Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 44,88 Kb.
səhifə8/10
tarix05.06.2023
ölçüsü44,88 Kb.
#115502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18 - Amir Temurning odob-axloq to`g`risidagi o`gitlari

To'qqizinchi sifat: "Men har doim tangrimning amrini va uning payg’ambarlarini hadislarini to'la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo'sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim."
O’ninchi sifat: "Men har doim insof bayrog'ini baland yahshiardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat buyuk bo'ladi".
O’n birinchi sifat: "Men doim saidlarga extirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi."
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurnnng ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma'no o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.

2.2. Amir Temur ibratlaridan namunalar.
. . . Bizkim - mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiy va eng ulug'i Turkning Bosh bo'g'ini bo'lamiz.
. . . Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal kilgin, ya'ni:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslahat.
3. Qat'iy qaror; tadbirkorlik, xushyorlik.
4. Ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr, chidamlilik sog'ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshrilur.
* **
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
* * *
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-miiglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutilib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
***
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a, Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang'a.
* * *
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim Zolimlar otkazgan ashyoviy na jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muxokama qildlin va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim.
* * *
Shijoatli kishilarni do'st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
* * *
Ulamo bilan suhbatda bo'l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
***
Millatning dardlariga darmon bo’l...

Yüklə 44,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə