sayoz joylarida qumlarga ko’milib hayot kechiradi.Terisi bir qavat kiprikli epiteliy bilan qoplangan.Epiteliy ostida bo’ylama va halqa muskullari joylashgan.Teri bezlaridan ajaraligan suyuqlik tuproqni yopishtirib, tuproqda nayga o’xshash yo’llarni hosil qiladi.Balanogloss og’ziga suv bilan birga kirgan mayda hayvonlar bilan oziqlanadi.

Ichki tuzilishi.Hazm qilish sistemasi va xordasining joylashishi


  • Ovqat hazm qilish va nafas olish sistemalari og’iz teshigining qorin tomonida xartumning asosida bo’ladi.Og’iz teshigi yoqachada joylashgan halqum bilan tutashadi. Halqumning keying qismi qizilo’ngachni hosil qiladi.Unda 2 qator Jabra yoriqlari joylashadi va u tananing orqa tomonida tog’ridan – to’g’ri tashqariga ochiladi.O’rta ichakning orqa tomonidan jigar o’simtalari deb ataladigan ko’r o’simtalar chiqadi. O’rta ichakning nayga o’xshash ikkinchi tomoni o’pka ichakka o’tadi.Gavdaning oxirida o’pka ichak anal teshigi bilan yakunlanadi.

Tananing xartumcha bo’shlig’ida maxsus tuzilma turtib chiqib turadi.Bu o’simta ichakning og’iz oldi o’simtasidan iborat bo’lib, xoradaga o’xshash qism hisoblanadi va notoxorda(dastlabki xorda) deb ataladi.Notoxordaning nayi juda tor,devori yirik vakuolali hujayralardan tuzilgan bo’ladi.Evolutsiya mobaynida ichak endodermasidan shakklangan deb qaraladi. Notoxord xartum asosini mustaxkamlab turadi. Xartumida tor, nayga o’xshash selom saqlanib qolgan bo’lib,yoqacha va tana qismlarida bir juft (o’ng va chap) xaltachalarni hosil qiladi.

Nafas olish sistemasi

Nafas olish sistemasi qizilo’ngachda joylashgan ikki qator Jabra yoriqlaridan iborat.Jabralar orasi qon tomirlar bilan ta’minlagan bo’ladi.


Yüklə 8,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə