Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 44,88 Kb.
səhifə7/10
tarix05.06.2023
ölçüsü44,88 Kb.
#115502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18 - Amir Temurning odob-axloq to`g`risidagi o`gitlari

Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim."
Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."
Uchinchi sifat: "Men kambag’allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."
To'rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf'’ yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondan parvardigorning Alloxning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o'zimga farz bilib, o’qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."
Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qo'yib keldim. Avval tangri itoatini ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim."
Oltinchi sifat: "Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo xaqidagi etishganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim."
Yettinchi sifat: "Men har kimgaki va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim."
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz unnng bandalarnning hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga intilmadim va shuningdek hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo'lgan voqea menga ibratli bo'ldi. O’z fuqarolarnning mol-mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halo-katga olib keldi".

Yüklə 44,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə