Chizma 9 для Шарка indd


zinaxona , oyoq  qo‘yib chiqadigan qiyalik  marsh



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

zinaxona
, oyoq 
qo‘yib chiqadigan qiyalik
 marsh
deyiladi. Bir marshdan ikkinchi marshga 
o‘tadigan joy 
maydoncha
(supa), zinapoya marshlarini ko‘tarib turadigan 
og‘ma to‘siqlar 
kosour 
(zina to‘sini) deyiladi. Zinapoya tutqichi zinapoya 
marshidan hisoblaganda 90 
sm
dan oshmasligi lozim.
Deraza va eshiklar. 
Bino qurish paytida deraza va eshiklar o‘rnilari qol-
diriladi. Yirik panelli binolarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida 
o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli, 
bir tabaqali, bir yarim tabaqali, ikki tabaqali bo‘ladi.
Pechkalar. 
Bitta qozon orqali bitta yoki bir nechta binolarni isitish 
marka-
ziy,
bevosita xonani pechka bilan isitish 
mahalliy isitish
deyiladi.
Mo‘rkon va mo‘ri (ventilyatsiya) kanallari. 
Xonalarni mahalliy isitishda 
pechkalardan tutun chiqadigan mo‘rkonlar bilan bir qatorda, xonani shamolla-
tish maqsadida ventilyatsiya kanallari quriladi.
Sanitariya-texnika jihozlari. 
Binolarni sovuq, issiq suvlar, gaz bilan 
ta’minlash va kanalizatsiya, shamollatish hamda isitish vositalarida ishlatiladi-
gan jihozlar 
sanitariya-texnika jihozlari 
deyiladi.
Qurilish chizmalarini chizishda shartlilik va soddalashtirishlar kesimda ma-
teriallarni shtrixlash, isitish va sanitariya-texnika jihozlari, bino elementlari 
to‘g‘risida tushuncha oldingiz. olgan bilimlaringiz asosida endi sizlar qurilish 
chizmalarini bemalol o‘qiy olishingiz mumkin. Buning uchun bosh plan, plan, 
fasad va qirqimlarning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritinglar. Planda nimalar 
tasvirlanishini ko‘z oldingizga keltiring. Fasad va qirqimlarning bir-biridan far-
qini ajrating. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar qanday bo‘lishini
eslang. shundan keyin qurilish chizmalarini quyidagicha o‘qishga o‘ting:
1. Asosiy yozuvdan chizmada nima tasvirlanganligini, ya’ni turarjoy, mu-
assasa, muhandislik (injenerlik) qurilishi, qishloq xo‘jaligiga, zavod yoki yana 
bir boshqaga tegishli ekanligi aniqlanadi.
2. Plan, qirqimlar, fasadlar diqqat bilan o‘rganiladi. Qirqimga tushgan yuza-
lar asosiy kontur chiziqda, qolganlari ingichka tutash chiziqlarda tasvirlani-
shiga ahamiyat bering.


85
31.2-chizma.


86
3. Plan, fasad, qirqimlar o‘zaro solishtiriladi. Ulardagi bino elementlarining 
geometrik shakllari ko‘z oldiga keltiriladi. o‘qishda qiyinchilik tug‘ilsa, ular-
ning shartli grafik tasvirlariga murojaat qiling.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə