Chilangarlik ishi cdr



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə16/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

5-Mavzu: Metallarni egish Reja:

  1. Metall plastina va metall quvurlarni egish usulida detallar tayyorlash

  2. Egish ishlarini mexanizatsiyalash

  3. Quvurlarni bukish va razvaltovkalash

List va po‘lat materiallarni egish usulida detallar tayyorlash
Metallga jismoniy kuch ishlatib, uning shaklini o‘zgartirishga egish deyiladi. Chilangarlikda buyumlarni giraga qisib yoki sandonga qo‘yib, bolg‘ada zarb berish orqali shakli o‘zgartiriladi. Yupqa listlar to‘qmoq bilan diametri 3 mm gacha bo‘lgan simlar esa ploskogubtsa yoki ombir bilan egiladi. Plastik materiallar egilishga moyil bo‘ladi.
Detallarni egishda to‘g‘rilagich, egish mashinalari (presslar)dan foydalaniladi. Egish quyidagicha amalga oshiriladi: ikkita qo‘zg‘almas tayanchda erkin yotuvchi zagotovkaga eguvchi zagotovkaga eguvchi kuch (zarba) ta’sirida egiluvchi kuchlanish hosil qilinadi. Agar bu kuchlanish materiallarning qayishqoqlik chegarasidan oshmasa, zagotovka olgan shakl o‘z asliga qaytsa bunday material egilmagan hisoblanadi. Egishning mohiyati shuki, zagotovkaga berilgan yangi shakl o‘zgarmasdan qolishi, buning uchun egish kuchlanishi materialning qayishqoqligidan kuchliroq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri burchak ostida egilishi kerak bo‘lgan detallar uchun material qalinligida 0,5-0,8 mm qo‘yim qoldiriladi. Burchaklikning ichki tomonlari uzunligini qo‘shib detall zagotovkasining yoyilmasini hosil qilish burchaklik va tutqichning ichki to‘g‘ri burchaklari ko‘rsatilgan.
Zagotovkaning uchlaridan qo‘yim uchun 1 mm dan qoldirib qirqiladi va taxtaga qo‘yib to‘g‘rilanadi, keyin chizma bo‘yicha egovlanadi. Girada ikki yoqlama burchaklik yasash rejalash, zagotovkani kesib olish va to‘g‘irlashdan keyin bajariladi. Tayyorlangan zagotovkani burchaklar orasiga qo‘yib qisilgach, bolg‘a zarbi bilan egiladi. Keyin ikkinchi uchi ham xuddi shu egiladi. Nihoyat egib bo‘lingan zagotovkani o‘lcham bo‘yicha egovlab silliqlanadi.
Xomut tayyorlash (egish). Zagotovkaning uzunligi hisoblangach, egiladigan joyini giraga vertikal o‘rnatilgan tsilindr to‘g‘rilagichga o‘rab ploskogubtsa bilan siqiladi va atrofi bog‘lanadi. Bu ishni ikki ishchi bajarishi kerak: birinchi ishchi ploskogubtsa bilan zagotovkani to‘g‘rilagichga o‘rab tortib turadi, ikkinchisi bolg‘a bilan o‘ram atrofiga zarba berib chiqadi. Xomut shakliga keltirishning oxirgi bosqichi ko‘rsatilgandek bajariladi.
Vtulka yasash (egish). Po‘lat tasmadan tsilindrsimon to‘g‘rilagichda vtulka yasash uchun avval zagotovkaning uzunligi aniqlanadi. Agar vtulkaning tashqi diametri 20 mm, ichki diametri 16 mm bo‘lsa, uning o‘rtacha diametri 18 mm bo‘ladi. Bu holda zagotovkaning umumiy uzunligi L=3,14=18=56,5 mm formulasi bilan aniqlanadi. Zagotovkani to‘g‘rilagich bilan birgalikda giraga qisiladi (zagotovka chorak o‘ram hisobida gira jag‘laridan yuqoriga chiqib turishi kerak), yumshoqroq tiqin orqali o‘nga ustki to‘g‘rilagichni jipslab bolg‘alanadi.
So‘ngra uni to‘g‘rilagich bilan ag‘darib qo‘yib, ikkinchi tomoni egiladi. Tayyor bo‘lgan vtulkaning to‘g‘riligini o‘lchov chizg‘ichi bilan nazorat qilinadi. Egish ishlarini mexanizatsiyalash
Har xil radiusdagi egriliklari bo‘lgan tasmali, sortli metall, profillar rolikli eguvchi dastgohlarda egiladi.
Uch rolikli dastgohdan egri profillarni egishda foydalaniladi. Uning yuqoridagi roligini pastdagi ikkitasiga dastani aylantirish bilan sozlanadi, egish vaqtida zagotovka tepadagi va pastdagi roliklarga qisilgan holatda turishi kerak. Qisqichni zagotovka profillarining tokchalari bo‘rtib ketmaydigan qilib o‘rnatish kerak. Egishda roliklarga tushgan qirindi va boshqa chiqindilarni cho‘tka bilan tozalash yoki lattada artib turish, profil zagotovkaga (ular alyumin qotishmalaridan tayyorlanadi) quyuqroq moy surtish kerak. Katta radiusdagi profillar uch rolikli dastgohda bir necha marta takror egiladi. Profil prokatni aylana yoyi yoki spiral bo‘yicha egish uchun to‘rt rolikli dastgohlardan foydalaniladi. Quvurlarni bukish va razvaltovkalash
Quvurlarni har xil radiuslardagi yoylar yoki egri burchaklar bo‘ylab, qo‘lda yoki mexanizatsiya vositasida, issiq yoki sovuq, ichini qum bilan to‘ldirilgan yoki to‘ldirilmagan holda bukiladi. Egish usuli uning diametriga, materialiga va egilish burchagining qiymatiga bog‘liq.
Qizigan holda egish usuli diametri 100 mm gacha bo‘lgan quvurlar uchun qo‘llaniladi. Quvurni qizigan holda ichiga qum to‘ldirib egishda dastlab, u qizdirilib, bir uchi metall yoki yog‘och tiqin bilan berkitiladi. Egishda sodir bo‘ladigan yorilish va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun quruq qum teshiklari 2 mm li elakdan o‘tkazilib, tosh va shag‘aldan tozalanadi. Haddan tashqari mayda qum bu usul uchun yaramaydi, chunki u yuqori haroratda quvurning devoriga yopishib qolishi mumkin. Quvurni qum bilan to‘ldirish uchun titratuvchi qurilmadan yoki bolg‘adan foydalaniladi.
Quvurdagi qumning zichligini zarba berilgandagi tovushga qarab aniqlanadi. Agar zarba jarangsiz bo‘lib eshitilsa, demak, qum yaxshi presslangan hisoblanadi. Shundan keyin quvurning uchini qizdirishda hosil bo‘lgan gazning chiqib ketishi uchun teshigi bo‘lgan yog‘och tiqin bilan berkitish lozim.
Har bir quvurning diametri va materialini hisobga olgan holda egish burchagi qat’iy belgilangan bo‘lishi zarur. Masalan, quvurni 90 S burchak ostida egish lozim bo‘lsa, qizdiriladigan qism uning olti diametriga teng bo‘lishi kerak. Agar 60S burchak ostida egish lozim bo‘lsa, u holda to‘rt diametr, 45S burchak ostida esa uch diametr va hokazo.
Quvurning egiladigan qismi bo‘r bilan belgilanadi. Bu ish tayyor andoza vositasida amalga oshiriladi. Qizdirib egishda jarohatlanmaslik uchun qo‘lqoplardan foydalaniladi. Quvurlar kavsharlash lampalari yoki gaz alangasida qizg‘ish tus olguncha qizdiriladi. Gorn bilan qizdirishda pista ko‘mirdan foydalaniladi. Agar quvur mo‘ljaldagi qizg‘ish rangdan o‘tib ketsa, biroz sovitiladi. Quvurni birinchi qizdirishdayoq egish kerak, aks holda qayta qizdirish metallning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qizdirish jarayonida qumning isishiga alohida e’tibor berish lozim. Yetarli darajada qizdirilgan quvurning sirtida po‘stloq hosil bo‘ladi.
Ish yakunida tiqin chiqarilib, qum to‘kib tashlanadi. Yetarli darajada yoki bir tekis qizdirilmagan quvurlarni egishda uzilish yoki burma hosil bo‘lishi mumkin. Egilish sifati andoza bilan tekshiriladi. Payvandlangan quvurlarning choki tashqariga qaratib egiladi, aks holda chok «so‘kilib» ketishi mumkin. Egiladigan quvurning uchiga diametri kattaroq bo‘lgan quvurni egish joyiga yaqinroq qilib kirgizib, qo‘l yordamida katta kuchlanish beriladi.
Mis va jes quvurlarni egish. Mis, jes quvurlarni sovuq holda egish uchun ular suyuqlashtirilgan kanifol, parafin yoki qo‘rg‘oshin bilan to‘ldiriladi. Mis quvurlarni egishda ularni 600-700S da qizdirib sovuq suvda sovutiladi. Sovuq holatda egish uchun to‘ldiruvchi sifatida suyuqlashtirilgan kanifol, qizdirilgan usulda esa qum ishlatiladi. Jes quvurlarni sovuq holatda egish uchun 600-700S qizdiriladi. Dyuralyumin quvurlarni esa 350-400S da qizdirib so‘ngra havoda sovutiladi. To‘ldiruvchi sifatida kanifoldan foydalaniladi.
Quvurlarni egishni mexanizatsiyalash. Diametri 350 mm gacha bo‘lgan quvurlar maxsus dastgoh va presslarda egiladi. Quvurni halqaga aylantirish uchun uch rolikli eguvchi dastgohdan foydalaniladi.
Zagotovkani cho‘zish yordamida egish, burish stoliga ega bo‘lgan eguvchicho‘zuvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Bunda material mustahkamlik chegarasigacha cho‘ziladi va mustahkamligini yo‘qotmaydi. Bu usul samolyot, avtomobil, dengiz kemalarining quvurlarini egishda qo‘llaniladi. Quvurni yuqori chastotali tok bilan qizdirib egish ham mumkin.
Razvaltovkalash deganda quvurning uchini kengaytirish tushuniladi. Buning uchun asbob giraga qisiladi va unga quvurni o‘rnatib to‘g‘rilagichning uchi bilan kengaytiriladi. Bu ish maxsus kengaytirgich-juvalarda bajariladi. Asbob po‘lat tsilindrdan iborat bo‘lib, uning bir uchi konussimon, ikkinchi uchi kvadrat kallakka ega. Chiviq korpusga joylashgan, uning uchiga katta bo‘lmagan konusli roliklar joylashtirilgan.
Nuqsonlar. Metallni egishda eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri qiyshiq egilish yoki ishlov beriladigan materiallarning sirtlaridagi shikastlanishlardir. Zagotovkani noto‘g‘ri rejalash yoki detalni giraga noto‘g‘ri o‘rnatish, shuningdek, bolg‘a zarbasini noto‘g‘ri berish kabilar nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardir.
Nazorat savollar:

  1. Metall plastina va metall quvurlarni egish usulida detallar qanday tayyorlanadi?

  2. Egish ishlarini mexanizatsiyalash tartibini ayting

  3. Quvurlarni bukish va razvaltovkalashni tushuntiring

Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich

    2. “Chilangarlik modellashtirish” Sh. Karimov

    3. “Chilangarlik ishlari” N. Bekmuratova



YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA №5
Kasb kodi va nomi: 3.51.05.01-Avtomobillarni ta’mirlash chilangari Amaliyot nomi: Chilangarlik ishlari
Mavzu № 5: Metallarni egish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Metall plastina va metall quvurlarni egishda qo‘llaniluvchi asbob-uskunalar va ularni egish jarayonining mohiyatini o‘rganish.


68
BAHOLASH KO‘RSATKICHLARI VA MEZONLARI
Mavzu: Metallarni egish Baholash varaqasi
Ajratilgan vaqt – 240 daqiqa O‘quvchilarning ismi sharifi:
Sanasi -
Baholash mezonlari

  1. I sh o‘rnini tashkil qilinishi: - asbob va uskunalar to‘g‘ri tanlanganmi.

-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganmi.

  1. Amaliy ko‘nikmalar

A) Metall plastinalarni egish
1.Metall plastinani giraga to‘g‘ri mahkamlaganligi
2.Egishdagi zarbalar yo‘nalishi va kuchi.
3.Asbob uskunadan to‘g‘ri foydalanganligi.
4. Metall plastinani to‘g‘ri aniqlikda ekkanligi.
5.Vaqtdan unumli foydalanishi.

  1. Quvurlarni egishda.

1.Quvurlarni egishdagi jarayon. 2.Egish sifati. Quvurni dastgohga tayyorlash
3.Vtulkalarni egish jarayoni.

  1. Oxirgi ishlov berish .

1. Nuqsonlarni bartaraf qilish. 2.Egilgan joyga qayta ishlov berish.
3. Oxirgi ishlov berish jarayonlari.
JAMI:
O‘rtacha baho
Izoh: 1) Topshiriqning bajarilishi besh balli tizim asosida baholanadi. Bunda ushbu topshiriqning tarkibiga kiruvchi barcha faoliyat turlari inobatga olinib, ularning har biriga baho berilishi shart.
Topshiriq bo‘yicha o‘quvchining yakuniy bahosi esa har bir faoliyat turi bo‘yicha olingan baholarning jami topilib, ushbu faoliyat turlarining soniga bo‘linadi.
2) Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilar ma’muriyat ko‘rsatgan muddatda mashqlarni qayta topshiradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə