Chizmachilik


Binoning fasadi va uni chizish tartibi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə70/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
cxhizmachilik asoslari

Binoning fasadi va uni chizish tartibi. Binoning oldidan ko‘ri­nishi bosh fasad, orqasidan ko‘rinishi xovli fasad ung va chapdan ko‘rinishi esa, yon fasad deb ataladi. Bino fasadining yuqorisiga binoning chetki o‘qlari ko‘rsatilgan holda, masalan “fasad 1–7”deb yozib qo‘yiladi.
Fasadni chizish uchun reja o‘qlari chiziladi, rejadan umumiy kontur chiziqlar yuqoriga ya’ni frontal proyeksiya tekisligiga proyek­siyalanadi, binoning burtib chikgan qismlari bo‘lsa, ular-ning kontur­lari ham chiziladi; deraza va eshik o‘rinlari, balkonlar, kirish joylari­ning ustidagi soyabonlar, karnizlar va boshqa me’morchilik detallari chiziladi. So‘ngra deraza tavaqa­lari, eshiklar, balkon to‘siqlari, tomdagi ventilyatsiya va mo‘ri­lari chiziladi, balandlik belgilari qo‘yiladi; fasadni reja va qirqimga mos kelishini tekshirgach, asosiy chiziqlar kalinlashtiriladi (215-rasm). Agar panelli yoki yirik blokli binolar bo‘lsa, fasadida panellar yoki bloklar orasidagi choklar chizib ko‘rsatiladi.



211-rasm



212-rasm

213-rasm



214-rasm

Fasad 1-7

215-rasm.


Bino qirqimi va uni bajarish tartibi. Qirqim deb, binoning ver­tikal tekislik bilan fikran kesilgan va kesuvchi tekislikga parallel bo‘lgan proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalab olingan tasvirga aytiladi (216-rasm). Loyihalashning boshlang‘ich qismida xonalar­ning ichki ko‘rinishlarini va interyerlarning me’morchilik elementla­rini ko‘rsatish uchun binoning me’moriy qirqimlari chiziladi (220-rasm), bunda poydevorlar, yopilmalar va boshqa elementlar konst­ruksiyalari ko‘rsatilmaydi, lekin fasadni chizish uchun kerakli o‘lchamlar va balandlik belgilari qo‘yiladi.



216-rasm.

Me’moriy qirqim bino kurishda foydalanilmaydi, chunki unda binoning konstruktiv elementlari, ularning o‘zaro tutashmasi ko‘rsatil­gan binoning konstruktiv qirqimlari bajariladi (216-rasm).


Qirqimni chizishda barcha yasashlar ingichka chiziq bilan quyidagi tartibda bajariladi:
a) devorning asosiy yuk ko‘tarish konstruksiyalari va ustunlarning vertikal reja o‘qlari o‘rnatiladi, ya’ni o‘tkaziladi. Reja o‘qqa perpendikulyar bo‘lib, zamin, trotuar yuzasi, barcha qavat pollari, shartli chordoq yopmasi va karniz yuqorisi sathining gorizontal chiziqlari chiziladi (217-rasm).


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə