Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta`lim fakulteti “Yoshlar akademiyasi” liderining “Ilmiy maqola qanday yoziladi ?” nomi ostida o`tkazilgan seminar-trening yuzasidan m a ` lumo t



Yüklə 8,95 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,95 Kb.
#183374
Ma`lumotlar


Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta`lim fakulteti “Yoshlar akademiyasi” liderining “Ilmiy maqola qanday yoziladi ?” nomi ostida o`tkazilgan seminar-trening yuzasidan
M A ` L U M O T
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta`lim fakulteti, Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori Nosirova Ra`no Xamidovna hamda “Yoshlar akademiyasi” lideri Xudoyberganova Shaxodat Baxtiyor qizi Maktabgacha ta`lim fakulteti talabalari o`rtasida 2023 yil 13-noyabr kuni “Ilmiy maqola qanday yoziladi ?” nomi ostida seminar-trening o`tkazdilar. Seminar-treningda talabalar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olish bilan bir qatorda maqola qanday yozilishi haqida ma`lumotga ega bo`ldilar. Ushbu seminar-treningda talaba yoshlar maqola yozishda nimalarga ahamiyat berishi, maqola mavzusi qanday tanlanishi, yozilgan maqolaning maqsadi uning dolzarbligini yoritib berishlari eng asosiysi har bir yozilgan maqola IMRAD talablari bo`yicha yozilishini bilib oldilar. Talabalarning maqola yozish buyicha ilmiy salohiyatini oshirish bo`yicha tashkil qilingan ushbu seminar-trening barcha talabalarga manzur bo`ldi. Seminar-trening so`ngida har bir talabaga 1 tadan maqola yozib kelish vazifasi berildi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta`lim fakulteti “Yoshlar akademiyasi” liderining “Bayrog`im faxrim” mavzusida o`tkazilgan esselar tanlovi yuzasidan
M A ` L U M O T
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Maktabgacha ta`lim fakulteti, Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori Mutalova Dilnoza Abdurashidovna hamda “Yoshlar akademiyasi” lideri Xudoyberganova Shaxodat Baxtiyor qizi Maktabgacha ta`lim fakulteti talabalari o`rtasida 2023 yil 16-noyabr kuni “Bayrog`im faxrim” mavzusida esselar tanlovi o`tkazildi. Ushbu esselar tanlovida har bir guruhdan 1 nafar nomzod qatnashib o`zining guruhi nomini himoya qildilar. Tanlovda Maktabgacha ta`lim fakultetining 1-2 kurs talabalari qatnashdilar. Tanlovda eng namunali deb topilgan esselarga o`rinlar berildi. Ular:
1-o`rin: MAT-23/5 guruh talabasi – Ikromova Sarvinoz Rustoy qizi
2-o`rin: MAT-22/6 guruh talabasi – Ergasheva Nodira Ulug`bek qizi
3-o`rin: MAT-22/3 guruh talabasi – Xayriddinova Parvina Baxtiyor qizi




Maktabgacha ta`lim metodikasi
kafedrasi o`qituvchisi: D.A.Mutalova
Yoshlar akademiyasi” lideri: Sh.B.Xudoyberganova

Yüklə 8,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə