Chilangarlik ishi cdr


- Mavzu: Metallarni to‘g‘irlash Reja



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

4- Mavzu: Metallarni to‘g‘irlash Reja:
1.Metallarni to‘g‘irlash tartibi
2.Toblangan detallarni rixtovkalash (to‘g‘irlash).
3.Metallarni to‘g‘irlash turlari
Metallarni to‘g‘irlashda tekislanadigan joyni tanlashga alohida e’tibor berish lozim. Chunki zarba kuchi egrilik bilan muvofiq bo‘lishi, egrilikdan uzoqlashgan sayin zarba kuchi shunga mos ravishda kamaytirilishi kerak. Detall sirtlarining tekislikka yopishishi to‘g‘irlashning yakunlanganini bildiradi. Sirtning to‘g‘riligini o‘nga chizg‘ich qo‘yib tekshiriladi. Mayda, yaxlit detallar sandon yoki to‘g‘ri taxtalarda tekislanadi. To‘g‘irlash jarayonida zarbani qo‘lqop kiyib, detalni yoki zagotovkani sandonga bosib turib beriladi.
T o‘g‘irlash tahtalari, list, sim va val tipidagi metallarni sovuq va qizdirish yo‘li bilan to‘g‘irlash
Metall tasmalarni to‘g‘irlash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. Qavariq tomon chegaralarini bo‘r bilan belgilanadi, keyin bolg‘alanadi. Tasmani plitaga qo‘yganda uning qavariq tomoni tepada turishi lozim. Zarbani
qavariqning eng baland joyidan boshlab, uning chegarasiga borgan sayin kamaytirish kerak. Agar detalda qavariq yuzalari ko‘p bo‘lsa, to‘g‘irlashni avval detalning chetlariga yaqin bo‘lgan qavariqlardan boshlanadi, keyinchalik o‘rtadagi qavariqlar to‘g‘rilanadi. To‘g‘irlash natijasini ko‘z yoki chizg‘ich bilan tekshirish mumkin.
Simni to‘g‘irlash. Simning egriligini ko‘z bilan tekshirilgach, egri joylarining chegarasini bo‘r bilan belgilab olinadi, keyin simning egilgan joyi tepAga qaratib qo‘yiladi. Zarbani egrilik chegarasidan boshlab o‘rtasiga tomon ko‘chiriladi. Sim diametri va egriligining katta-kichikligiga qarab berilishi zarur. Egrilikni to‘g‘irlashda simni o‘qi bo‘yicha aylantirib zarba beriladi. Agar simda egrilik ko‘p bo‘lsa, to‘g‘irlashni detalning uchiga yaqin joydan boshlash, keyin o‘rtasini tekislash kerak.
Toblangan detallarni rixtovkalash (to‘g‘irlash). Ayrim hollarda po‘lat detallar toblangandan keyin qavariqlanadi. Toblashda hosil bo‘lgan egrilikni to‘g‘irlashni rixtovkalash deyiladi. Rixtovkalash aniqligi 0,01-0,05 mm bo‘lishi mumkin. Rixtovkalash harakteriga ko‘ra, toblangan muhrali yoki egri sirtli bolg‘alar tanlanadi. Bu holda detalni tekis taxtada emas, balki rixtovkalash babkasida to‘g‘rilanadi.
Vallarni to‘g‘irlash. Diametrlari 30 mm. gacha bo‘lgan vallarni qo‘l presslarida to‘g‘rilanadi. Bunda valni ikki prizmaga qo‘yib vint bilan qisiladi va egilish indikator yordamida aniqlanadi. Valdagi qoldiq kuchlanishlarni bartaraf etish uchun valni 30-40 daqiqa 4000-5000 da toblab, keyin sovutiladi. Parchin usulida to‘g‘irlashda egilgan valni qavariq tomoni bilan taxtaga qo‘yib sirtiga juda kuchli bo‘lmagan zarba beriladi.
Qizdirish yo‘li bilan to‘g‘irlash (zarbasiz). Profil metall (tavrli, ikki tavrli, burchaklik, shveller), ichi bo‘sh val, qalin po‘lat listlarning egilgan joylarini qizdirish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Buning uchun kavsharlash lampalari yoki gaz gorelkalaridan foydalaniladi. Qizdirilayotgan metallni ranggi qizg‘ish tus olib, elastik holatga kelgach, xom asbest yoki ho‘l latta bilan sovitiladi. Sovish natijasida u to‘g‘rilanib qoladi.
Sovuq holda rixtovkalash. Payvandlangan buyumlardagi uncha katta bo‘lmagan nosozliklar qo‘lda yumshoq bolg‘achalar bilan to‘g‘rilanadi, buning uchun taxta yoki sandonga qo‘yib bolg‘alanadi. O‘ta egilgan yaxlit buyumlarni esa maxsus presslarda har xil to‘g‘irlash moslamalarini qo‘llab to‘g‘rilanadi. Payvandlangan detallarni sovuq holda to‘g‘irlashda ehtiyot bo‘lish, chokning mustahkamligini saqlash uchun muhrasi tekis bo‘lgan bolg‘adan foydalanish kerak, aks holda bolg‘aning o‘tkir qirralari payvand choklarini yaroqsizlantirib, detalning mustahkamligini yo‘qotadi.
Detall va zagotovkalarni qo‘lda to‘g‘irlash sermashaqqat va unumsizdir. Shuning uchun bu usul kichik partiyadagi detallarni to‘g‘irlashda qo‘llaniladi. Sanoat korxonalarda bu ish mashinalar zimmasiga yuklangan.
Eguvchi jo‘va (valts)lar. Sanoat korxonalarida listlar sirtidagi notekislik jo‘valar yordamida to‘g‘rilanadi. Jo‘valashning mexanizatsiyalashtirilgan turlari bor. Qo‘l yoki uch valli eguvchi jo‘valar bilan sirtlardagi notekisliklar: g‘adirbudirlik, qavariq va shunga o‘xshash notekisliklar to‘g‘rilanadi. Qalinligi 3 mm gacha bo‘lgan listlar odatda, uch vallarda, undan qalinrog‘i maxsus mashinalarda to‘g‘rilanadi.
Uch valli list eguvchi mashinalar korpusga o‘rnatilgan uchta ostin-ustin joylashgan tsilindr vallardan iborat. Zarur bo‘lib qolganda listning qalinligi hisobiga vallar bir biridan uzoqlashtirilishi yoki yaqinlashtirilishi mumkin. Ish jarayonida listlarning osilib qolmasligi uchun mashina qo‘shimcha val bilan jihozlangan.
Zubilo dasta, ish va zarb beriladigan qismlardan iborat. Dasta ovalsimon yoki yassi valsimon shaklda bo‘ladi. Ish qismi pona shaklida. Uning yon sirtlari charxlangandan so‘ng o‘tkir kesuvchi qirra (tig‘) hosil bo‘ladi.

Nazorat savollari:
1.Metallarni to‘g‘irlash tartibi qanday bajariladi?
2. Toblangan detallarni rixtovkalash (to‘g‘irlash)ni tushuntiring 3. Metallarni to‘g‘irlash turlarini aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə