Chizmachilik


-BOB. GEOMETRIK YaSAShLAR



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə13/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
cxhizmachilik asoslari

2-BOB. GEOMETRIK YaSAShLAR


Geomerik yasashlar – masalani yechishning bir usuli bo‘lib, bunga javob grafik usulda olinadi. Yasashlar chizma asboblari yordamida bajariladi. Bunda ishni juda aniq bajarish shart, chunki, masalaning to‘g‘ri yechilishi shunga bog‘liq. Masalaning shartlari va yordamchi yasashlar T, 2T qalamlar bilan ingichka tutash chiziqlar bilan bajariladi. Masalani yechishning ratsional usullaridan biri go‘niya (burchaklik) bilan ishlashdir.




2.1. To‘g‘ri chiziqni, burchakni va aylanalarni
teng bo‘laklarga bo‘lish




Parallel va perpendikulyar chiziqlar yasash. Gorizontal parallel chiziqlarni chizishda eng qulay usuli reysshinalar bilan chizishdir, qolaversa go‘niyalardan foydalangan maqsadga muvofiqdir.
Vertikal va og‘ma parallel chiziqlarni hamda perpendikulyarlarni reysshinalar va go‘niyalar bilan bajariladi (32-rasm).








32-rasm.


To‘g‘ri chiziqni teng ikkiga va bir necha bo‘laklarga bo‘lish. AV to‘g‘ri chiziq kesmasi berilgan bo‘lsa, uni teng bo‘lakka bo‘lish uchun sirkul ignasini A nuqtaga qo‘yib, taxminan yarmidan ko‘proq masofada yoy chiziladi, keyin V nuqtaga sirkul ignasini qo‘yib shu radius bo‘yicha ikkinchi yoy chiziladi, ikkala yoy kesishgan S va D nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq AV to‘g‘ri chiziq kesmasini teng ikkiga bo‘ladi va shu bilan birga o‘zaro perpendikulyar(AVSD) chiziqlar ham hosil bo‘ladi (33-rasm). Berilgan AV to‘g‘ri chiziq kesmasinini masalan, teng yetti bo‘lakka bo‘lish uchun, V nuqtadan shu chiziqqa o‘tkir burchak hosil qiluvchi ixtiyoriy VS chiziq chiziladi va ixtiyoriy bir birlikda yetti bo‘lakga bo‘linadi. Yettinchi nuqta A nuqta bilan tutashtiriladi. A7 to‘g‘ri chiziqqa parallel holda, qolgan nuqtalardan chiziqlar o‘tkaziladi va bu chiziqlar AV kesmani teng yetti bo‘lakka bo‘ladi (34-rasm). Gorizantal chiziqqa nisbatan turli burchaklar hosil qilish 35-rasmda ko‘rsatilgan.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə