Chizma 9 для Шарка indd


Qirqimda yupqa devor va kegaylarning tasvirlanishi



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

Qirqimda yupqa devor va kegaylarning tasvirlanishi. 
Detallarda mus-
tahkamlash devorlari (qovurg‘alar), chambaraklarda kegay (spitsa)lar uchraydi. 
Ular qirqimga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. 18.6-chizmada detallarning ikki-
tadan ko‘rinishi tasvirlangan. Frontal qirqimga tushgan yupqa devor (18.6-
chizma, 
a
) va kegay (18.6-chizma, 
b
)ning yuzasi shtrixlanmagan. Yupqa devor 
va kegay bo‘ylama qirqimga tushsa, shartli shtrixlanmaydi, ya’ni qirqilmagan-
dek tasvirlanadi. Agar ko‘ndalang qirqimga to‘g‘ri kelib qolsa, kesim yuzasi 
shtrixlanadi (18.6-chizma, 
a, b
).
 A–A 
tekislik orqali hosil bo‘layotgan qirqim 
va chambarak kegayining ko‘ndalang kesimi bunga misol bo‘ladi.
18.7-chizma.
18.8-chizma.
1. ko‘rinishlar sonini kamaytirishda qanday shartlilik va soddalashtirishlar 
qo‘llaniladi?
2. Bir xil kattalikdagi elementlar ko‘p bo‘lsa, ular chizmada qanday tasvirla-
nadi? Detal uzunligi o‘zgarmas (bir xil) bo‘lsa-chi?


42
3. Yupqa devor, kegay kabi detal elementlari bo‘ylama qirqimga to‘g‘ri kelib 
qolsa, kesim yuzalari shtrixlanadimi?
4. Yupqa devor va kegaylar qanday qirqimga to‘g‘ri kelganda ularning kesim 
yuzalari shartli shtrixlanadi?
1. 18.7-chizmadagi detallarning ko‘rinishlaridan birini ko‘chirib chizing. Fron-
tal qirqimini tasvirlang.
2. Chizmalardan biriga qarang (18.8-, 18.9- va 18.10-chizmalar). Ular qanday 
ko‘rinishlarda tasvirlangan. Qanday qirqimlar tatbiq qilinganligini aytib 
bering.
3. Chizmalardan birini quyidagi tartibda o‘qing va daftaringizga yozib oling 
(18.8-, 18.9- va 18.10-chizmalar):
A. Detalning nomini bajaradigan ishiga qarab aniqlang;
B. Chizmada detal qanday ko‘rinishlarda tasvirlangan?
D. Chizmada qanday qirqimlar qo‘llanilgan?
e. Chizmada qanday o‘lchamlar qo‘yilgan?
F. Qanday teshik turlari mavjud va ular nechta?
g. Faskalar bormi, ular nechta, ularning o‘lchamlari qanday qo‘yilgan?
18.5-chizma qanday shartlilikka mo‘ljallangan?
A. Masshtabni o‘zgartirmaslikka. 
B. kesim bajarmaslikka. 
C. soddalashtirishga.
D. o‘lchamlar qo‘yishga.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə