Chiziqli algebra fanidan talabalarning mustaqil ish uni tashkil



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#149185
1   2   3   4   5
Zulfiqorova Dilshoda Otabek qizi

 
Fanning maqsadi 
“Chiziqli algebra
fanining o’qitilishidan maqsad – talabalarni matematikaning zaruriy 
ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni 
yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish xamda matematika yo’nalishlarining 


Международный
научный
журнал

4
(100), 
часть
2
 
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 2022
1037 
o’zviy bog’liqliklarini o’rganishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy 
fikrlashga, to’g’ri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. 
Talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, 
to’g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o’rgatish “Chiziqli algebra fanining 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Fanning vazifasi 
“Chiziqli algebra fanining vazifasi - talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy 
bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, to’g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul 
qilishga o’rgatish. 
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba: 
Bilim jihatdan: 
Matritsa tushunchasi, matritsalar ustida amallar, minorlar va algebraik 
to‘ldiruvchilar, teskari matrisa, determinantlar va ularning xossalari, Laplas teoremasi, 
matritsa va determinanilar nazariyasining chiziqli tenglamalar sistemalarini yechishga 
taalluqli bilimalrga ega bo‘lishlari kerak. 
Chiziqli fazo aksiomalari va ulardan kelib chiqadigan ba’zibir natijalar, chiziqli 
bog‘liqlik, o‘lcham va bazis tushunchalari, bir bazisdan boshqa bir bazisga o‘tish 
matrisasi, bazis o‘zgarganda koordinatalarning o‘zgarishi, Evklid fazolari, ortogonal va 
ortonormal sistemalar, ortogonallashtirish prosessii, ortogonal to‘ldiruvchi fazo 
to‘grisidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. 
Chiziqli formalar. Bichiziqli va kvadratik formalar. Kvadratik formalarni 
kanonik ko’rinishga keltirish usullari.Kvadratik forma uchun inersiya qonuni. 
Musbat aniqlangan kvadratik formalar bilimlariga ega bo‘lishlari kerak. 
Chiziqli operatorlar ustida amallar, chiziqli operatorlar fazosi va ularning 
xossalari, chiziqli operatorning xarakteristik ko’phadi, chiziqli operatorning xos 
qiymati va xos vektorlari, Evklid fazosida qo’shma almashtirishlar bo‘yicha bilimlarga 
ega bo‘lishlari kerak. Ko‘nikmalar jihatidan: 
Matritsalar ustida amallarni bajara olish, minorlar va algebraik to‘ldiruvchilar, 
teskari matrisalarni, determinantlarni hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemalarini 
yechish. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə