Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish Reja



Yüklə 30,45 Kb.
tarix28.10.2023
ölçüsü30,45 Kb.
#132473
Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish

Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish

Reja:

  1. Chet ellarda kasb-hunar turlari

  2. Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish

  3. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish








O’zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko’p bosqichli ta’lim tizimiga o’tmoqda. Ta’lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg'or tajribalar ta’lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol hammamiz uchun o'ta muhimdir. Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o'rgatishi zarur. Chet el tajribalarini o'rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo’ladi. Isroil davlatida ta’lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi):



  1. boshlang'ich ta’lim (1-4 sinflar),


  2. o'rta ta’lim (5-9 sinflar),



  3. texnologik ta’lim (10-12 sinflar).



Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo'yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo'lib o'tadi. Natijalari asosida o'quvchilar o'zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o'qishni davom ettiradi. v) texnologik ta’lim (10-12 sinflar).

O'quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o'quvchilarning o'rtacha 20-40 % attestat oladilar. Shundan keyingi barcha toifadagi ta’lim xizmatlari pullik. On sakiz yoshga kirgan o'g'il - qizlar majburiy armiya xizmatiga chaqiriladi. Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga o'qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o'qishni davom ettirishi yoki olgan kasbi bo'yicha ishlashi mumkin. Attestati yo'qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o'qiydi, lekin istagan sinfdan so'ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o'qishni yakunlashi mumkin. 15-16 sinflarda o'qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo'ladi. Bunday sinflarga ega bo'lgan texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo'lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi. Ta'limdagi ustuvor yo’nalishlar va moddiy-texnik ta’minot Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta’limga juda katta etibor qaratilgan va turli- tuman ko'rinishdagi o'quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog'liq bo'lib, mutaxassislik yo'nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo'jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar. Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasi kora sinflarda o'quvchilarni o'zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o'qitiladi. Ta’lim barcha fanlar bo'yicha hayot va tabiat bilan bog'lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog'lanishi doimo ko'zga tashlanib turdi. Oliy ta’lim tizimi uch bosqichli:




  1. Bakalavriatura - 4 yil,


  2. Magistratura - 2 yil,



  3. Doktorantura - 3 yil.



Bakalavr va magistr uchun o'qish Isroilda, doktorantura asosan Evropa va AQSHda amalga oshiriladi.

Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir qiladi:




  1. Ijtimoiy-madaniy omillar:


  1. jamiyatni ko'p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o'ziga xos madaniyatga ega);



  2. turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);



v) turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).



  1. Pedagogik omillar:


  1. texnologik ta’limga o'tish;



  2. o'quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo'naltirilgan ta’lim (ayniqsa o'rta va texnologik ta’limda);



v) o'quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;

g) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko'p bosqichlilik.

Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi. Pedagogik faoliyatning tashkil etilishi Mutaxassis (bakalavr, magistr, doktor) istagan ko'rinishdagi o'quv yurtida pedagog sifatida ishlashi uchun albatta bir yil o'qib pedagogik faoliyat ko'rsatish huquqini olishi kerak. Bu o'qish universitetlarning pedagogik fakultetlarida, pedagogik kollej va markazlarda amalga oshiriladi.Pedagoglarning malaka oshirishi ikki toifaga bo'linadi:




  1. Pedagogik ish og'ir hisoblanganligi uchun tayyorlov sinfi pedagoglaridan tortib universitet professorlarigacha olti yil ishlagandan so'ng dam olish, o'zining



professional va pedogogik malakasini oshirish va birorta xobbi bilan shug'illanish uchun bir yil to'liq ish xaqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi, ya’ni sabatiklga chiqadi (AQSH sistemasi). Bu vaqtda u boshqa joyda ishlashga haqqi yo'q. Pedagog sabatikl davrida albatta malakasini oshirish uchun kurslar eshitadi, individual va guruhlarda maslahatlar oladi, kutubxonalarda va Internet to'rida mustaqil ravishda malakasini oshiradi.



  1. Universitet professorlaridan tashqari barcha toifadagi o'quv yurtlarining pedagoglari joriy malaka oshirishlardan o'tib turishi kerak. Buning uchun xafta metodik kun beriladi. Metodik kunda malaka oshirish uchun 2 soatga ekvivalent qo'shimcha haq to'lanadi. Bu kunda u o'zining professional va pedagogik malakasini oshirish uchun kurslarga qatnashi kerak. Kurslarga har xafta yoki soatlar (mablag') yig'ilganda birdaniga qatnashi mumkin. Kurslar natijasida pedagog kredit to'playdi. Minimal kredit yoki kredit birligi 112 soatga teng.



Pedagog 112 soatlik kreditlardan ikkitasini yiqqandan so’ng malaka oshirgan hisoblanib, maoshiga 1,6 % qo'shiladi. Bu jarayon o'suvchi koeffitsient bilan uzluksiz davom etadi va maoshni 30 %gacha oshishiga imkon beradi. Malaka oshirish uchun imkoniyatlar juda katta bo'lib, u malakali mutaxassislar, texnika resurslari va moliyaviy jihatdan ta’minlangan. Ta’limga, ajratilgan mablag'lar juda katta bo'lib, davlat byudjetining 11 % va munitsipialitetlarning 40% gacha byudjetini tashkil qiladi. Bundan tashqari chet ellardagi homiylar net el ta’lim texnologiyalarini o'rganish, ularni tanqidiy tahlil qilish va ular bilan o'z tajribalarimizni boyitish “Ta’lim to'g'risida”gi qonunni va “Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dastur”ni amalga oshirishda o'ta muhimdir. Jahonning etakchi mamlakatlarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirish doimiy tadbir sifatida e’tirof etiladi va maxsus fan sifatida o'quv yurtlarida o'qitiladi. Lekin kasbiy faoliyatga yo'llash tizimi hozircha etarli darajada samara berayotgani yo'q. Buning asosiy sababi tizim tarkibidagi nuqsonlar bo'lmay, balki o'quvchilarni kasbga yo'naltirishning ijtimoiy determinizatsiyasidir.

Masalan, Fransiyada asli kelib chiqishi ziyoli bo'lgan shaxslar odatda farzandlarining umumiy ta’lim litseyida ta’lim olishini ma’qul deb bilishadi, ishchi yoki xizmatchilarning farzandlari esa texnologik va kasbiy yo'nalishdagi litseylarda ta’lim oladilar.
Tadbirkorlar ham o'quvchilarni kasbga yo'llashga katta qiziqish bilan qaraydilar va xususiy tadbirkorlar maktab o'quvchilarini turli xil faoliyatlarga yo'llash ishida ta’lim muassasalariga o'zlaricha yordam beradilar. Masalan, AQS’Hda “Ish yuzasidan hamkorlik”, “Maktabni o'z qaramog'iga olish” nomli dasturlar g'oyalariga ko ra, ishbilarmonlar o'quvchilarga muayyan kasbiy faoliyat yo'nalishini tanlashda yordam beradilar, bir qator maktablarda faoliyat olib boruvchi kasb faoliyatiga yo'naltiruvchi mutaxassislarga mablag' ajratadilar, o'quvchilarning ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlarini tashkil etib, ularni ma’lum kasb yoki faoliyat mazmuni bilan tanishtiradilar. Italiyalik ishbilarmonlarning vakillari ham bu borada ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan, “Lombardiyaning omonat kassalari” 14-15 yoshli o'quvchilar uchun iqtisodiy o'yinlar tashkil etadi. O'yinlar ishtirokchilari ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish, byudjetni yaratish, kredit, marketing qilishni o'rganadilar. Natijada ular ishlab chiqarishning zamonaviy sohalari bo'yicha bilimlarga ega bo'ladilar. O'yin g'oliblariga qimmatbaho sovg'alar topshiriladi. Angliyada maktab va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasidagi hamkorlikka 1987 yilda “London Kompekt” loyihasi g'oyasiga ko'ra asos solingan. Loyihaning maqsadi o'quvchilarga ularning imkoniyat va qobiliyatlariga mos mutaxassislik asoslarini o'zlashtirish hamda ularning ish o'rinlari bilan ta’minlanishlariga komaklashishdan iboratdir. Ushbu loyiha asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida 14-16 yoshli o'quvchilardan o'quv fanlari va mutaxassislik asoslarini qoniqarli o'zlashtirish va ikki haftalik amaliyotni o'tish talab etiladi. O'quvchilar ma’lumotlarni yig'adilar. Masalan, Yaponiya zavodlari qoshida tashkil etilgan sifat to'garaklarining faoliyati ushbu fikrni tasdiqlaydi. To'garaklarda o'rta maktab bitiruvchilari ishlaydilar, ularning kasbga to'g'ri yo'naltirilganligi ishlab
chiqarish sifatini yuqori darajaga ko'tarish uchun xizmat qiladi.
AQSHda kasbga yo'naltirish o'quvchilarning kasblar bo'yicha axborotlarga ega bo'lishni ta’minlash, kelajakda maqbul kasbni tanlab, ishga kirishlariga yordam berishdan iboratdir. O'quvchilar turli mutaxassisliklar mazmuni bilan tanishib, mehnat o'qituvchilaridan maslahat oladilar. Kasbga yo'naltirishda “Gaydens” psixologik-pedagogik xizmatining yo'lga qo'yilishi muhim o'rin tutadi. Xizmat tarkibiga sotsiolog, psixolog, o'qituvchi, huquqshunos, shifokor va maktabning boshqa xodimlari kiradi. Ushbu xizmat o'quvchilarning atrofdagi ijtimoiy muhitda o'z o'rnini egallashlariga ko'maklashadi. “Gaydens” xizmati o'quvchilarda qanday sifatlarni rag'batlantirish va rivojlantirish kerak, nimalarni yaxshilash kerakligini aniqlash uchun har bir o'quvchining shaxsi haqida to'liq ma’lumotga ega bo'lishi shart. Bunday ma’lumotlar “Gaydens”ga o'quvchilar uchun maslahatlar berish imkonini beradi. Kanadada xalq xo'jaligining 22 tarmog'i bo'yicha 315 kasb guruhlariga jamlangan mutaxassisliklar yuzasidan dastur mavjud bo'lib, shu asosida yoshlar kasb tanlaydilar.
Rossiyada yoshlarni kasbga yo'llash ishlari mehnat va xalq ta’limi tizimiga bo'ysinadi. Angliya maktablarida kasbga yo'naltirish o'quv jarayonining maxsus qismidir. O’rta o'quv muassasalarida asosiy ishni kasbga yo'naltiruvchi mutaxassislar bajaradilar. Ular o'quvchilarga o'z qobiliyatlari va qiziqishlariga mos ta’lim yo'nalishini tanlash ishida yordam beradi. Kasbga yo'naltiruvchi xizmatlari bilan mustahkam aloqada bo'ladilar. Ular biror kasb egasiga qo'yiladigan talablarni guruhlashlari va maktab bitiruvchilarining kasbiy imkoniyatlarini to'g'ri baholashlari kerak. Kasbga yo'naltiruvchi o'qituvchilardan o'quvchilarga individual yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuvni ta’minlash uchun o'qituvchilar har bir o'quvchi uchun shaxsiy ma’lumotnoma yuritadilar, unga doimiy ravishda o'quvchining o'zlashtirishi, umumiy va jismoniy rivojlanish sharoitlari haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
Bundan tashqari ma’lumotnomada anketa, test, suhbat natijalari ham o'z
ifodasini topadi. O'quvchilar shaxsini o'rganishda mustaqil tavsiyalar metodi, ya’ni o'smir va uning hayot borasidagi o'y-fikrlariga tayaniladi.


  1. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish.



Snaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo'lgan individdir. Shaxsga taalluqli bo'lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham sub’ekt bo'lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo'lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o'z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’ektni), so'ngra shu ta’sirlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o'sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo'lib, undagi ko'plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo'shiladi, ba’zilar qisman qo'shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo'ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo'lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir. Snaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo'lmish shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ayrim alohida yo'nalishlarini belgilab beradi. Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o'ynaydi. Masalan, yangicha iqtisodiy o'zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya va shunga o'xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.

Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs oldiga
qo'yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo'jalik xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo'yadigan talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish.
Ruhiy sifatlarni e’tiborda tutish haqida ma’lumot berish. Bosh miya asab tolalarining qo'zg'aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy sifatlarning tutgan o'rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy sifatlarning kasb mohiyatiga ta’siri masalalari. Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo'ladi: faol, sust, chuqur, tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko'p va turfaki, ularni tanlayotgan kasbga qanchalik uyg'unligi haqidagi savolga birdaniga javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko'ngilxushliklarga bo'lgan qiziqish va mayllarni ko'rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va mayllarni o'rganish va shakllantirish kerak degan savol tug'iladi. Bu savolga javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog'i, har bir bolani qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart- sharoitlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko'p bo'lishiga qaramay, ularni mehnat qurollari, ob’ektlariga ko ra, besh turga turkumlash mumkin (muqovalarga qarang):




  1. Odamlar bilan ishlash yetakchi bo'lgan sohalar - bu turni biz shartli ravishda “Inson+inson” deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan insonlar bilan muloqotda bo'ladi, ya’ni ularning faoliyatida odamlar asosiy o'rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar insoniyatga turli yo'l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar.
    Birinchi turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi.


  2. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar “Inson + texnika”.
    Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya,


lektrotexnika sohalari bo'yicha laboratoriya amaliyotlarini o'tkazishni xush ko'radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika asboblarini ta’mirlashga ishqiboz bo'ladilar.



  1. O'smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog'liq sohalar.
    “Inson + tabiat”.


Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag'rida bo'lishni sevishadi. Turli jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika, biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o'rganishadi.



  1. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog'liq sohalar. “Inson + ramzlar”. Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish,



kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida bo'lishadi. Atrofni kuzatishni sevishadi, turli tarqoq ma’lumotlarni bir tartibga keltirishga intilishadi.



  1. Badiiy obrazlar bilan ish ko'radigan sohalar. “Inson + badiiy obrazlar”. Badiiy obrazlar bilan ish ko'radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo'lishadi.



Rasm chizish, turli jihozlash ishlari, raqsni yaxshi ko'radilar. Kasbiy ma’rifat ta’limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog'i, botanika bog'i, korxonalarga, tabiat bag'riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar beradi. O'quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg'otish, ularni shakllantirish hamda o'stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog’liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko’rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o’zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar,

qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o’tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko’p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o’z imkoniyatlarini to’liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o’zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o’rganishni muhimligini ko’rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o’rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo’naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko’rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko’pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko’pincha mutaxassis shaxsining to’la taqlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo’li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko’rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o’rganishda insonning imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.
Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo’linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’ekt o’zini topgan, o’zida va faoliyatida o’zini o’zgartirishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub’ektning o’zini o’zi qidirishi bilan izohlanadi. Bu o’tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.
Garmonik aloqalar uchun sub’ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo’ladi, u sub’ekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu yerda inson —
taraqqiyotning absolyut harakati holatidal bo’ladi. Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo’lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko’rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to’liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub’ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo’lmaydi. Bu yerda hayotning o’zi —tabiiy jarayon sifatida namoyon bo’ladi, inson hayot tarzi bilan uni to’ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o’rniga sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi. Bu yerda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo’ladi va shu bilan bir qatorda bu yerda yaxshilik va yomonlik o’zaro bog’liqdir. Bu usul insonning hayoti o’zidan o’zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo’lish i bilan bog’liq bo’lib, u —hayotning bu uzluksiz jarayonini to’xtatib qo’yishi, uzib qo’yishi mumkin va insonning g’oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g’oyalar dunyosidan tashqaridagi pozisiyani egallaydi. —Bunday refleksiyaning namoyon bo’lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog’liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqyelikning yangi
usuliga o’tish imkoniyatini bog’laydi.
Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o’tish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab —ruhiy bo’shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo’l ochila boshlaydill.
Sanab o’tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo’q bo’lgan vaziyatda qolganda o’zining beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba’zida “o’zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi safarbar etish deb nomlab bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqyelikni yo’qotish mumkin
emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot - avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat moduli – bu insonning tashqi dunyo bilan o‘ zaro hamkorligini, inson turmush tarsi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi ko’pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir.
Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqyeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. Uning ta’sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha ko’tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga ko’ra predmetli yoki to’liq predmetli ko’rinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday motivning o’zi yo’q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo’ldi. Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko’rsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi o’zlashtirayotgan insonlarga xosdir.
Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o’tgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq o’zining natijasiga ko’ra ikkita imkoniyatga ega.
Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o’tish. Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va to‘xtab qolishldan bosh tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o’zini “topganligi”, uning o’zini va o’z faoliyatini o’zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi.
O'quvchilarni ongli va to'g'ri kasb tanlashga tayyorlash, ya’ni kasbiy saralash o'zaro bog'liq va birgalikda amalga oshiriladigan quyidagi choralardan iborat:




  1. kasbiy maorif- o'quvchilarga mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo'lgan



ehtiyojlarni, turli kasblardagi professional mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo'yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo'lgan o'quv muassasalari turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda o'quvchilar turli kasblar va ixtisosliklarning xarakteri va o'ziga xosliklari bilan tanishadilar.



  1. kasbiy konsultatsiya- individual xarakterga ega bo'lib, ayrim o'quvchilarga ular egallamoqchi bo'lgan kasbning xususiyatlari va o'z imkoniyatlarini to'g'ri anglashga ko'maklashishini nazarda tutadi.



v) kasbiy diagnostika- o'quvchilarda kasb tanlash sub’ekti shaxsini uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nazarda tutiladi.



  1. kasbiy tanlash (saralash)- muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o'z oldiga qo'ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko'nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona saralash o'tkaziladi.



Kasbiy yo'nalganlik inson shaxsi yo'nalganligining bir ko'rinishi hisoblanib, bu holat uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib boradi. Kasbiy yo'nalganlik insonning individual-psixologik va individual-tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga, qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi.

Kasbiy yo'nalganlik tizimining quyidagi funksiyalarini ajratib ko'rsatsak bo'ladi:




    1. Ijtimoiy funksiyasi deganda jamiyatning to'laqonli va teng huquqli a’zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan qadriyatlar, normalar va bilimlarning ma’lum tizimini o'zlashtirish nazarda tutiladi.



    2. Iqtisodiy fuksiyasi deganda xodimlarning sifat tarkibini takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va malakasini oshirish tushuniladi.



    3. Psixolog-pedagogik funksiyasi deganda ma’lum kasbni tanlagan



kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni tushunish mumkin.



    1. Tibbiy fiziologik funksiyasi deganda sog'liqqa va alohida fiziologik xususiyatlarga nisbatan u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur bo'ladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi .



Shunday qilib kasbiy o'zini-o'zi aniqlash jarayonininng muhim komponentlaridan biri hisoblangan - kasbiy yo'nalganlikni hisobga olmaslik insonning noto'g'ri, o'ziga mos bo'lmagan kasbni tanlashga olib kelishi mumkin. Bundan shaxsning o'zi ham, jamiyat ham manfaatdor emas.

Kasbiy yaroqlilikning ikki xil turi farqlanadi: mutloq kasbiy yaroqlilik (bunda insondan maxsus qobiliyat talab qilinadigan kasblar uchun yaroqlilik nazarda tutiladi)va nisbiy kasbiy yaroqlilik (bunda har qanday sog'lom inson uchun imkon darajasida bo'lgan kasblarga yaroqlilik nazarda tutiladi). Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish.
Kasb tanlashda o'quvchilar qobiliyatlaridan tashqari salomatlik holatini ham hisobga olishlari zarur, chunki kasb tanlovchilarning barchasi ham sog'liqlarini e’tiborga olgan holda kasbni to'g'ri tanlaydi deb bo'lmaydi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi 10 yillikda joriy qilingan shaxsiyat normalariga qarab olib boriladigan tanlovlar Amerika harbiylari va shaxsiy korporatsiyalar tomonidan iliq qarshi olindi. Ammo keyinchalik esa ko’pgina tadqiqotchialar shaxsiyat togrisidagi normalar shaxsning kelajakdagi ish faoliyati davomidagi ish sifati va qoniqish to’grisida hech qanday arzigulik naf bermasligini aniqlashdilar.
Bu shaxsiyatni sinash testini rad qilish xulosalari esa keying 30 yillar davomida o’z kuchida qoldi. Shaxshiyatni o’rganish tarixini qayta o’rganib chiqqan olimlar Mount va Barrick bu rad qilish xulosalarini bir necha omillarga bog’laydi.
Ana shu omillar qatoriga kiritilgan adabiyotda ish faoliyati unumdorligi bilan shaxsiyat o’rtasida juda ham kuchsiz bog’liqlik borligi aytilgan. Buning isboti olib
borilgan bir qator tajriba sinovlarida o’z aksini topgan. Hozirgi kunga kelib esa shaxsiyatning ish faoliyati davomidagi ish sifatiga, o’zini tutish va ishdan qoniqish hosil qilish kabi normalariga tasir qilishdagi roliga yana qiziqish paydo bo’lyapti.
Hogan va Roberts o’zlarining “Ish joylarida Shaxsiyat” nomli kitobida shaxsiyat tushunchasining o’tgan davrlar mobaynida tanqid ostida bo’lganiga qaramasdan uni qaytadan yuzaga chiqaruvchi to’rtta omillarni muhokama qiladi. Birinchi omilga binoan esa shaxsiyatni to’gri baholash normalari orqali irq va jinsidan qat’iy nazar tanlov jarayonida ijobiy natijalar olish mumkinligi ko’rsatilgan. Ikkinchi omil esa beshta faktor modelining yuzaga kelishi ham shaxsiyat tushunchasiga bo’lgan qiziqishni orttiradi. Beshta faktor modeli shaxsiyatning ish davomidagi ish unumdorligiga qanchalik ta’siri to’grisidagi chalkash tushunchalarga barham beruvchi o’ta zaruriy ma’lumotlar majmuasini keltiradi. Uchinchi omil esa bu Amerika harbiy tadqiqot instituti tomonidan 1980 yillarda olib borilgan tadqiqot ishi “Proyekt A” dir. “Proyekt A” harbiy lavozimlarga tanlov metodlari ustidan tadqiqot olib borishgan. Bu tadqiqotning natijasi esa shaxsiyat tushunchasi tanlov jarayoinida zarur bo’ladigan juda ham qimmatli yordamchi bola olishiga shubhalanuvchilarni ishontira oldi. Tortinchi omil esa bu o’ta murakkab tahlil texnologiyalaridir. O’tgan bir necha 10 yilliklar davomida bu tahlil texnologiyasi juda ham rivolanib ketdi. Bu texnologiya oddiygina izlanishlar natijalarini umumlashtirishdan endi ma’lumotlar jamlanmasi orasidan xatolarni ko’rsatib beruvchi anchagina aniq ma’lumotlar talab qiladigan statistik kompleks jarayonga aylanib ketdi”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


        1. Timothy P. Melchert. Foundations Professional Psychology: The end of Theoretical Orentations and the Emergence of the Biopsychosial Approach.USA 2011


        2. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology Copyright


©
2009 Kelvin Seifert.



        1. W.Bruse Walsh. Mark L. Savickas. Handbook of Vocational



Psycnoligy.
Mahwah, New Jersey London.2005.
        1. Contemporary modelsin vocational psychology^ Volume in Honorof Samuel




H. OsipowFrederick T. L. Leong The Ohio State University Azy Barak.2001.
Yüklə 30,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə