Chizma 9 для Шарка indd



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

Binoning fasadi
. Binoning olddan qirqim qo‘llanilmagan tasviri
 fasad 
de-
yiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan.
Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Fasadda yer 
sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari qo‘yilishi mumkin 
(30.3-chizma va 31.1-chizma).
Qurilish chizmalarida kichraytirish masshtablari qo‘llaniladi. Bosh planlari 
M 1 : 500 yoki M l : 1000 da chiziladi. Binolarning katta va kichikligiga qa-
rab ular M l : 100 yoki M l : 50 da chiziladi. Bitta chizmada bino va uning ele-
mentlari turli masshtablarda chizilishi mumkin. U vaqtda har bir tasvirga uning 
masshtabi yoziladi.
Qurilish chizmalaridagi chiziqli o‘lchamlar, asosan, mashinasozlik chiz-
malaridagidek millimetrlarda qo‘yiladi. Ba’zida santimetrlarda hamda bel-
gilar metr va santimetrlarda qo‘yilishi mumkin. Belgining bir uchi strelka, 
ikkinchi tomoni tokcha bo‘lib, unga belgi qo‘yiladi. o‘lchamlarni yopiq zan-
jir tarzida qo‘yish qabul qilingan. o‘lcham chiziqlarining chiqarish chiziqlari 
bilan kesishgan joylariga 45° qiyalikdagi shtrix chiziqchalari chiziladi.
Bino asosi
va poydevor. 
Binoning yer osti qismi 
poydevor
deyiladi. 
U binodan keladigan barcha yukni tuproqqa (gruntga) o‘tkazib yuborish
uchun xizmat qiladi. Poydevorlar binolar turiga qarab har xil bo‘ladi (30.4-
chizma).
30.3-chizma
.


82
1. Qurilish chizmalari nima uchun kerak?
2. Bosh planga nimalar kiradi?
3. Binoning planida nimalar tasvirlanadi?
4. Binoning qirqimi qanday ko‘rsatiladi?
5. Binoning fasadi nima?
o‘qiyotgan maktabingizning bosh plani, maktab plani, fasadi va qirqimi 
qanday bo‘lishini ko‘rsating.
Binoning qanday ko‘rinishi tasvirlangan (30.5-chizma)?
A. Plan. B. Fasad. 
C. Poydevor. D. Yon fasad.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə