Chilangarlik ishi cdr


-Mavzu: Metallarni kesish. Qismini belgilash. Metallarni qirqish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə9/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

3-Mavzu: Metallarni kesish. Qismini belgilash. Metallarni qirqish
Reja:

  1. Kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish

  2. Kesish jarayoni va usullari

  3. Kesishni mexanizatsiyalash

4.Dastakli qaychi va qo‘larra bilan qirqish.
Kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish
Zubilo dasta, ish va zarb beriladigan qismlardan iborat. Dasta ovalsimon yoki yassi valsimon shaklda bo‘ladi. Ish qismi pona shaklida. Uningn yon sirtlari charxlangandan so‘ng o‘tkir kesuvchi qirra (tig‘) hosil bo‘ladi.
Kreysmeysel ensiz zubilo bo‘lib, ariqchalar, novlar o‘yish uchun mo‘ljallangan. Murakkab profilli ariqchalarni o‘yish uchun kesuvchi qirralari dumaloqlangan, tig‘lari burchak ostida yoradigan kreysmeysellar ishlatiladi. Ular ariqcha ochqichlar deb ataladi.
Slesarlik bolg‘alari po‘latdan dumaloq va kvadrat muxrali qilib tayyorlanadi. Ish qismlari toblanadi. Bolg‘aning asosiy xarakteristikasi uning vazni.
Kesish asboblarini o‘tkirlash.
Kesish asboblari korundan yasalgan jilvirlash doiralari bilan charxlanadi. Charxlashda quyidagilar ta’minlanishi lozim :

  • kesish qirralarining to‘g‘ri chiziqliligi;

  • yon sirtlarini tekisliligi va ularning o‘qqa qiyaligi;

  • tavsiya qilinadigan quyidagi o‘tkirlash burchaklari.

Charxlash uchun asbob tirakka qo‘yib, doiraning butun eni bo‘ylab suriladi va ponaning dam bir tomoni, dam ikkinchi tomoni burib turiladi. Asbobni jilvirlash doirasiga qattiq bosmaslik kerak, aks xolda uning kesuvchi qismi qizib ketib, qattiqligini yo‘qotadi. Sovutish uchun asboblarning charxlanadigan qismi tez-tez xo‘llab turiladi. Charxlash burchagi andaza bilan tekshiriladi. Kesish jarayoni va usullari
To‘g‘ri chiziqlik ariqchalar qirqish

  1. Ariqchalar rejalash va reja chiziqlariga kern urib chiqish.

  2. Kreytsmeyselni ichkarisiga qaratib, shunday o‘tkirlansinki uni kesuvchi tig‘i uchki qismidan enli bo‘lsin, shunda kreytsmeysel ariqchaga bemalol sig‘adi.

  3. Zagatovka tiskida shunday siqib o‘rnatilsinki ariqchani tubi tiski jag‘idan 2-3 mm yuqorida tursin.

  4. Kreytsmeysel bilan ariqchani xomaki uyish, keyin uzil kesil quyish.

Egri chiziqli ariqchalar kesish

  1. Rejalash birinchi urinishda aniq chiqmasligini va ko‘pincha uni o‘chirib yangittan chizishga to‘g‘ri kelishini hisobga olib, egri sirtda qalam bilan rejalanadi.

  2. Kreytsmeysel ariq o‘ygich bilan ariqcha o‘yish, bunda aval ariqchani bir uchidan o‘rtasiga qaratib so‘ngra ikkinchi uchidan o‘rtasiga uyish .

  3. Ariqchalar o‘yishni uch o‘tishda bajarish kerak. Birinchi o‘tishda ariq o‘ygichga bolg‘acha bilan yengil zarblar berib reja chiziqlari bo‘yicha ariqchalar izi belgilab chiqiladi, ikkinchi o‘tishda ariqcha profilini saqlab, tozalab qirqish uchun qoldirilgan ariqchani chuqirlashtirish. Uchinchi o‘tishda tekisliklarni tekislab ariqchaga bir xil chuqirlik, kenglik va talab etilgan notekislikni bergan xolda arqchani ikkala uchidan boshlab tozalab qirqish.

  4. Radius yuzaning qirqilish sifatini tekshirish: yon yuzalarda va tubida chiqiqlar bo‘lmasligi kerak. Ariqchalarni eni va cho‘qirligini radius andaza bilan tekshiriladi. Listaviy metallni kesish. Listaviy materiallar tiski jag‘lari sathida kesiladi. Buning uchun ishlanadigan buyum tiskiga reja sathiga jag‘lar satxiga to‘g‘ri keladigan qilib mahkamlanadi va zubilo jag‘i bo‘ylab suriladi.

Enli sirtlarni kesish. Kichikroq detallar tiskiga reja chizig‘i jag‘lari sathidan 5-10 mm yuqoriroq qilib o‘rnatiladi. Yirik detallar dastgohlarda yoki o‘rnatilgan joyida kesiladi. Chiviq va listaviy detallarni kesish. Chiviq material plita yoki sandon ustida kesiladi. Butun perimetri bo‘ylab rejalab olingan chiviq plita ustiga qo‘yiladi, zubiloni tik ushlab, bolg‘a bilan qattiq-qattiq urgan holda chiviqning bir tomoni, so‘ngra shu tartibda ikkinchi tomoni kesib olinadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə