Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Atom tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 461,38 Kb.
səhifə6/23
tarix28.05.2023
ölçüsü461,38 Kb.
#113742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
KURS ISHI Irisova I

Atom tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Atom markazida atom yadrosi joylashgan, atomning qolgan hamma hajmini elektronlar egallaydi. Yardo ichida elektronlar yoʻq (bu 1930-yillar boshida aniq boʻldi); yadro musbat zaryadlangan protonlar va zaryadga ega boʻlmagan neytronlardan iborat. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng; bu mazkur kimyoviy elementning atom raqami (uning davriy sistemadagi tartib raqami) dir. Elektron massasi proton yoki neytron massasidan tahminan 2000 marta kichik, shuning uchun atomning hamma massasi yadroga toʻplangan. Turli elektronlar yadro bilan turli darajada bogʻlangan; ularning baʼzilarini atom nisbatan oson yoʻqotishi mumkin, bunda u musbat ionga aylanadi. Atom qoʻshimcha elektronlarga ega boʻlib, manfiy ionga aylanadi. Atomning birinchi miqdoriy nazariyasini 1913-yilda daniya fizigi Nils Bor ishlab chiqdi. Bu eng oddiy atom — vodorod atomining nazariyasi edi. Nils Bor Rezerford tajribalarining natijalaridan va oʻsha vaqtlarda maʼlum boʻlgan atomlar vodorodning spektri haqidagi maʼlumotlardan foydalandi. U vodorod atomini quyidagi koʻrinishda tasavvur qildi: proton (atom yadrosi) atrofida aylanma orbita boʻlib elektron harakatlanadi.

Molékula (lot. moles — massa, molecula — «massacha») — moddaning kimyoviy xususiyatlari saqalanadigan eng kichik zarracha. Atomlardan iborat boʻladi.
Molekula (lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. Molekulalarning tuzilishi bilan ularning xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni bilish moʻljallangan xossaga ega boʻlgan moddalar olish yoʻllarini ancha osonlashtiradi. Molekulada atomlarning soni ikkitadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) yetishi mumkin. Molekula toʻgʻrisidagi tushunchani 17-asrda ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-asrda Molekula V. Lomonosov Molekula ("korpuskula") tushunchasini taʼrifladi. 1811-yildaA. Avogadro Molekulaning atomdan farqini, moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi eng kichik boʻlagi ekanligini qayd qildi. Molekula tushunchasi 1860-yilda koʻpchilik olimlar tomonidan uzil-kesil eʼtirof etildi. Molekulaning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, rentgen nurlarini difraksiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi.
Kvant mexanikasi nazariyasi yordamida Molekulaning tuzilishini chuqur oʻrganish mumkin boʻldi. Molekula ilgarilama va aylanma harakatda boʻlishi bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. Molekulani tashkil etgan atomlarning yadrosi tebranma harakatda boʻladi va yadro bu harakatida oʻzi bilan tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashtiradi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanikasi qonuniga boʻysungan holda roʻy beradi va Molekula bir necha xil kvant holatda boʻlib, potensial energiyaga ega. Molekulaning potensial energiyasi, asosan, atomlar yadrolari urtasidagi masofaga bogʻliq.
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). Molekuladagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan harakati bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi. Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.







Yüklə 461,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə