Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


I-Bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA



Yüklə 44,88 Kb.
səhifə2/10
tarix05.06.2023
ölçüsü44,88 Kb.
#115502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18 - Amir Temurning odob-axloq to`g`risidagi o`gitlari

I-Bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA
OBOD –AXLOQ G‘OYALARI.
1.1.Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.
Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asari buyuk bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi". Shu hikmatning isboti o'laroq, "Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni boshdan kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va jur'at lozim edi.
Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida, Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un shahri nomidan olingan.
Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. O'ttizinchi yillarga kelib, Sharqiy Turkistonga o'tib ketadi. U yerdagi milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. 1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Sog'uniy muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylanadi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi. Ulkan g'alabalari evaziga Alixonto'ra Sog'uniy marshal unvoniga sazovor bo'lgan. Taqdir taqozosi ila Alixonto'ra Sog'uniyning so'nggi 30 yillik umri Toshkentda o'tdi. Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvesh Ali Changiyning "Musiqa risolasi" shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlar Sog'uniy hazratlarining tarjimasi orqali xalqimizga yetib bordi. U "Devoni Sog'uniy" she'riy to'plami, "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi"), "Asosul islom" ("Islom asoslari"), "Turkiston qayg'usi" asarlarining ham muallifidir. Ayniqsa, islom olamida katta shuhrat qozongan "Tarixi Muhammadiy" asari orqali Sog'uniy hazratlarining nomi mangulik daftariga yozilganligi shubhasiz. Shu o'rinda ko'pchilikning diliga bir savol keladi: "Nega shu paytga qadar Alixonto'ra haqida hech narsa bilmaganmiz?" Negaki, mustabid tuzum bundan manfaatdor emasdi, millatimiz ulug'larini tan olish - ular uchun mag'lubiyatga teng edi. Buyuk Istiqlol o'z ulug'larimizni tanish va ular hayotini o'rganish imkoniyatini berdi. O'sha qaltis zamonda "Temur tuzuklari"ni tarjima qilish hazrat Sog'uniyga nima uchun zarur bo'lgan edi? Bu haqda alloma faxr bilan shunday so'zlarni yozganlar: "Ulug' bobomiz sohibqiron Amir Temur hazratlarining "Temur tuzuklari"ni o'z merosxo'rlari - kelajak bo'g'inlarimizga asliday qilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob nashr qilinib, ko'pchilik xalqimizga yetib boradi va ular ongida kimlar naslidan ekanligini bildirib, shonli-sharafli Vatanining haqiqiy tarixidan bir lavha bo'lib xizmat qiladi". Hatto, yuz bergan mushkulotlar ham 80 yoshdan oshgan nuroniy zotni ahdidan qaytara olmaydi. Chunonchi mashaqqatli tarjima yakunlangan kunlarning birida kelgan mehmon qo'lyozmaga qiziqib qolib, o'qishga so'rabdi. Alixonto'ra mehmonning yuzidan o'tolmay qo'lyozmani qo'liga beribdi. Ertasi u kishi kelib, qo'lyozma yo'qolganini, parishonxotirlikda taksida qoldirib ketganini aytibdi. Hammalari Toshkentdagi barcha taksimotor parklariga borishib, kitobga katta suyunchi belgilashibdi. Ammo qo'lyozma topilmabdi. Shundan keyin Alixonto'ra to'rt oy deganda boshqatdan tarjima qilibdi.
Xullas, 1967 yilda "Guliston" oynomasida "Temur tuzuklari"ning chop etilishi, bulutsiz osmonda chaqin chaqqandek favqulodda voqea bo'ldi. Sho'ro ma'murlari jurnalda "Temur tuzuklari"ning oxirgi qismi chop etilishiga ham toqat qilolmay, uni to'xtatib qo'yadilar. "Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan "Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada "Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu bayt bilan nihoyalangan:

Yüklə 44,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə