Chizma 9 для Шарка indd


Kesim hosil qilish va uni belgilash



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

Kesim hosil qilish va uni belgilash. 
kesuvchi tekislik detal konturiga 
nisbatan perpendikular qilib o‘tkaziladi (2.2- va 3.2-chizmalar). Bu tekislik 
detal ko‘rinishida ham uning konturiga perpendikular bo‘ladi. Detal konturi 
3.1- chizmadagidek simmetriya o‘qiga nisbatan parallel bo‘lmasa, 

tekislik 
detalning simmetriya o‘qiga perpendikular qilib o‘tkaziladi.
Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik to‘liq ko‘rsatilsa, detal ko‘rinishida uzuq 
yo‘g‘on chiziqlar kesmasi tarzida chiziladi. Ular kesuvchi tekislikning izlari 
hisoblanadi. Bu kesim chiziqlari detalning kontur chizig‘iga nisbatan 1,5–2 
barobar qalinroq chiziladi. Unga qo‘yilgan yo‘nalish ko‘rsatkichi (strelka) 
kontur chizig‘iga nisbatan ikki marta ingichka bo‘ladi (3.3-chizma). kesimni 
belgilovchi tekislik belgisi
A
yo‘nalish ko‘rsatkichining ustida va ostida yoki 
tashqi tomonlarida yozilishi mumkin. Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik belgisi 

bir marta yozilsa, detal chizmasida 
A–A 
ko‘rinishida yoziladi.
3.1-chizma.
3.2-chizma.


10
hosil bo‘lgan kesim yuzasi chizmaning bo‘sh joyiga ko‘rsatilgan yo‘nalish 
tomoniga nisbatan 90° ga burib tasvirlanadi. shunda kesim kuzatuvchiga nis-
batan frontal joylashadi.
kesim va qirqimlar bir xil belgilanadi (3.3-chizma, 
a
)

ko‘rsatkich (strelka)
ning shakli va o‘lchamlari 3.3-chizma, 

da ko‘rsatilgan.
1. kesim nima maqsadda qo‘llanadi?
2. kesimda qirqim yuzasi qanday tasvirlanadi?
3. kesimlar qanday tasvir hisoblanadi?
Chizmachilik xonasidagi detallarning kesimbop joylarini ko‘rsating.
Kesim nima?
A. Detalni
ng fikran tekislik bilan kesilishi.
B. Detalning faqat kesuvchi tekislik bilan kesilgan joyi tasviri.
C. kesuvchi tekislikkacha bo‘lgan detal qismining tasviri.
D. kesuvchi tekislik orqasidagi detal qismi tasviri.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə