Chilangarlik ishi cdr


Kesishni mexanizatsiyalish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə10/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

Kesishni mexanizatsiyalish
Kesish ish xajmi katta bo‘lgan hollarda kesish operatsiyasi mexanizatsiyalashtiriladi. Bu maqsadda pnevmatik bolg‘alar ishlatiladi. Xozirgi kunda maxsus kesuvchi toshlar bilan jixozlangan elektr tokida ishlovchi kesish mashinalari (bolgarka) dan ham keng foydalaniladi.
List va po‘lat taxta materiallarni egish usulida detallar tayyorlash
Metallga jismoniy kuch ishlatib, uning shaklini o‘zgartirishga egish deyiladi. Chilangarlikda buyumlarni giraga qisib yoki sandonga qo‘yib, bolg‘ada zarb berish orqali shakli o‘zgartiriladi. Yupqa listlar to‘qmoq bilan diametri 3 mm gacha bo‘lgan simlar esa ploskogubtsa yoki ombir bilan egiladi. Plastik materiallar egilishga moyil bo‘ladi.
Detallarni egishda to‘g‘rilagich, egish mashinalari (presslar)dan foydalaniladi. Egish quyidagicha amalga oshiriladi: ikkita qo‘zg‘almas tayanchda erkin yotuvchi zagotovkaga eguvchi zagotovkaga eguvchi kuch (zarba) ta’sirida egiluvchi kuchlanish hosil qilinadi. Agar bu kuchlanish materiallarning qayishqoqlik chegarasidan oshmasa, zagotovka olgan shakl o‘z asliga qaytsa bunday material egilmagan hisoblanadi. Egishning mohiyati shuki, zagotovkaga berilgan yangi shakl o‘zgarmasdan qolishi, buning uchun egish kuchlanishi materialning qayishqoqligidan kuchliroq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri burchak ostida egilishi kerak bo‘lgan detallar uchun material qalinligida 0,5-0,8 mm qo‘yim qoldiriladi. Burchaklikning ichki tomonlari uzunligini qo‘shib detal zagotovkasining yoyilmasini hosil qilish burchaklik va tutqichning ichki to‘g‘ri burchaklari ko‘rsatilgan.
Dastakli qaychi va qo‘larra bilan qirqish.
Yumaloq, kvadrat, tasma va list materiallarni qirqish
Materiallarni qismlarga bo‘lish yoki ortiqcha qismlarini olib tashlash qirqish deb ataladi. Bu jarayonni qirindi yunib ham, qirindi yo‘nmay ham bajarish mumkin. Qirindi yo‘nib qirqishda quyidagi asboblar: dastaki arra, qirquvchi arra, stanoklar, metall arralar, metall qirqish stanoklari: tokarlik, frezalash, jilvirlash stanoklari, gaz yordamida payvandlish qurilmasi, elektr payvandlash qurilmasi ishlatiladi. Qirindi yo‘nmay qirqishda materiallar dastaki, richagli va mexanikaviy qaychilar, o‘tkir jag‘li ombirlar, truba qirqichlar, press qaychilar, shtamplar bilan qirqiladi. Dastaki arralar bilan ko‘ndalang o‘lchami 60-70 mm gacha bo‘lgan metallar va boshqa materiallarni qirqish mumkin. Ular arra ramkasi va arra polotnosidan iborat bo‘ladi.
Qirqish qoidalari. Qirqiladigan zagatovkani tiskiga juda puxta mahkamlash kerak, aks xolda qirqish paytida surilib ketib, polotnoni sindirishi mumkin. Arrani oldinga yurgizish paytida, ya’ni ish yo‘lida arra ikkala qo‘l bilan bosiladi, bunda chap qo‘lning asosiy kuchi bosishga, o‘ng qo‘lning asosiy kuchi esa arrani oldignga surishga sarflanadi. Arrani orqaga, ya’ni salt yurgizganda u bosilmaydi. Arrani ravon va bir me’yorda yurgizish kerak. Materialning qattiqligiga qarab arra kuchliroq yoki kuchsizroq bosiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun arra polotnosini mineral moy bilan moylash mumkin.
Dumaloq, kvadrat, olti yoqli chiviqlarni arralashda arra gorizontal ushlanadi, dekin bunda polotno yo‘lida o‘tkir burchaklari uchramasligi kerak. etadi.
Dastaki qaychilar bilan yupqa listaviy material: 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po‘lat, tombop tunuka, 1,5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallar qirqiladi. Qaychilar chapaqay va o‘ngaqay bo‘ladi. Asosan o‘ngaqay qaychilar ishlatiladi, ularda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda yotadi. CHapaqay qaychilar bilan egri chiziqli detallar detallar qirqiladi. Egri tig‘li qaychilar list va trubalarda shakldor teshiklarni ochish uchun ishlatiladi.
Richagli qaychilar bilan 4 mm gacha qalinlikdagi listaviy metallni qirqish uchun ishlatiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə