Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Nutq va uni o‘stirish tushunchasi



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə11/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

2.1. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi.
Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilaming tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarini qo‘llash tushuniladi.Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so‘z, gap, bog'lanishli nutq kabi qismlarni o‘z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo‘limlari „Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish", „O‘qish va nutq o‘stirish", „ Grammatika,imlo va nutq o‘stirish“ deb nomlangan. Nutq faoliyati uchun, shuningdek o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. Shunday ekan, o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi nutqi mazmunli bo‘lishi uchun g'amxo‘rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmalari, gap, nutq
birliklari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun
nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti — nutqni til vosi
talari bilan qurollantirish hisoblanadi.
O‘quvchiIarga til na'munalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitishva undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda „tilni
sezish" shakllanadi. Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi.Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud:
1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy
tilni sodda so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi,
adabiy tilning badiiy, ilmiy, so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq
malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan
o‘quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og'zaki so‘zlashuv
nutqidan farqini bilib oladi.
3. O‘quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o‘quvchilaming nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.Ko‘rsatilgan uch yo‘nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z navbatida, bog'lanishli hikoya va insho lug'atni boyitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.O‘quvchilar nutqini o‘stirish o‘z metodik vositalariga ega, o‘zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog'lanishli nutq mashqlari hisoblanadi.
Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o‘quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo‘ysungan holda yana qandaydir yangilik qo‘shadi. Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslarininggina emas,balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o‘tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar.Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan
va yozilmagan, „o‘ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o‘ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va tafakkurining o‘sishida muhim vositadir.Maktabda o‘quvchilaming tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o‘stiriladi. Bolalar ichda o‘qishga o‘rganadilar va ichki nutqda materialni o‘zlashtiradilar, turli vazifalarni o‘zlari hal qiladilar, asosiysi — o‘zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko‘rish va harakat (qo‘1 harakati) sezgisi asosiy o‘rin tutadi. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o‘zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og'zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay. ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymay bayon qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. Hikoya yoki insho o‘quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo‘lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko‘rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo‘ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko‘rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so‘zlashga yo‘l qo‘yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig'ish, uni muhokama qilish, to‘ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o‘quvchilaming yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. O‘quvchilar nutqi mantiqan to‘g'ri bo‘lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o‘rinlar tushirib qoldirilmasligi va o‘rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo‘lmagan ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o‘ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud:
3. Nutq aniq bo‘lsin. O‘quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so‘z, so‘z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o‘rgansin.
4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o‘quvchi nutqi til vositalariga boy bo‘lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Albatta, boshlang'ich sinf o‘quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo‘yib bo‘lmaydi, ammo o‘qituvchi o‘quv ishlarida ularning so‘z boyligini oshirib borishni har vaqt ko‘zda tutishi kerak.
5. Nutq tushunarli bo‘lsin. Og'zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi zarur. So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o‘quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi.
6. Nutq ifodali bo‘lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan bo‘lsa, eshituvchiga yoki o‘quvchiga ta’sir etadi. Og'zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og'zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o‘quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so‘zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo‘lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so‘zlardan xoli bo‘lishini taqozo etadi.
7. Nutq to‘g'ri bo‘lsin. Maktab o‘quvchilari uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va to‘g'ri bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og'zaki nutq esa orfoepik jihatdan to‘g'ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to‘g'ri bo‘lishi uchun so‘z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan talablar o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq bo‘lib, ta’lim tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.
Nutq — o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishdagi muhim vosita Nutq fikmi bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi.



Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə