Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 461,38 Kb.
səhifə3/23
tarix28.05.2023
ölçüsü461,38 Kb.
#113742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
KURS ISHI Irisova I

Molekula – bu kimyoviy bog’lar bilan birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq atomlar guruhi. Molekuladagi atomlar bir xil yoki turli elementlardan iborat bo’lishi mumkin. Molekulalar bir xil turdagi atomlardan, masalan, kislorod gazi (O2) yoki azot gazi (N2) yoki ikkita vodorod atomi va bitta kislorod atomidan tashkil topgan suv (H2O) kabi har xil turdagi atomlardan iborat bo’lishi mumkin.
Atomlar va molekulalar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, atomlar barcha moddalarning qurilish bloklari bo’lib, molekulalar kimyoviy bog’lanishlar bilan birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq atomlardan iborat. Atomlar bu elementning kimyoviy xossalarini saqlaydigan elementlarning eng kichik birliklari, molekulalar esa shu birikmaning kimyoviy xossalarini saqlaydigan birikmalarning eng kichik birliklaridir.
Har bir element atomlari oʻziga xos miqdordagi protonlardan tarkib topgan. Haqiqatdan ham protonlar soni biz qaysi atomni koʻrib chiqayotganimizni belgilab beradi (masalan, oltita protonga ega barcha atomlar bu uglerod atomlari hisoblanadi); atomdagi protonlar soniga atom raqami deyiladi. Shuningdek, elementda neytronlar soni farq qilishi mumkin. Faqatgina neytronlar soniga koʻra farq qiladigan atomlar izotoplar deyiladi. Protonlar soni va neytronlar soni birgalikda elementning massa raqamini belgilaydi: massa raqami = protonlar + neytronlar. Agar atomda qancha neytron borligini hisoblamoqchi boʻlsangiz, massa raqamidan protonlar sonini yoki atom raqamini ayirsangiz kifoya.
Atomning massa raqamiga aloqador xossasi bu – uning atom massasi. Bitta atomning atom massasi deyilganda, uning umumiy massasi tushuniladi va u odatda atom massasi birligi yoki a.m.b. deb ifodalanadi. Qoidaga koʻra, oltita neytronga ega uglerod atomi – uglerod-12 deb nomlanib, u 12 a.m.b.ga ega. Baʼzi sabablarga koʻra, yaxlit atom massa raqamiga ega boʻlmagan boshqa bir atomlar ushbu mavzuga kiritilmadi. Umuman olganda, atom massasi uning massa raqamiga juda yaqin boʻlsa ham, verguldan keyingi raqamlarda ozgina farq qiladi.
Elementning izotoplari turli xil atom massalariga ega boʻlgani sababli olimlar elementning nisbiy atom massasini ham aniqlashgan, baʼzan u atom ogʻirligi deb ham ataladi. Nisbiy atom massasi bu namunadagi barcha turli xil izotoplar atom massalarining oʻrtacha koʻrsatkichidir. Har bir izotopning ulushi namunaning qancha qismini tashkil qilishiga qarab belgilanadi. Davriy jadvalda berilgan nisbiy atom massalari, masalan quyida vodorod uchun keltirilganidek, har bir elementning tabiiy uchraydigan barcha izotoplariga koʻra hisoblab chiqilgan, yaʼni elementning yer yuzida uchraydigan izotoplari miqdoricha oʻlchangan. Asteroidlar va meteoritlar kabi yerdan tashqaridagi jismlar turli xil izotop miqdorlariga ega boʻlishlari mumkin.

Davriy jadvalda elementlar rasmdagidek berilgan. Yuqoridan chap tomonda atom raqami yoki protonlar soni, oʻrtada esa elementning kimyoviy belgisi (masalan, H), quyiroqda Yerda tabiiy uchrovchi izotoplar uchun hisoblab chiqilgan nisbiy atom massasi, eng pastki qismida esa elementning toʻliq nomi (masalan, vodorod) keltirilgan.
Tasvir OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirishlar bilan olindi.

Yüklə 461,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə