Chilangarlik ishi cdr


-Mavzu: O‘lchash va rejalash asoslari. Rejalash va o‘lchash asboblari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

2-Mavzu: O‘lchash va rejalash asoslari. Rejalash va o‘lchash asboblari Reja:

  1. Rejalash va o‘lchash asboblari

  2. Rejalash usullari

  3. Rejalash chiziqlarini kernlash

  4. Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari

Zagotovkaning o‘lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Zarur shaklli va o‘lchamli buyum yasash uchun zagotovka sirtidan ma’lum metall qatlamini yo‘nib, unga ishlov berish kerak. Ishlov paytida yo‘niladigan metall qatlami qo‘yim deb ataladi.
Zagotovkaga chizmada ko‘rsatilgan shakl va o‘lchamlarni tushirish operatsiyasi rejalash deb ataladi.
Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo‘lgan hollardagina rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari qo‘llanganda 0,5 mm gacha aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash millimetrning yuzdan bir ulushigacha aniqlikni ta’minlaydi.
Rejalashning ikki turi bor - tekislikda rejalash va fazoviy rejalash.
Detall konturlari bir tekislikda yotganda tekislikda rejalash usuli qo‘llanadi. Tekislikda rejalash chizmachilikning deyarli o‘zi bo‘lib, undan farqi qog‘ozga qalamda emas, balki zagotovkaga o‘tkir uchli metall nina (chizg‘ich) bilan chiziladi.
Bir uchi o‘tkir, ikkinchi uchi halqasimon sim chizg‘ichlar;
а) bir uchi o‘tkir, ikkinchi tomoni ushlashga oson bo‘lishi uchun g‘adir-budir qilib, yo‘g‘onroq ishlangan yo‘rma chizg‘ichlar;
б) ikki tomonlama chizg‘ich, ikki uchi ham o‘tkir bo‘lib noqulay joylarga chiziqchalar chizishda ishlatiladi;
в) strelka-chizg‘ich, bir uchi o‘tkir to‘g‘ri burchakli kesimli chizg‘ich, uning sirtlari yaxshi ishlangan bo‘lib, uni go‘niyalar, kubiklar bo‘ylab bemalol surishga imkon beradi. Masalan, shtangenreysmosda ishlatiladi.
Amalda qo‘yma ninali chizg‘ichlar qo‘llaniladi. Nina sifatida oddiy patefon ninasidan foydalanish mumkin.
Yaxshi ishlov berilgan sirtlarni rejalashda ularni shikastlamaslik uchun yumshoq materiallardan qilingan chizg‘ichlar ishlatiladi (masalan, po‘lat uchun latun chizg‘ichlar ishlatiladi).
Chizg‘ichlar yaxshi o‘tkirlangan bo‘lishi lozim. Ularning ish qismi qancha o‘tkir bo‘lsa, rejalash chizig‘i ham shuncha ingichka chiqadi va rejalash aniqligi shuncha oshadi.
Chizg‘ichlar charxlash stanoklarida o‘tkirlanadi. Buning uchun ularni aylanib turgan doiraga tekkiziladi va ravon burib turiladi.
Chizg‘ichlar to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, chizg‘ich ham, o‘tkir chizg‘ichlar ham ma’lum qalinlikka ega, shuning uchun chizg‘ichni chiziladigan chiziqdan bir oz nari ushlab turish kerak. SHunda chiziq zarur joyga chiziladi.

Ish qirralari bir oz qiya chizg‘ichlarni ishlatish juda qulay. Ularni qo‘llaganda rejalash aniqligi oshadi. Go‘niyalar to‘g‘ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. Rejalashda yassi chilangarlik go‘niyalari, yo‘g‘on tokchali (anlaj) go‘niyalar, T-simon tokchali go‘niyalar qo‘llaniladi.


Yassi chilangarlik go‘niyasi eng qulay va ko‘p ishlatiladigan qurol hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni yetarli aniqlikda chizib bo‘lmaydi. Bo‘nga sabab, birinchidan, go‘niyaning burchagi har doim bir oz ezilgan bo‘ladi va uni perpendikulyar chiqariladigan joyga ko‘z bilan chamalab qo‘yiladi; ikkinchidan, berilgan to‘g‘ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar o‘tkazishda oldin to‘g‘ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun go‘niyani yuqoridan pastga olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Anlaj go‘niya yoki T-simon tokchali go‘niyani qo‘llaganda ularni detalning ishlov berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo‘ylab yurgizish mumkin. Bunda vertikal chiziqlar osongina xatosiz chiziladi.
Rejalash tsirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni qismlarga bo‘lishda, o‘lchamlarni ko‘chirish va h.k. larda ishlatiladi. Oddiy, prujinali va almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo‘ladi. Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan ikki oyoq 1 dan iborat. Ularning biriga o‘yiqli skoba 3 parchinlangan, ikkinchisidan vint 4 bor. Vint 4 ni burab, tsirkulь oyoqlarini zarur vaziyatga o‘rnatish mumkin.
Prujinali tsirkullar. Tsirkulning yuqori qismidagi yassi prujina 2 oyoqli 1ni o‘q 3 atrofida burishga va ularni kerishga intiladi, vint 5 va qirqma gayka 4 bunga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib, tsirkulni istalgan vaziyatga o‘rnatish mumkin.Tsirkullarning oyoqlari 45, 50 markali po‘latdan yasaladi va toblanadi. Tsirkulning asosiy o‘lchami eng katta kerilgan oyoqlar o‘rtasidagi masofa hisoblanadi. Oddiy tsirkullar 280, 350,
430 va 500 mm, prujinali tsirkullar 50, 80, Rejalash tsirkullari 120 va 150 mm o‘lchamli qilib ishlab
chiqariladi.
Kernerlar rejalash chiziqlarining o‘rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi.
Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va elektr kernerlar ishlatiladi.
Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
Bunda korpus va yo‘naltiruvchi vtulka pastga suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi bilan polzunni bo‘shatadi. Polzun prujina ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan rostlanadi.
Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va o‘zak 3 dan iborat. Elektr toki o‘tganda elektromagnit g‘altagi o‘zakni tortadi. O‘zak pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr kerner chiziq ustiga qo‘yiladi va uning korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
Oddiy kerner rasmda ish qismi, o‘rta va zarb qismlardan iborat bo‘ladi. Ish qismi konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish qismi 600, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 750 burchak ostida o‘tkirlanadi. Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon beradi. O‘rta qism, ya’ni tsilindrik to‘rsimon g‘adir-budir qilib yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi dumaloqlangan konusdan iborat SHunday tuzilganligi tufayli zarb hamma vaqt qurolning markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi toblanadi.
Kernlash uchun 100-200 g li bolg‘a ishlatiladi.
Mexanik kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun 3, vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo‘naltiruvchi vtulka 8 ichida harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 burab qo‘yilgan.
Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o‘zak dastlabki vaziyatiga qaytadi.
Markaz qidirgichlar teshiklarning markazini topishga imkon beradi. Oddiy markaz qidirgich (rasmga qarang) o‘ziga biriktirilgan chizg‘ichli go‘niyadan iborat. Chizg‘ich go‘niyaning to‘g‘ri burchak bissektrisasi hisoblanadi.
Markaz qidirgich-go‘niyani buyumning tashqi sirtiga qo‘yib, chizg‘ich bilan to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. U aylana markazi orqali o‘tadi. Go‘niyani ma’lum burchakka burib, ikkinchi to‘g‘ri chiziq chiziladi. Ular kesishgan joy qidirilayotgan markaz bo‘ladi. Markaz qidirgichlar transportir go‘niya-markaz qidirgichdan transportiri 2 borligi bilan farq qiladi. Transportir so‘rgich 4 yordamida chizg‘ich 3 bo‘ylab surilishi va gayka 5 bilan zarur vaziyatga mahkamlab qo‘yilishi mumkin.
C hizg‘ich go‘niya 1 ga mahkamlangan.
Transportir tsilindrik detalь markazidan ma’lum masofada joylashgan teshiklarning markazini topishga imkon beradi 450 burchak ostida yotgan va detal markazidan 25 mm naridagi a nuqtaning vaziyati topilgan).
Mavjud teshikning markazi chizg‘ich 2 va ikkita shtift 1 li planka 3 dan iborat bo‘lgan markaz qidirgich bilan topiladi. Rejalash uchun markaz qidirgich shtiftlari teshik sirtiga tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. U xuddi go‘niya-markaz qidirgich kabi Markaz qidirgich ishlatiladi.
Chilangarlikda qo‘llaniladigan barcha o‘lchash va nazorat qilish vositalarini ikki-nazorat-o‘lchov asboblari hamda o‘lchov asboblari guruhiga bo‘lish mumkin. Tekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Ular mayda donali kulrang cho‘yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo‘yicha taxtalar 4 klassga bo‘linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda, to‘rtinchisi esa rejalashda qo‘llaniladi. Taxtalarda bo‘yoq usulida tekshirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek bajariladi.
Shtangen asboblar
Shtangen asboblar mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o‘lchashda foydalaniladi
Shtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi. Ularning o‘lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTSII); 0-400 mm (SHTS-III). Nonius bo‘yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05 mm (SHTS-II va SHTS-III).
Shtangentsirkul SHTS-I bilan tashqi, ichki o‘lchamlar va chuqurlikni o‘lchash mumkin. Shtangasining bitta uchida o‘lchash jag‘lari ikkinchi uchidan chizg‘ich bo‘lib, undan chuqurlikni o‘lchashda foydalaniladi. Shtanga bo‘ylab qo‘zg‘aluvchi ramka jag‘lari suriladi. O‘lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo‘yiladi. Shtangentsirkulning ostki jag‘i tashqi, ustki jag‘i esa ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan.
Shtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag‘i o‘tkirlangan bo‘lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi.
Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o‘rnatish uchun mikrometrik surish (vintgayka) mexanizmi bilan ta’minlangan.


Shtangentsirkul ko‘rsatkichini o‘qish. Shtangentsirkulni ko‘zning ro‘parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o‘ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chapdagi yaqinroq raqmga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa shtrixining tartib raqamiga ko‘paytirishdan chiqqan natija qo‘shiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə