Chilangarlik ishi cdr



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə19/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

6- Mavzu: Egovlash Reja:
1. Egovlar tasnifi 2. Egovlash usullari.
3. Egov turlari Egovlar tasnifi
Egovlash metall yoki detallarga ishlov berish, ularning ma’lum qatlamining olib tashlanishidir. Egov bilan detalga talab etilgan o‘lcham bo‘yicha shakl berish, detallarni payvandlashga tayyorlash, detall yuzalarini tekislash, o‘yiq, teshik va boshqa konstruktiv elementlarga ishlov berish mumkin.
Egov po‘latdan yasalgan ma’lum profilga ega bo‘lgan brusokdan iborat asbob.
Uning ishchi qismi, quyruq qismi, qirrasi va ensiz tomoni bor. Ishchi qismi kertiklardan iborat. Egovlar U10, U13A va legerlangan po‘latdan yasaladi.
Kertiklarni asosiy elementlari va turlari. Kertiklar egov sirtida tish xosil qiladi. Ular ishlov beriladigan sirtdan qirindi chiqaradi. Egov tishlarini tish kertiklash mashinalarida maxsus zubilalarda xosil qilinadi, bundan tashqari, nakatklash usuli bilan tish profillari yasaladi. Har qanday tishning orqa burchagi, o‘tkirlik burchagi va oldingi burchagi bo‘ladi.
Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari. Egovlarning dastalari zarang qayin, shumtol, presslangan qog‘ozdan tayyorlanadi. Ularning uzunligi egov quyrug‘i uzunligidan 1,5 marta katta olinadi. Egovga dastani mahkamlash uchun parmalab yoki kuydirib kichkina teshik ochiladi. Egovning quyrug‘i shu teshikka tiqiladi va dastani dastgohga urib mahkamlanadi. Dasta yorilib ketmasligi uchun dastaga metall halqa kiydirib qo‘yilgan.

Odatda detallar tiskilarga qisib qo‘yib egovlanadi. Zagatovkaning ishlanadigan sirti tiski jag‘laridan sathidan 8-10 mm chiqib turadigan qilib gorizontal holatda mahkamlanadi. Agar tiskilarga ishlov berilgan sirt mahkamlangan bo‘lsa, ularni shikastlamaslik uchun tiski jag‘lariga burchaklik qo‘yiladi. Ishlanadigan sirtlarda qolip aralashmasi, qasmoq, ifloslik, moy bo‘lsa, uni oldindan metall cho‘tka bilan tozalab olish kerak. Odatda, egovlash uchun 1 mm gacha qo‘yim qoldiriladi. Qo‘yim bundan katta bo‘lsa, ortiqchasini kesib tashlash yoki arra bilan qirqish lozim. Egov turlari


Egovlar tasnifi. Qo‘llanishiga ko‘ra, egovlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: umumiy, maxsus, nozik va mashina egovlar. Umumiy egovlardan umumchilangarlik ishlarini bajarishda foydalaniladi. 10 mm uzunlikdagi kertiklar soniga (n) qarab, egovlar oltita raqam bilan belgilanadi. 0; 1; 2; 3; 4; 5: 0 va 1 raqamli egovni tishlari katta bo‘lib (14 ta kertik) dag‘al egovlashda, 2 raqamli mayda tishli egovlar (13-26 ta) buyumlarni tozalab egovlashda, 3, 4 va 5 raqamli egovlar (80 tacha) uzil kesil ishlov berishda ishlatiladi.
Egovlar quyidagi turlarga bo‘linadi: tekis (a), o‘tkir uchli tekis egovlar (b), detallarning tashqi va ichki sirtlari, shilitsa hamda ariqchalarni egovlashda ishlatiladi. Kvadrat egovdan (v) kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ko‘p burchakli hamda tor tekis yuzalarni, uch yoqli (g) o‘tkir burchaklarni hamda ariqcha, teshiklarni egovlashda foydalaniladi. Yumoloq egovda (d) tsilindrsimon teshiklarga, yarim yumoloq segmentli egovda (e) egri konturli detallarning sirtlariga ishlov beriladi. Rombsimon egov (yo) tishli g‘ildiriklarning tishlarini, kata burchaklarni, tishli egov (j) ponasimon o‘q, tor ariqcha, to‘g‘ri burchak va kvadrat shaklidagi teshiklarni egovlashga mo‘ljallangan. Maxsus egovlar bronza, jez va dur alyuminlarni egovlash uchun ishlatiladi. Egovlarning quyruq qismiga TSM harflari tamg‘alanadi.
Yengil qotishmalar va nometall materiallarga ishlov beradigan egovlar. Yumshoq metallarga ishlov berish uchun qo‘laniladigan egovlarning tishi mayda bo‘ladi. SHuning uchun ulardan foydalanishda kertiklar qirindiga to‘lib qolib egov material sirtiga sipanishi mumkin.
Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarga ishlov berish uchun ishlatiladi.
Nozik egovlar ko‘pincha zargarlik buyumlari va andozalarga ishlov berishda hamda teshik, burchak, profillarni qo‘l yetmadigan kichik qismlarini pardozlashda qo‘llaniladigan kichik o‘lchamdagi egovlardir. Ular U13 va U13A rusumli po‘latdan tayyorlanadi. Olmosli nozik egovlar bilan qattiq qotishmalar, har xil sopol, oyna va kesuvchi qattiq qotishmalardan yasalgan asboblar egovlanadi. Yirik tishli egovlar bilan yumshoq metallarga va nometall materiallarga ishlov beriladi.
Mashina egovlarining kichiklari maxsus patronga o‘rnatiladi, kattalari esa ikki tomoni quyruqli bo‘lib, uni dastgoxning tutqich-markaziga maxkamlanadi.
Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash

Mexanik qurollar va egovlash stanoklaridan foydalanish egovlab kengaytirishni ancha tezlashtiradi. Uncha qalin bo‘lmagan detallarda istalgan shakldagi teshikni «mexaniq chilangar» tipidagi egovlash stanogida ishlash mumkin. SHu maqsadda o‘ziga olib tashlangandan so‘ng zagotovka stanok stoliga qo‘yiladi, teshikdan egov o‘tkaziladi va kronshteynlarga mahkamlanadi. Zagotovkani qo‘lda egov tomonga surib va uning egovlanadigan joylarini egovga yaqinlashtirib ishlanadi. Egovning tipi ishlanadigan teshikning shakliga qarab tanlanadi. Egiluvchan valli egovlash stanoklari turli detallarda istalgan joydagi teshikni ishlashga imkon beradi. Bunda turli shakl va o‘lchamdagi bor egovlardan foydalaniladi. Egiluvchan val qiyin joylarni ishlashga, turli bor egovlar istalgan qiyofadagi teshikni ishlashga imkon beradi. Zarur qurol egiluvchan valga mahkamlangan patronga o‘rnatiladi. Egiluvchan valni uchidan ushlab, egovni u yoqdan bu yoqqa surib egovlash bajariladi. Bor egovlar o‘rniga silliqlash kallaklarini o‘rnatib, ular yordamida pardozlash ishlarini bajarish mumkin.


Egovlab kengaytirish uchun elektr va pnevmatik egovlarni ham qo‘llash mumkin. Elektr egov elektr parmalagich I-90 ning uchligi hisoblanadi. Drelning elektr dvigateli tirsakli valigi aylantiradi, u shatunni (shatun ish shtogi bilan sharnirli birikkan) va egovning tepishini yumshatadigan plunjer bilan bog‘langan shatunni harakatlantiradi. Patronga oddiy egov mahkamlanadi. Dvigatel ishga tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Pnevmatik drellarga o‘rnatib ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan.
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga, ya’ni metallni elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu metodning mohiyati quyidagicha. O‘zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan detalga yuboriladi. Ishlanadigan teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini, detal esa anod vazifasini o‘taydi. Maxsus elektr magnit qurilma yordamida katod vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko‘tarilganda va tutashganda u bilan detal orasida elektr razryadlari hosil bo‘ladi, detal eriydi va uning zarralari suyuqlikka cho‘kadi.

Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi. Unga tok manbaining musbat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi. SHpindelga elektr qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim rostlagich va kondensatordan iborat. Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol shakliga mos teshik ochiladi. Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan qattiqlikdagi metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli teshiklar ochishga imkon beradi.


Nazorat savollari:

  1. Egovlash deganda nimani tushunasiz?

  2. Egovlar qanday materiallardan yasaladi?

  3. Egov dastalari.

  4. Egovlashda tekis yuzalarga qanday ishlov beriladi?

  5. Bo‘yoq surib egovlash deganda nimani tushunasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov



BAHOLASH KO‘RSATKICHLARI VA MEZONLARI Mavzu: Metallarni egovlash Baholash varaqasi
Ajratilgan vaqt – 240 daqiqa O‘quvchilarning ismi sharifi:
Sanasi -
Baholash mezonlari

  1. I sh o‘rnini tashkil qilinishi: - asbob va uskunalar to‘g‘ri tanlanganmi.

-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganmi.

  1. Amaliy ko‘nikmalar

  1. Metall plastinalarni egovlash

1.Metall plastinani giraga to‘g‘ri mahkamlaganligi
2.Egov tanlash va unga dasta o‘rnatish
3.Egov bilan ish xarakatlarini metall plastina bo‘ylab bajarish
3.Tekis yuzani egovlash 4.Tayyorlangan metall plastinaga ishlov berilganligini
tekshirish

  1. Quvurlarni egovlashda.

1.Quvurlarni giraga to‘g‘ri mahkamlanganligi
2.Egov tanlash va unga dasta o‘rnatish
3.Egov bilan ish xarakatlarini moslama metal quvur bo‘ylab tog‘ri bajarish

  1. Oxirgi ishlov berish .

1. Nuqsonlarni bartaraf qilish. 2.Oxirgi ishlov berish jarayonlari.
JAMI:
O‘rtacha baho
Izoh: 1) Topshiriqning bajarilishi besh balli tizim asosida baholanadi. Bunda ushbu topshiriqning tarkibiga kiruvchi barcha faoliyat turlari inobatga olinib, ularning har biriga baho berilishi shart.
Topshiriq bo‘yicha o‘quvchining yakuniy bahosi esa har bir faoliyat turi bo‘yicha olingan baholarning jami topilib, ushbu faoliyat turlarining soniga bo‘linadi.
2) Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilar ma’muriyat ko‘rsatgan muddatda mashqlarni qayta topshiradi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə