Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə10/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

1-BOB BO‘YICHA XULOSA
Har bir ta ’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.
Dastur talablarini to‘liq bajarish va am alga oshirish uchun, birinchi navbatda, o‘qish ko‘nikmalarini to‘g'ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish jarayonida shakllanadi, o‘qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.O‘qish malakalari deganda badiiy asar matnini to ‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish tushuniladi. O‘qish darslarida o‘quvchilam ing o‘qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro bog'liq bo‘lib, ularning asosi ongli o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi matnni tez va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘qim asa yoki uning tez o‘qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to‘g'ri o‘qisa-yu, o‘ta sekin o‘qisa, nutq birliklari orasida to‘xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to‘g'ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi, to‘g'ri, tez va ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi. O‘qish malakalarini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi.O‘qish faoliyatning asosiy turi bo‘lib, o‘quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o‘qish malakalarini o‘stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
Boshlang'ich sinf o‘qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o‘ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o‘ziga xos usulda o‘qib o‘rganish taqozo qilinadi.


II BOB.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishning o‘quvchilar nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati.

Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə